R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari




Download 0.65 Mb.
bet9/17
Sana03.02.2022
Hajmi0.65 Mb.
#17027
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Issiqlik elektr stansiyasi.pdf
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
3-BOB.
QUVUR O‘TKAZGICHLARNING ISSIQDAN CHO‘ZILISHINI KOMPENSATSIYALASH

  1. QIZISH TUFAYLI QUVUR O‘TKAZGICHLARNING CHO‘ZILISHI

Issiq suv va bug‘ quvur o‘tkazgichlari va detallarining uzunligi harorat ko‘tarilishi bilan o‘zgaradi. Quvur o‘tkazgichning ikki nuqtasidan qo‘zg‘almas qilib mahkamlaganda, unda mexanik kuchlanish yuzaga keladi. Hosil bo‘ladigan mexanik kuchlanishni kamaytiradigan yoki o‘ziga singdira oladigan moslamalar ko‘zda tutilmasa, quvur o‘tkazgich uzunligi orta borib, quvur o‘tkazgichning deformatsiyalanishiga (egilishiga) yoki yorilishiga olib keladi.
Quvur o‘tkazgichning cho‘zilishi uning uzunligiga va haroratiga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati quyidagi bog‘lanish orqali ifodalanadi:
bu yerda: L — quvur o‘tkazgichning uzunligi, m; k — 1 m uzun- likdagi quvur o‘tkazgich 100 "C darajaga ko‘tarilganda chiziqli ken- gayish koeffitsiyenti; spravochniklardan olinadi; t — muhitning harorati, "C.
Misol. Agar harorati 20 "C dan 240 "C darajaga ko‘tarilsa, 35 m uzunlikdagi suv quvur o‘tkazgichining cho‘zilishini aniqlang. Quvur o‘tkazgich materiali — po‘lat 20.
Yechish. Qo‘shimcha adabiyotlardagi jadvallardan k koeffitsi- yent qiymatini aniqlaymiz: k =1,2 mm. Haroratlar farqi t = 240 —

  • 20 = 220 "C.

Quvur o‘tkazgichning cho‘zilishi quyidagi qiymatni tashkil etadi:
m 35[1,2[220 m n.-,
□l G —100— G 93 mm.
Ichki nuqtasi mahkamlangan quvur o‘tkazgich materialida harorati o‘zgarishi tufayli hosil bo‘ladigan kuchlanish Guk qonuni bo‘yicha aniqlanadi:
on E O',
bu yerda: Eqovushqoqlik moduli, kg • k/sm2; i — quvur o‘tkazgich boshlang‘ich uzunligiga nisbatan cho‘zilish yoki qisqarish qiymati, ia UUt; Ut — quvur o‘tkazgich devori haroratining o‘zgarish qiymati, °C.
Quvur o‘tkazgichning kompensatsiyalovchi moslamasi bo‘lmagan harorati o‘zgarganda yuzaga keladigan kuchlanish P = E- i - F, kg bog‘lanish orqali ifodalanadi. Bu yerda F — quvur o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi, sm2.
Ikkita qo‘zg‘almas nuqtaga mahkamlangan quvur o‘tkazgichda harorat o‘zgarishi bilan uzunligi orta boradi va hosil bo‘ladigan kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
N=0,76 (Dh - S)• S (tp - t0), kg,
bu erda: Dh — quvur o‘tkazgichning tashqi diametri, mm; S — quvur o‘tkazgich devorining qalinligi, mm; tp — quvur o‘tkazgichning hisobiy harorati, °C; t0 — quvur o‘tkazgich mustahkamlangan holatdagi harorat, °C.
Misol. Agar t = 540 °C, t0 = 0 °C bo‘lsa, diametri 245 x20 mm bo‘lgan quvur o‘tkazgich qo‘zg‘almas nuqtalaridagi de- tallarga ko‘rsatiladigan kuch aniqlansin.
Yechish.
N = 0,76 (245 — 20) 20 • 540 = 184680 kg.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, agar harorat o‘zgarsa, quvur o‘tkazgichlarning uzunligi o‘zgarishi inobatga olinib loyihalashtirilishi kerak ekan.
Quvur o‘tkazgichlarning issiqlikdan kengayishini ularning elastiklik xususiyatidan foydalanib kompensatsiyalash mumkin. Hozirgi vaqtda 4 xil kompensator qo‘llaniladi:

  • har qanday muhit, harorat va bosim uchun egilgan quvur o‘tkazgichdan yasalgan n shakldagi kompensatorlar;

  • asosan o‘rta, ayrim hollarda yuqori parametrlarda ishlaydi- gan linza shaklidagi kompensatorlar;

  • bosim 7 kg •k/sm2, harorat 300 °C dan oshmagan hollarda va qurilmalarga ulanishda ko‘ndalang o‘zgarishlarni kompensatsiya- laydigan linza ko‘rinishidagi kompensatorlar;




Download 0.65 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 0.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari

Download 0.65 Mb.