R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari




Download 0.65 Mb.
bet8/17
Sana03.02.2022
Hajmi0.65 Mb.
#17027
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Issiqlik elektr stansiyasi.pdf
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
Rezina zichlagichlar asosan sovuq va iliq suvlarda qo‘llaniladi. Yuqori haroratda rezina qurib qoladi yoki yonib ketadi, undan tashqari, moy yoki neft mahsulotlarida tarkibi buziladi. Shuning uchun, moy uzatishda rezinaning maxsus sortlaridan foydalaniladi. Rezina egilganda yoki ezilganda yorilib ketsa, zichlagich sifatida ishlatilmaydi.
2-jadval

Ishlatish shartlari

Qistirmalarning tasnifi

Muhitning nomlanishi

Ishchi bosim, kg • k/sm2

Harorat,
"C

Qistirmalarning
nomi

Qalinligi,
mm

qizigan bug‘

O
1
O

450

paronit

1,5—1

suv

40—80

120—160

paronit

1,5—1

mazut, moy

10

80

chizma qog‘ozi

0,15—0,20

mazut

10

10

karton

4

moy

10

40

press qog‘ozi

1

komdensat va issiq suv

6 gacha

80 gacha

moyli karton

3

vakuum





asbest karton

4

siqilgan havo, azot, inert gaz

6 gacha

50 gacha

paronit

2

asetilen

2,5 gacha



paronit

2

Paronitning 65 %ini asbest tolasi, 12 %ini sintetik kauchuk, 10 %ini grafit, 5 %ini kaolin, 5 %ini boshqa mineral aralashmalar tashkil etadi. Paronit 0,3...1 mm qalinlikda qog‘oz shaklida ishlab chiqariladi. Ayrim hollarda qatlam-qatlam qilib yelimlanadi va qalinligi 6 mm ga yetkaziladi. Paronit quyidagi markalar bilan belgilanadi: «Y» — unifikasiyalangan (ixchamlashtirilgan); «HK» — labeks karton; «YB» — unifikatsiyalangan vulkanlangan.



«Y» va «HK» markali paronitlar bug‘ quvur o‘tkazgichlarida yoki harorati 350 °C gacha, bosimi 50 at. gacha bo‘lgan quvur o‘tkazgichlarda ishlatiladi. «YB» markali paronit esa bosimi 75 at. gacha bo‘lgan benzin, kerosin va moy mahsulotlarini uzatuvchi quvur o‘tkazgichlarda qo‘llaniladi.
Paronit materialining rangi kulrang, bir tomoni tekis-silliq, ikkinchi tarafi dag‘al ko‘rinishda bo‘ladi, uning solishtirma og‘irligi 1,5...2 ni tashkil etadi. Paronit zichlagichlar o‘rnatilishidan oldin issiq suvda ho‘llanib, grafitning moydagi eritmasi bilan moylanadi, aks holda qayta ochilish paytida sinishi, yirtilishi mumkin.
Klingerit — yuqori sifatli zichlagich materialidir. Uning tarkibida asbest 70...75 %ni, kauchuk 10...12 %ni va boshqa min
eral aralashmalar tashkil etadi. Bunday zichlagichlar mas’ul joylarda ishlatiladi. Klingerit kerosin va neftga bardosh berolmaydi.

90°

A

T

D

d+0,5

a

Karton — qog‘ozdan yasalgani uchun uni oldindan moyga bo‘ktirib, keyin past haroratli suv va neft uzatuvchi quvur o‘tkazgichlarda ishlatish mumkin.


b
16-rasm.
Metall tiqinlar:
a — tishli temirli; b — linzali.





17-rasm.
Quvur bo‘yicha flanesning qiyshayishi.

Asbest — karton, arqon, ip ko‘rinishda bo‘lib, issiqlikka chidamlilik harorati 600 °C, erish harorati 1500 °C ga tengdir. Asosiy ishqorlarga chidamli, kislotalarga chidamsizdir.


Fibra — suv, benzin, kerosin, ishqorlar va mineral moddalar uchun zichlagich sifatida ishlatiladi.
Kanop — suv quvur o‘tkazgichlari tizimida qo‘llaniladi.
Metall zichlagichlar qo‘rg‘oshin, qizil mis, aluminiy, yumshoq po‘lat, zanglamas po‘latdan yasaladi. Bunday zichlagichlar parametrlari yuqori bo‘lgan (250...475 °C va 10...120 atm.), muhitlarni uzatuvchi quvur o‘tkazgichlar tizimida qo‘llaniladi (16- rasm). Bunda, zichlovchi yuzalar tekis, silliq va egilmagan bo‘lishi zarur (17-rasm).

  1. FLANESLI BIRIKMALARNI YIG‘ISH

Flanesli birikmalarning zichligi yaxshi holatda saqlanishi uchun avvalo uni to‘g‘ri yig‘ib (18-rasm), sovuq holatda tortib qo‘yish zarur. Buning uchun ikki quvur o‘tkazgich flanes yuzalari bir-biriga parallel holatga keltirilishi kerak. III kategoriya quvur o‘tkazgichlar uchun og‘malik darajasi quvur o‘tkazgichning har 100 mm shartli diametriga 0,1 mm, IV kategoriya uchun esa 0,2 mm ni tashkil etishi mumkin.
Flanesli birikmalami yig‘ishda flaneslaming bir-biriga nisbatan tekis joylashishi va birikmani qotiruvchi bolt gaykalari bir tekisda tortilishiga e’tibor berish kerak.
Bug‘ quvur o‘tkazgichi qizishida quvur o‘tkazgich, flanes va bolt haroratlari bir-biridan farq qiladi va tez qizdirilishi natijasida bu farq 50 °C va undan yuqori darajani tashkil etishi mumkin va shuning natijasida shpilkalarda qo‘shimcha yuklama kuchlanish yuzaga keladi. Bu kuchlanish tezlik bilan yo‘qoladi, sababi hosil bo‘lgan kuchlanish zichlagichlar tufayli deformatsiyalanadi.


18-rasm. Flanesli birikma yig‘ilgan holda.
28


Flanesli birikmalarning ishonchli ishlashi uchun shpilkalarni boshlang‘ich burab tortishda quyidagilarni inobatga olish zarur:

  • boshlang‘ich sovuq holatdagi burab tortish;

  • haroratlar farqi tufayli yuzaga keladigan siljishni hisobga olib burab tortish;

  • kuchlanishlar o‘zgarishi tufayli qo‘shimcha burab tortish. Burab tortilgan shpilka gaykalarini nazorat qilishda mikrometrik

asbob yoki o‘lchamli kalitlardan foydalaniladi.

  1. QUVUR O‘TKAZGICH DETALLARINI PAYVANDLASH BILAN BIRIKTIRISH

Quvur o‘tkazgich detallarini payvandli biriktirish eng ishonchli va sodda usul hisoblanadi. Bunday birikmalar quvur o‘tkazgichlarni ajralmas holatga keltiradi. Payvandli birikmalarning sifati payvandchi o‘z ishini puxta bilishligi, payvand rejimi to‘g‘riligi, elektrodlar sifati va quvur o‘tkazgichlarni to‘g‘ri tayyorlashga bog‘liq.

19-rasm.
Payvand chok ko‘ndalang kesim yuzasining eskizlari.
29
Payvandlash choki ko‘ndalang kesimi bo‘yicha qaralganda detal qirralarining ko‘rinishi 19-rasmda keltirilgan.

70°

Tr2
Trl







24°


70°.


Tr3


Tr4








20-rasm. Chok qirralarini tayyorlash va tayyor formalar:
a — chok qirralarining to‘g‘ri burchakli shakli (Tr1); b — V-simon shakli (Tr2); d — Visimon shaklli o‘rnatilgan halqa bilan (Tr3); e — V-simon shaklli avvaldan payvandi bilan (Tr4).



21-rasm.
Chokning namunaviy belgilanishi.

Detal qirralari va bajarilgan choklaming shakli va o‘lchamlari 20-rasmda keltirilganidek qabul qilinadi. Gaz bilan payvandlashda qalinligi S=60 mm bo‘lgan metallarning qirra burchaklarini 45° gacha kengaytirish mumkin.


Quvur o‘tkazgich detallari uchun bajarilgan ishchi chizmalarda payvandlash uchun barcha zarur o‘lchamlar keltirilgan bo‘ladi. Quvur o‘tkazgichlarning yig‘ma va montaj chizmalarida payvandlovchi chokning turi, nomeri ko‘rsatiladi (21-rasm).
Quvur o‘tkazgich va detallarning birikkan joyida, agar qo‘shimcha halqalar qo‘yilmasa, bir-biriga nisbatan siljishi (x) 22- rasmda keltirilgan holatda payvandlash amalga oshiriladi. Bunda, detal va quvur o‘tkazgichlarning bir-biriga nisbatan siljishi quyidagi chegaraviy shartlardan ortmasligi zarur:
devor qalinligi, mm...3,5 gacha; 4 — 5; 6 — 7; 8 — 10; 10 dan katta;
siljish x, katta emas, mm...0,5; 1; 1,5; 2; 2,5.








10+15'



23-rasm. Quvurning ichki diametrini yo‘nib kengaytirish.
Agar detal va quvur o‘tkazgichlar orasidagi siljish 2 mm dan ortiq bo‘lsa, 23-rasmda keltirilgandek, ularning chekka tomonlari yo‘niladi.
Quvur o‘tkazgichIarni yo‘nishda quyidagi shartlarni bajarish zarur:

  1. yo‘nilgan quvur o‘tkazgich diametri bilan ikkinchi detal orasidagi farq 1 mm dan oshmasligi kerak;

  2. yo‘nilgan qirra qalinligi (Sq) ko‘rsatkichlardan kichik bo‘lmasligi kerak:

3-jadval

Devor qalinligi

6

7

8

9

10

11

Devorning minimal qalinligi, Sq

5

8

6,8

7,5

8,5

9,5

Yuqori bosim ostidagi quvur o‘tkazgichlarda Sq qiymati 3-jad- valda keltirilgan oraliqda olinadi;



  1. konus yoki silindrik shaklda yo‘nish tashqi diametr bo‘yicha tekis amalga oshirilishi zarur.

Quyma va toblangan detallar hamda armaturalarni payvandlash- ga tayyorlashda, ularning chekka qismlari 23-rasmda keltirilgan shakldagidek tekis o‘zgaruvchan qilib bajariladi.
Payvandlash uchun ichki qo‘shimcha metall halqalar quvur o‘tkazgich ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan quvur o‘tkaz- gichlarga qo‘shib ishlab chiqariladi. Agar halqalar yo‘q bo‘lsa, uglerodli yoki kam toblangan quvur o‘tkazgichlar uchun uglerodli po‘lat 10 yoki 20 markali metalldan yasaladi.
Quvur o‘tkazgichlarni payvandlash bilan yig‘ishda sifatli birikma hosil bo‘lishi uchun quvur o‘tkazgich yoki detallar maxsus markazlovchi asboblar yordamida bir o‘qqa keltiriladi.


33
Quvur o‘tkazgich birikmalarini metall halqalar bilan payvandlab yig‘ishda quyidagi ketma-ketlik bajarilishi kerak:

  1. bmktirilayotgan quvur o‘tkazgich uchiga metall halqa 1,0 mm oraliqdan oshmagan holda o‘rnatiladi;

  2. bir nechta joylardan payvand bilan ilintirib olinadi va metall- halqa quvur o‘tkazgichga ipli chok ko‘rinishda (chok uzunJigi 4 mm dan oshmagan holda) payvandlanadi;

  1. metall halqaning payvand qilinadigan joyi tozalanib, tekislanadi;

  2. payvandlanadigan 2-detal yoki quvur o‘tkazgich payvand bilan tayyorlangan 1-quvur o‘tkazgich va halqa oldiga 3—5 mm oraliq masofaga keltiriladi. Birikma har tomonlama to‘g‘ri qo‘yilganligi tekshirilib, metall halqa 2-quvur o‘tkazgich bilan to‘liq payvand- lanadi.

Yuqori bosimda ishlaydigan quvur o‘tkazgichlarni bir-biriga biriktirishda argonli payvandlash usulidan foydalaniladi. Bunda erimaydigan volframli elektroddan foydalaniladi va payvandning ildizidan boshlab tashqi yuzigacha sifatli chok shakllantiriladi.

Download 0.65 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Download 0.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari

Download 0.65 Mb.