• Birinchi usul
  • Ikkinchi usul
  • R.P. Boboxodjayev
  • R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari




    Download 0.65 Mb.
    bet17/17
    Sana03.02.2022
    Hajmi0.65 Mb.
    #17027
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Issiqlik elektr stansiyasi.pdf
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    51-rasm. Moy quvur o‘tkazgichlarini ortofosfor kislota yordamida tozalash
    sxemasi.



    metallning qayta korroziyaga uchrashidan himoyalab turadi. Moy quvur o‘tkazgichlarini tozalash sxemasi, yuvishdan oldin quvur o‘tkazgich konturi tashqi payvand choklari ko‘rib chiqiladi va barcha nosozliklarning chorasi ko‘riladi, qurilma zichligini suv quyish yo‘li bilan tekshiriladi. Moy quvur o‘tkazgichlaridan berk kontur yig‘iladi va kamida 30 minut davomida nasosni suvda tek­shiriladi.
    Tajriba asboblari tayyorlanadi: 1,1 dan 1,8 gacha shkalali areometr, eritmalardan namuna olish uchun silindr.
    Kislotali yuvishda ishlash uchun maxsus shaxsiy kiyim tayyor­lanadi: rezina qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, brezent fartuklar va rezina etiklar. Moy quvur o‘tkazgichlari tayyorlanishi bilan birga flanes shabrovkalari va payvand choklarini kuyindi va shlaklardan tozalash ham yakunlanishi kerak. Quvur o‘tkazgich ichki qismi moylardan toza bo‘lishi kerak, chunki moy erimaydi va ortofosfat kislota bilan ham tozalanmaydi. Chang va g‘uborlardan tozalash uchun quvur o‘tkazgichlarini suv bilan yuvish kerak.
    Eritma tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan ishqor miqdori quyidagi formula yordamida topiladi:
    Q □ □ 25□ 1,15-B □ 28,8K,kg,,
    bu yerda: Q — konsentratsiyalangan ishqor miqdori, kg; B — to‘kish patrubkasi sathiga o‘rnatilgan bak hajmi; K — pasport bo‘yicha texnik kislota konsentratsiyasi, %; U — 25 %li ortofosfat kislotasi solishtirma og‘irligi, 1,15 kg/l ga teng; C — eritmadagi talab etilgan kislota konsentratsiyasi, % (odatda, 25 %).
    Eritma tayyorlash jarayonida eritma konsentrasiyasini uning solishtirma og‘irligi bo‘yicha kuzatish kerak.
    Eritma konsentratsiyasi uning solishtirma og‘irligi bo‘yicha quyidagicha o‘zgaradi:

    Solishtirma og‘irlik

    g/sm2

    1,082

    1,11

    1,146

    1,18

    1,526

    1,633

    1,870

    Konsentratsiya

    %

    15

    20

    25

    30

    70

    80

    100



    Yuvish uchun mo‘ljallangan konturlarni quvur o‘tkazgich uchastkalaridan loyiha bo‘yicha ketma-ketlikda yig‘ish maqsadga muvofiq. Ularning oxiri tiqin bilan berkitiladi. Konturga kiruvchi tashkil etuvchi quvur o‘tkazgichlarning hajmi bak hajmining 3/4 qismidan oshmasligi kerak. Diametri 100 mm gacha bo‘lgan quvur o‘tkazgichlardan tayyorlanganda yuvishni bir necha kontursiz parallel olib borish mumkin. Quvur o‘tkazgichlarni tozalashda eritma quvur o‘tkazgichlarni to‘ldirib oqishi kerak. Buning uchun Dn >100 mm bo‘lgan quvur o‘tkazgichlar bosim kollektoridan boshlab asta-sekin balandlashib borishi kerak, hamma patrubka va otvodlar esa gorizontal moylanishi kerak. Vertikal joylashgan pat- rubkalarda havo chiqarib yuboruvchi moslamalar bo‘lishi kerak.
    Yuvishning quyidagi ikkita usuli tavsiya etiladi:
    Birinchi usul: eritmani kontur bo‘yicha 2—2,5 soat mobaynida haydash. Eritmani haydash quyidagicha amalga oshiriladi: qurilmaning hamma ventillari yopiladi va bosim kollektori nasosiga tortuvchi ventil ochiladi. Nasos ishga tushirilgandan so‘ng barcha kiruvchi bosim ventili ochiladi va ko‘rsatkichli shisha orqali bakdagi eritma sathi kuzatiladi. Eritma haydab bo‘lingandan so‘ng avval bosim ventili yopiladi, keyin dvigatel o‘chiriladi. Bu 10—15 ishidan keyin to‘la yuvilib tugallangandan so‘ng chiqindi to‘la yuvilib ke- tishi kerak. Eritma qoldiqlarini ketkazish uchun va quvur o‘tkazgichlarning tez qurishi uchun yechib olingan quvur o‘tkazgichlar vertikal holatda qo‘yiladi. Quvur o‘tkazgichlarni yig‘ishdan oldin ular yaxshilab ko‘zdan kechiriladi, agar zarurat tug‘ilsa, ayrim uchastkalarni yana bir marta yuviladi.
    Quvur o‘tkazgichdagi linzali kompensatorlar tekshiriladi va tozalanadi. Yuvish tugagandan so‘ng quvur o‘tkazgichlar loyiha bo‘yicha yig‘iladi yoki ularni o‘rnatilguncha ifloslanib qolmasligi uchun yopiq flaneslarda saqlanadi.
    Ikkinchi usul: yopiq kontur asta-sekin ishqor eritmasi bilan to‘ldiriladi. O‘ttiz minut davomida ishqor eritmasi quyiladi va o‘n ikki soat davomida eritma konturlardan oqizib qo‘yiladi. Shundan so‘ng eritma yana bir soat davomida haydalib, kompressor orqali havo bilan iloji boricha maksimal tezlikda konturdan chiqarib tashlanadi. Konturli qismlarga ajratib, quvur o‘tkazgichlarni alohida- alohida quruq -qizigan tozalangan-siqilgan havo bilan quvur o‘tkazgich ichki yuzasi to‘liq quritiladi.
    Ishqorli yuvishni bajarish vaqtida kislota bilan ishlash xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘la amal qilish kerak.

    1. TABIIY GAZ GAZ QUVUR O‘TKAZGICHLARI MONTAJI

    Maksimal ishchi bosimga bog‘liq ravishda gaz quvur o‘tkazgichlari quyidagilarga bo‘linadi:

    1. past bosimli gaz quvur o‘tkazgichlari-bosimi 0,03 kg • k/sm2 gacha bo‘lgan tabiiy gazlarning, bosimi 0,002 kg • k/sm2 gacha bo‘lgan sun’iy gaz va bosimi 0,03—0,04 kg • k/sm2 bo‘lgan suyultirilgan gazlarning transport qilish uchun mo‘ljallangan;

    2. o‘rtacha bosimi gaz quvur o‘tkazgichlari 0,05 kg • k/sm2 dan yuqori bosimli gazlarning transport qilish uchun mo‘ljallangan;

    d) yuqori bosimli gaz quvur o‘tkazgichlari 3,6 kg • k/sm2 bosim ostida gazlarning transport qiladi hamda gazgolder stansiyalariga va alohida sanoat korxonalariga gazlar 6—12 kg • k/sm2 bosim ostida yetkazib beradi;
    Maksimal ishchi bosim deganda, gaz quvur o‘tkazgichi hisoblangan bosim tushuniladi.
    Gaz taqsimlash punktlaridan (GTP) qozon qurilmasi yondir- gichlarigacha bo‘lgan ichki gaz quvur o‘tkazgichlarining montaj qilishda quvur o‘tkazgich uchastkalari va elementlarining ishonchli zichligini, quvur o‘tkazgichlarning tozaligini va quvur o‘tkazgich hamma detallarining chidamliligini ta’minlash talab etiladi.
    Gaz quvur o‘tkazgichlari davlat standartlariga binoan uglerodli po‘latlardan tayyorlandi. Dt 100 mm bo‘lgan gaz quvur o‘tkazgichlari egilgan qilib, Dt > 100 mm normal bo‘yicha payvanlandgan qilib tayyorlanadi. Past bosimli gaz quvur o‘tkazgichlari uchun armatura zichlovchi halqasi zanglamas po‘latdan bo‘lgan cho‘yan armatura va po‘lat armatura bo‘lishi mumkin. Elektr stansiyalarida gazning bosimidan qat’iy nazar po‘lat armaturalar qo‘llaniladi.
    Bronza zichllagichni cho‘yan surilma qopqoqlarga qo‘llash tav- siya etilmaydi.
    Gaz quvur o‘tkazgichlarini montaj qilishdan oldin, ishchi chizmaga binoan, surilma qopqoq va rostlovchi armaturalarning zichligini havo yoki kerosin bilan yaxshilab tekshiriladi.
    Surilma qopqoqlarnig zichligi o‘n minut kerosin quyib qo‘yish bilan, kranlar esa 1,5 kg • k/sm2 bosimli havo bilan suv ostida klapan korpusi va zichlash halqalarining to‘la zichligiga ishonch hosil qilingandan keyingina armaturani montajga berish mumkin.
    Flanes va flanesli birikmalarning sifatli yig‘ilganligiga asosiy e’tibor berish kerak. Flanesli birikmalarni yig‘ishda hamma detallar joy-joyiga yaxshilab o‘rnatilishi zarur. Flaneslar shunday o‘rnatilishi kerakki, bunda keyinchalik yig‘ish qulay bo‘lsin.
    Flanesli birikmalarning o‘rnatilishidan avval hamma quvur o‘tkazgich va armaturalar ortiqcha narsalardan, zang va payvand izi qoldiqlaridan yaxshilab tozalanishi kerak.
    Gaz quvur o‘tkazgichlari, odatda, past bosimda ishlaydi, lekin ularni yig‘ishda va payvandlashda xuddi yuqori bosimli uglerodli po‘latlarga qo‘yiladigan talablarga binoan ishlash kerak.
    Quvur o‘tkazgichlar bo‘ylama bilan payvandlashda choklar quvur o‘tkazgich diametridan kelib chiqib, bir-biriga nisbatan 50—200 mm qo‘shilib ketishi kerak.
    Armaturalar ularga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va armatura konstruksiyasi ko‘rinishiga qarab har qanday holatda o‘rnatilishi mumkin.
    Quvur o‘tkazgich shunday yotqizilishi kerakki, havo va chang quvur o‘tkazgichlari hamda issiq yuza va quvur o‘tkazgich bilan kesishmaslgi kerak.
    Quvur o‘tkazgichlarni bitta transheyada joylashtirishda ular orasida masofa 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
    Gaz quvur o‘tkazgichlarini transheyalarda yoki kanallarda boshqa quvur o‘tkazgichlar bilan yonma-yon o‘rnatishga ruxsat berilmaydi. Yerga yotqizilgan gaz quvur o‘tkazgichi bilan boshqa qurilmalarning orasidagi vertikal masofa 0,15 m, gaz quvurlari va kabellar orasidagi masofa 0,5 m bo‘lishi kerak.
    Gaz quvur o‘tkazgichlari faqat uning og‘irligiga mo‘ljallangan tayanch va osmalarga o‘rnatiladi.
    Gaz quvur o‘tkazgichlariga ularni atmosfera bilan bog‘lovchi chiqarib yuborish quvur o‘tkazgichlari o‘rnatiladi. Chiqarib yuborish quvur o‘tkazgichi gaz bilan to‘ldirilishi vaqtida, gaz quvur o‘tkazgichi ishga tushganda quvur o‘tkazgichdagi havoni chiqarib yuborish uchun va qozon qurilmasi o‘chirilganda quvur o‘tkazgichdagi gazni atmosferaga chiqarish uchun xizmat qiladi. Chiqarib yuborish quvur o‘tkazgichlari binoning yuqori nuqtasidan yuqorida joylashgan bo‘lishi kerak, chunki chiqib ketuvchi gaz qozon qurilmasi va mashina zaliga tushmasligi lozim. Ochiq qozonlarda esa ular qozon shiftidan 2,5—3 metr yuqorida joylashadi.
    Gaz quvur o‘tkazgichi bo‘yicha hamma montaj ishlari tugagan- dan so‘ng gaz quvur o‘tkazgichlari puflab tozalanadi. Buning uchun puflash sxemasi tuziladi va puflanadigan quvur o‘tkazgichning oxiriga tez ochiladigan surilma qopqoq qo‘yiladi, bu surilma qopqoq

    puflash tuganlanganligidan so‘ng, demontaj qilinadi. Gaz quvur o‘tkazgichlarini puflash jarayonini zichlikka tekshirilmasdan oldin o‘tkazish maslahat beriladi.
    Gaz quvur o‘tkazgichlari chidamlilik va zichlikka yetkazilgan havo bosimi yoki gidravlik bosim bilan tekshiriladi. Suv bilan tekshirishda, agar tayanchlar suvning og‘irligiga mo‘ljallangan bo‘lmasa, qo‘shimcha tayanchlar qo‘yiladi. Chidamlilikka chiqarib yuborish quvur o‘tkazgichlaridan tashqari hamma quvur o‘tkazgich uchastkalari tekshiriladi. Gaz quvur o‘tkazgichlarida o‘rnatiluvchi zaglushkalar uning sinashda chidamlilikka hisoblangan bo‘lishi kerak. Zaglushkalarni hisob-kitobsiz o‘rnatish qat’iyan man etiladi. Gaz quvur o‘tkazgichlarini zichlikka dastlabki tekshirish to‘la uchastka bo‘yicha barcha yoki qisman o‘tkazilishi mumkin. Agar quvur o‘tkazgichda nozichlik bo‘lsa va uning aniqlash qiyin bo‘lsa, u holda tekshirish qisman o‘tkaziladi. Bu holatda gaz quvur o‘tkazgichlari uchastka-uchastka qilib tekshiriladi va ulardagi kamchiliklarning oldi olinadi va ketma-ket yangi uchastkalar ulanadi. Alohida uchastkalar tekshirib bo‘lingandan so‘ng, ekspluatatsiya jarayonidagi gaz quvur o‘tkazgichlaridan boshqa hamma quvur o‘tkazgichlar umumiy zichlikka tekshiriladi.
    Gaz quvur o‘tkazgichlari to‘g‘ri quyosh nuri ta’sirida qiziydigan ochiq qozonlarda havo harorati to‘liq o‘rnatilgandan keyin havo bosimi o‘lchanadi.
    Ishlab turgan gaz quvur o‘tkazgichlariga yangi uchastkalar ulash gaz quvur o‘tkazgichlari kimyoviy analizlar qilish yo‘li bilan gazlardan tozalanganligiga ishonch hosil bo‘lgandan so‘ng amalga oshiriladi.
    Ulash jarayonida quvur o‘tkazgichlarda gaz hosil bo‘lmasligini kuzatib turiladi. Agar gaz paydo bo‘ladigan bo‘lsa, ushbu holatning oldi olinguncha ish to‘xtatilib turiladi.

    1. MASHINA ZALI AYLANMA SUV QUVUR O‘TKAZGICHLARINI MONTAJ QILISH

    Agressiv bo‘lmagan suvda ishlovchi sirkulatsiya quvur o‘tkazgichlarini tayyorlashda quvur o‘tkazgichlar davlat standart- lariga binoan quyidagilar qo‘llaniladi: kimyoviy korroziyaga va tez yemirilishga uchramagan metall zichligini cho‘yan armaturalar; uglerodli markali po‘latdan yasalgan mahkamlagichlar. Dengizda
    бR.P. Boboxodjayev va boshq. 81 ishlovchi quvur o‘tkazgichlar uchun korroziyani kamaytirish maqsadida cho‘yan quvur o‘tkazgichlar va fason qismlar qo‘llaniladi. Quvur o‘tkazgich ichki yuzalarini dengiz molluskalaridan tozalash va biologik himoya vositalari oldindan ko‘rib chiqilgan bo‘lishi kerak.
    Sirkulatsiya quvur o‘tkazgichlarini loyihalash va montaj qilishda ularni kondensatorga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanganligini hisobga olib quyidagilarga e’tibor berish kerak:
    turbina turib qolish vaqtida sirkulatsiya suvlarining harorati o‘zgarib, kondensator yoki nasoslarga kuch tushmasligiga;
    gidravlik zarba paydo bo‘lmasligi hamda ularning kondensator va sirkulatsiya nasoslariga uzatilmasligiga;
    zarb kelganda tayanch tomonidan qabul qilinib qurilish konstruksiyasiga to‘g‘ri uzatilishi kerak va quvur o‘tkazgichlarda vibratsiya hosil bo‘lmasligiga;
    hamma quvur o‘tkazgichlarda vibratsiya hosil bo‘lmasligiga; hamma quvur o‘tkazgich elementlari ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish uchun qulay bo‘lishi kerak;
    quvur o‘tkazgichning hamma uchastkalardan havo va suvni oson drenaj qilish mumkinligi;
    turbina ishlab turganida ham, to‘xtab turganida ham quvur o‘tkazgichlarni oson yuvish imkoniyati bo‘lishi.
    Montaj qilishdan oldin quvur o‘tkazgichning hamma element- lari tekshiriladi.
    Quvur o‘tkazgich uchastkalarining avvalgi va ularning payvandga tayyorligi tashqi kuzatuvda tekshiriladi, quvur o‘tkazgich uchastkalari atrofi to‘g‘ri bo‘lishi kerak, bu maxsus shtangensirkul yordamida tekshiriladi. Quvur o‘tkazgich uchastkalari devorlarining har xilligi + 12,5 % dan -15 % gacha bo‘lishiga ruxsat beriladi. Quvur o‘tkazgich toreslaridagi burchak qiyaligi atrofidagi bir necha nuqtada andoza bilan amalga oshiriladi. Burchakning farqi 2° gacha bo‘lishiga ruxsat beriladi. Vertikal bo‘yicha har qanday yo‘nalishdagi farq chegaraviy ruxsat etilganidan bir millimetrdan oshmasligi kerak. Payvandlashdan 13—14 soat oldin tayyor faskalar zang va qoldiqlardan metall yaltiraguncha tozalanadi. Yig‘ish vaqtida quvur o‘tkazgich uchlari orasida 1—3 mm masofa payvandlash uchun qoldiriladi. Qalinligi 10 mm dan yuqori bo‘lgan quvur o‘tkazgichlar orasidagi farq ko‘pi bilan 3 mm va 10 mm gacha qalinlikdagi quvur o‘tkazgichlar uchun ko‘pi bilan 2 mm bo‘lishiga ruxsat beriladi.
    Rostlangan, bir-biriga keltirilgan markazlashtirilgan quvur o‘tkazgichlar darhol alohida ushlab turuvchi jismlar bilan payvandlab qo‘yiladi. Bu jismlar quvur o‘tkazgich aylanasi bo‘yicha teng taqsimlangan bo‘lishi kerak. Ushlagichlarning uzunligi kamida 50 mm, qalinligi quvur o‘tkazgich qalinligining kamida 0,6 qismigacha bo‘lishi kerak, qalinligi 300 mm dan katta bo‘lgan quvur o‘tkazgichlar uchun ushlagichlar soni kamida to‘rtta bo‘lishi kerak. Ushlagichlar ham payvand qilinadigan elektrodlar bilan amalga oshiriladi. Ushlagichlar qo‘yib bo‘lingandan so‘ng payvand qilinuvchi quvur o‘tkazgichlar orasidagi tirqishlar masofa tirqish andoza yordamida tekshiriladi. Ular ulanish joyi aylanasi bo‘yicha bir xil bo‘lishi va quvur o‘tkazgichni payvandlash texnik shartlarida o‘rnatilgan o‘lchamlardan oshib ketmasligi kerak. Quvur o‘tkazgichlar rostlashni bajarish uchun quvur payvandlashda va quvur o‘tkazgichlar orasida kerakli masofa olinguncha boltlar bilan tortiladi. Payvandlash yakun- langandan so‘ng boltlar bilan tortiladi. Payvandlash yakunlangan- dan so‘ng boltlar yechib olinadi, burchaklari qirqib tashlanadi. Quvur o‘tkazgichlarning ushlagichlarini payvandlashdan oldin, har bir quvur o‘tkazgichning ichi yaxshilab tekshirilib, ortiqcha jismlardan tozalanadi.
    Quvur o‘tkazgichlarni kondensator va nasoslarga ulashda flanes va qalinligi 4—5 millimetr yumshoq yaproqsimon rezina qo‘yib bajariladi.
    Quvur o‘tkazgichlarda sovuq kompensatorlar o‘rnatilishi alohida ko‘rsatilganidek aniq bo‘lishi kerak.
    Surilma qopqoqlar qo‘lda hamda mexanik yuritmalar yordami­da oson ochilib-yopilishi va surilma qopqoqlar o‘chirgichlar bilan o‘chirishga tekshiriladi.
    Quvur o‘tkazgichlarni gidravlik sinovdan o‘tkazishdan oldin hamma nazorat-o‘lchov asboblari o‘rnatiladi.

    1. VODOROD, KISLOROD VA ASETILEN TRANSPORT QILUVCHI QUVUR O‘TKAZGICHLARNI MONTAJ QILISH

    Generatorni vodorod yordamida sovitish uchun mo‘ljallangan quvur o‘tkazgichlarga qo‘yiladigan asosiy talablar bu quvur o‘tkazgich, armatura, flanes va boshqa birikmalarning ideal zich bo‘lishi hamda quvur o‘tkazgich ichki yuzalarinng toza bo‘lishidir.
    Quvur o‘tkazgichlarni tayyorlashda davlat standartlari bo‘yicha uglerodli po‘lat qotishmalaridan tayyorlangan quvur o‘tkaz- gichlardan foydalaniladi, yog‘lardan yaxshilab tozalanadi va tarkibida moy bo‘lmagan siqilgan havo yoki quruq bug‘ bilan puflab tozalanadi.
    Vodorod quvur o‘tkazgichlari armaturalari po‘lat yoki bronza- dan ishlanadi. Armaturalar o‘rnatishdan oldin uni tekshirilishi shart hamda g‘ildiraklaming zichlovchi yuzalari va klapanlari tekshiriladi. Salniklar mahkamlanib, gaz zichlik klapani va korpusi alohida- alohida qilib instruksiya bo‘yicha tekshiriladi.
    Flanesli birikmalar moyga chidamli rezina va xlorvinil plastiklar bilan zichlanishi shart.
    Vodorod yordamida sovitish quvur o‘tkazgichlari shunday montaj qilinishi kerakki, bunda havoni chiqarib yuborishga qiyinchilik tug‘diruvchi qoplamalar hosil bo‘lmasin.
    Vodorod quvur o‘tkazgichlari binodan tashqarida yer yuzasidan kamida 0,7 metr chuqurlikdagi alohida transheyalarda, yo‘l qismini kesib o‘tuvchi joylarda esa katta diametrli quvur o‘tkazgichlarda yetkaziladi. Bino ichida quvurlar alohida tayanch va osmalarga mahkamlanadi. Quvur o‘tkazgichlarni issiq yuzalardan kamida 250— 300 millimetr masofada generator tomonga yoki puflab tozalash tomonga 0,004 qiyalikda joylashtiriladi.
    Quvur o‘tkazgichlarning montaj jarayoni yakunlangandan so‘ng ular toza siqilgan havo bilan puflab tozalanadi, gidravlik bosim bilan chidamlilikga tekshiriladi va undan keyin havo bilan zichlikka tekshiriladi.
    Quvur o‘tkazgichlar montaji bo‘yicha hamma ishlar tugagan- dan so‘ng ular moy bo‘yoq bilan bo‘yalishi shart.
    Quvur o‘tkazgichni ishga tushirishdan oldin avval karbonat angidrid gazi bilan to‘ldiriladi, keyin uglekislota siqib chiqarilib, quvur o‘tkazgichlar vodorod bilan to‘ldiriladi.
    Kislorod va asetilen quvur o‘tkazgichlari davlat standartlariga binoan payvand yordamida biriktirilgan choksiz po‘lat quvur o‘tkazgichlardan tayyorlanadi.
    Flanesli birikmalarga faqat armaturalar o‘rnatish joylarida va gazogenerator yoki kompressorlarga ulanish joylarida ruxsat beriladi.
    Kislorod uchun po‘lat va bronzali armaturalar qo‘llaniladi.
    Asetilen uchun po‘lat, cho‘yan yoki tarkibida ko‘pi bilan 70 % mis bo‘lgan qotishmalar qo‘llaniladi.
    Kislorod quvur o‘tkazgichlari uchun quvur grafit surtilgan parakit yoki fibra qistirmalar, asetilen quvur o‘tkazgichlari uchun esa rezina yoki pranit qistirmalari qo‘llaniladi.
    Kislorod va asetilen quvur o‘tkazgichlari bino ichida boshqa stansiya quvur o‘tkazgichlaridan alohida kolonna, devor balkalar va regiliya bo‘ylab alohida tayanch va osmalarga o‘matiladi. Kislorod va asetilen quvur o‘tkazgichlari bir-biridan kamida 250 millimetr masofada joylashgan alohida tayanchlarga gaz oqimi yo‘nalishiga tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi.
    Kislorod va asetilen quvur o‘tkazgichlarini elektr kabellari, bug‘ quvur o‘tkazgichlari, yuqori haroratli quvur o‘tkazgichlar, qozon qurilmasiga gaz quvur o‘tkazgichlari va issiq havo quvur o‘tkazgichlari hamda ekspluatatsiya jarayonida alanga hosil bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan joylarga yaqin o‘rnatilishi mumkin emas.
    Asetilen quvur o‘tkazgichlarining barchasi ishonchli mahkam- langan bo‘lishi zarur.
    Korpus ichida asetilen taqsimoti, uning bir xilda va uzluksiz uzatilishi uchun iloji boricha aylanma qilib bajarilishi zarur.
    Binodan tashqarida asetilen quvur o‘tkazgichlari yer osti quri- lishidagi va konstruksiyalariga hamda muzlash nuqtasidan 0,2 metr yer ostida, lekin yer yuzasidan kamida 0,7 metr chuqurlikda o‘rnatiladi.
    Quvur o‘tkazgichlarni kanalsiz o‘rnatishda ularni zanglamaslgi uchun moy bo‘yoq bilan qoplash yoki gidroizolatsiya qilinadi. Asetilen quvur o‘tkazgichlari mahalliy relyef bo‘yicha 0,31 % qiyalikda o‘rnatiladi.
    Kislorod va asetilen quvurlarining quyi nuqtalaridan kamida 200 metr masofada va binoga kirishdan avval suyuqlik ajratuvchi maxsus quduqlar o‘rnatiladi.
    Kislorod quvur o‘tkazgich va armaturalari o‘rnatishdan avval har bir quvur o‘tkazgich va armaturada besh minut vaqt davomida dixloroetan ushlab turish yo‘li bilan loyqasizlantirilishi zarur.
    Kislorod quvur o‘tkazgichlarini ta’mirlashdan keyin ham moysizlantirish jarayoni o‘tkazilishi shart.
    Kislorod va asetilen quvur o‘tkazgichlarini montaj qilib bo‘lgandan so‘ng albatta gidravlik bosim ostida tekshirilishi va hamma nozichliklar bartaraf etilishi zarur.

    1. BOB.

    STANSIYA QUVUR O‘TKAZGICHLARI QURILMASI

    2-masala. Ikkita tayanchli po‘lat balkaning hisobi. 52

    1— R.P. Boboxodjayev va boshq.

    Download 0.65 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari

    Download 0.65 Mb.