• Boboxodjayev R. P., Raxmanov N. M.
  • R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari




    Download 0.65 Mb.
    bet1/17
    Sana03.02.2022
    Hajmi0.65 Mb.
    #17027
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Issiqlik elektr stansiyasi.pdf
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    R. P. BOBOXODJAYEV, N. M. RAXMANOV
    ISSIQLIK ENERGETIKASIDA QUVURLAR VA ULARNI MUSTAHKAMLASH VOSITALARI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIAYDORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT 2007
    Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy birlashmalarining faoliyatini muvofiq lashtiruvchi ilmiy kengashi tomonidan nasizga qilingan.
    Boboxodjayev R. P., Raxmanov N. M.
    Issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari. T.: «Sharq», 2007. — 88 b.
    O‘quv qo‘llanmada issiqlik elektrstansiyalari quvur o‘tkazgichlari quvur o‘tkazgich elementlarining birikmalari: rezbali birikmalar, flanesli birikmalar, ularni zichlovchi materiallar, quvur o‘tkazgichlarning issiqdan kompen- satsiyalash usullari, quvurlarning biriktirlishi, texnologik quvur o‘tkazgichlar montaji haqidagi mavzular bayon etilgan.
    O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
    © «Sharq» nashriyot-matbaa aksiaydorlik kompaniyasi
    ISBN 978-9943-00-221-0 bosh tahririyati, 2007-y.

    Zamonaviy issiqlik elektr stansiya(IES)larining eng ko‘p tarqalgan elementlari bu quvur o‘tkazgichlar va ularning turli xil ko‘rinishlaridir. Ular suv, bug‘, moy, gaz, havo, mazut va boshqa mahsulotlarni transport qilish uchun mo‘ljallangan. Yuqori va o‘ta yuqori ko‘rsatkichli bug‘ bilan ishlaydigan qudratli qurilmalar joylashtirilgan issiqlik elektr stansiyalari qurilishida ko‘p miqdorda quvur o‘tkazgichlardan foydalaniladi.
    Quvur o‘tkazgichlar elektr stansiyalarining asosiy va yordamchi qurilmalarini bir-biri bilan bog‘laydi va natijada bir butun quvur o‘tkazgich vujudga keladi, shundan keyingina asosiy texnik jarayon — elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni amalga oshiriladi.
    Elektr stansiyasining ishonchliligi va tejamkorligi ko‘p hollarda quvur o‘tkazgichlarning ishonchli va tejamli ishlashiga bog‘liqdir. Quvur o‘tkazgichlarning shikastlanishi qurilmalarning quvvati tushib ketishiga va, hattoki, ularning to‘la to‘xtalishiga ham olib keladi.
    IESning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari (sarmoya qo‘yilmalar, ekspluatatsiya xarajatlari, hisobiy xarajatlar) tizim qurilmalariga, chizmasiga, o‘lchamiga va tarkibiy tuzilishiga bog‘liq. Quvur o‘tkazgichlarning qiymati issiqlik, mexanik qurilmalarining umumiy qiymatiga nisbatan 10 % (KES) dan 20 % (IEM) gacha qiymatni tashkil etadi.
    Quvur o‘tkazgichlar bug‘, suv, moy, mazut, tabiiy gaz, siqilgan havo va boshqa moddalarni uzatishda elektr stansiyasining juda muhim qismi hisoblanadi.
    Elektr stansiyasi ishlashining ishonchliligi ko‘p jihatdan quvur o‘tkazgichlarning qanchalik to‘g‘ri loyihalanganligi, armatura tanlanishi, quvur o‘tkazgichlarning alohida qismlari, xomashyoning to‘g‘ri tanlanishi, loyiha bo‘yicha o‘rnatish ishlarining bajarilishi va quvur o‘tkazgichlarning to‘g‘ri ishlatilishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Zamonaviy IES quvur o‘tkazgichlari murakkab tizim bo‘lib, quyidagi element va qurilmalar: quvurlar, ularni bir-biriga ulash jihozlari, armatura quvurlarming fason qismlari, himoya qurilmalari

    va quvurlarga o‘matilgan o‘lchov; quvur o‘zgarishlarini nazorat qilish qurilmalari, quvurlarni kengayish o‘lchovi uchun, strukturaviy o‘zgarishni kuzatish uchun hamda quvurlarda issiqlik uzatilishini o‘lchash asboblari; metall zinalar hamda quvur va armaturalarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun maydon; armatura va boshqa quvur qurilmalarini ta’mirlash uchun mexanizatsiya jihozlaridan tashkil topgan.
    Quvur o‘tkazgichlarni sifatli o‘rnatish uchun ularning tuzilishi, yuqori va past bosim quvurlarining ishlash sharoitlarini va o‘rnatish qoida-talablarini, shuningdek, quvurlarni loyihalashning asosiy nizomlarini bilish talab etiladi.
    Hamma quvurlar asosiy normativ hujjatlarni o‘z ichiga olgan texnik talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
    Issiqlik elektr stansiyalari uchun quvurlar quyidagicha tavsifanadi: baland, yuqori va o‘ta yuqori bosimli, ya’ni bosimi 2,2 MPa bo‘lgan va maxsus qozon qurish zavodlarida tayyorlanadigan stansiya quvurlari; ular qozon qurilmalari va turbina chegarasida bo‘lgan moy quvurlarini o‘z ichiga olib, qozon qurilmalari va turbinaga keltiriladi; bosimi 2,2 MPa dan kam bo‘lgan asosiy korpus suvini kimyoviy tozalash, sohil nasosi va mazut nasosi chegarasida bo‘lgan quvurlar, ular o‘zlarining zavodlarida yoki bevosita montaj maydonida tayyor- lanib, montaj qiluvchi tomonidan keltiriladi; suv, kanalizatsiya quvurlari, tashqi sirkulatsion quvurlar.
    Hamma quvur qurilmalari «Bug‘ va suv quvurlari qurilmalari va ularni xavfsiz ekspluatatsiya qilish» qoidalariga binoan barcha texnik talablarga javob berishi kerak. Quvurlarni loyihalashda, tayyorlashda va ekspluatatsiya qilishda Davlat texnika nazorati qoidalaridan kelishuvlarsiz chetga chiqishga ruxsat berilmaydi.
    «Bug‘ va issiq suv quvurlari qurilmalari va ularni xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari»ga muvofiq, ishchi bosimi 0,7 MPa dan ortiq yoki harorati 115 °C dan yuqori bo‘lgan issiq suv va boshqa hamma quvurlar 4 ta turga bo‘linadi:

    1. bug‘ generatori chegarasida joylashgan quvurlar;

    2. quvurlar tizimiga kiruvchi va ularning ajralmas qismlari bo‘lgan idishlar;

    3. tashqi diametri 51 mm dan kichik 1-kategoriya quvurlari va tashqi diametri 76 mm dan kichik boshqa kategoriya quvurlari;

    4. atom elektr stansiyasi va reaktorlari quvurlari;

    5. nometall materiallardan tayyorlangan quvurlar.

    Yuqorida keltirilgan zamonaviy IESlarning elementlari va quvur
    qurilmalarining to‘la tasnifi mazkur qo‘llanmada berilgan.

    Download 0.65 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari

    Download 0.65 Mb.