• Mazut quvur o‘tkazgichlar
  • Issiqlik bilan ta’minlash quvur o‘tkazgichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi
  • A/—A/—A/
  • R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari




    Download 0.65 Mb.
    bet4/17
    Sana03.02.2022
    Hajmi0.65 Mb.
    #17027
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Issiqlik elektr stansiyasi.pdf
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    Moy quvur o‘tkazgichlari turbina podshipniklarini sovitish va moylash uchun moyni olib kelish va olib ketishda ishlatiladi. Shuningdek, elektr stansiyasi moy xo‘jaligini qurilmalardagi moy idishlari bilan bog‘lashda qo‘llaniladi.
    Suvni kimyoviy tozalash quvur o‘tkazgichlari qurilmalar, nasoslar va suvni kimyoviy tozalash idishlarini o‘zaro bog‘lashda, suvni kimyoviy tozalash xo‘jaligidan bosh binoga suvni tashishni o‘z ichiga oladi.
    Mazut quvur o‘tkazgichlar mazut idishlarini nasoslar bilan bog‘lashda va mazut nasoslaridan forsunkaga mazut yetkazib berishga mo‘ljallangan.
    Tabiiy gaz quvur o‘tkazgichlari gaz taqsimlash punktlaridan qozon gorelkalariga tabiiy gazni uzatib berishda qo‘llaniladi.
    Issiqlik bilan ta’minlash quvur o‘tkazgichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    suv isitgichlarga bug‘ yetkazib berish quvur o‘tkazgichlariga tashqi iste’mol bug‘ quvur o‘tkazgichlari, bosh binoda joylashgan issiqlik tizimlarining suv quvur o‘tkazgichlari, shuningdek, suv isitgichdan kondensat suvini olib ketuvchi quvur o‘tkazgichlar, diaeratordagi bug‘ni qayta hosil qiluvchi va sovituvchi quvur o‘tkazgichlar.
    Boshqa quvur o‘tkazgichlar quyidagilardan iborat:
    kulni chiqarib yuborish, texnik suv, yong‘inga qarshi, vodorod, kislorod, asetilin, siqilgan havo, xo‘jalik quvur o‘tkazgichlari, bug‘ purkash quvur o‘tkazgichlari, puflab tozalash, tushirib yuborish quvur o‘tkazgichlari.
    Elektr stansiyasining prinsipial issiqlik sxemasida (1-rasm) hamma quvurlarning qurilmalar bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
    Har qaysi quvur o‘tkazgich alohida quvur o‘tkazgichlardan, otvodlar, chetlagich, kompensatorlar, flaneslar, mahkamlagichlar, flaneslar orasidagi qistirmalar, armaturalar va unga masofaviy yuritmalar, uchliklar, o‘tish quvur o‘tkazgichlari, tarmoqlagichlar, tiqinlar, shtutserlar, quvur o‘tkazgichlarning issiqlik siljishi kabi, nazorat-o‘lchov asboblarining qismlari, quvur o‘tkazgich metalla- rining siljuvchanligini o‘lchash uchun ishlatiladigan reperlar, tir- gaklar va osmalar, tirgakli metall konstruksiyalardan iborat.
    Elektr stansiyalar bosh bug‘ quvur o‘tkazgichlarining chizma- lari uch xil turda bo‘ladi: blokli, markazlashtirilgan va seksiyali.
    Blokli sxemada (2-rasm) turbina faqat o‘zining qozoni yoki qozonlar guruhi tomonidan ta’minlanadi. Bunda turbinalar boshqa qozonlardan bug‘ni bloklar bilan bog‘lovchi quvur o‘tkazgich bo‘lmaganligi uchun olish imkoniyati yo‘q.
    Hamma yangi kondensatsion elektr stansiyalarida quvur o‘tkazgichlarning blokli sxemasidan foydalaniladi. Bunday sxemalarda bosh bug‘ quvur o‘tkazgichlar va ikkilamchi bug‘ quvur o‘tkazgichlarning uzunligi qisqaradi, armatura miqdori kamayadi va, shuningdek, ekspluatatsiya ishonchliligi ortadi, bug‘ quvur o‘tkazgichlarining xarajati kamayadi.






    1. rasm. Elektr stansiyasining prinsipial issiqlik sxemasi:

    1 — qozon qurilmasi; 2 — turbina; 3 — reduksion sovitish qurilmasi; 4 — kondensator; 5kondensat nasosi; 6 — asosiy ejektor; 7 —regenerativ qizdirgich; 8 — bug‘latgichning bug‘ kondensatori; 9 —atmosfera bosimli diaerator; 10 — iste’mol nasosi; 11 — yuqori bosimli qizdirgich; 12 —atmosfera bosimli diaerator;

    1. — bug‘latgich; 14 — oqova baki; 15 — oqova nasosi; 16 — sirkulatsiya nasosi;

    1. tarmoq nasosi; 18 —asosiy suv isitgich; 19 — cho‘qqi suv isitgich.







    1. rasm. Qozon-turbina bosh quvur o‘tkazgichlarining blokli sxemasi:

    1. — barabanli qozon qurilmasi; 2 — yuqori bosimli turbina; 3 — o‘rta bosimli turbina;

    1. — past bosimli turbina; 5 — kondensator; 6 — saqlash klapanlari; 7 — oraliq bug‘ qizdirgichlar quvur o‘tkazgichlaridagi saqlash klapanlari; 8 — berkitish surilma qopqog‘i; 9 — suv bosish surilma qopqog‘i; 10 — turbinani to‘xtatish klapani; 11 — rostlash klapani; 12 — tez berkitish klapani; 13 — tez ishlovchi reduksion sovitish qurilmasi; 14 — o‘txonaning reduksion sovitish qurilmasi.





    3-rasm. Bosh bug‘ o‘tkazgichning markazlashtirilgan sxemasi.







    1. rasm. Bosh bug‘ o‘tkazgichning seksiyali sxemasi.

    9
    Markazlashtirilgan sxemalar (3-rasm) yig‘ilma-tarqatma magistral ko‘rinishda bo‘lib, bu magistralga bug‘ qozonlardan keltiriladi va turbinalarga bug‘ olib ketiladi. Yig‘ilma-tarqatma magistral bir bug‘ quvur o‘tkazgichli yoki ikki parallel bug‘ quvur o‘tkazgichli ko‘rinishda bo‘ladi.
    Seksiyali sxemada (4-rasm) turbina bug‘ni ma’lum qozonlardan oladi, shuningdek, maxsus magistralning almashtirgichlari yordamida qozonlarni barcha turbinalarga ulash imkoniyati bor.
    Bug‘ quvurlarining markazlashtirilgan va seksiyali sxemalari issiqlik elektr markazlarida mavsumiy issiqlik yuklamalarni qurilmalar orasida almashtirish magistralidan foydalanish qulay bo‘lganligi uchun ishlatiladi.

    1. QUVUR O‘TKAZGICHLARINING ISHLASH SHAROITLARI

    Elektr stansiyasi quvur o‘tkazgichlari og‘ish sharoitlarida ishlaydi. Ish vaqtida quvur o‘tkazgichlar doimiy yuklamada bo‘ladi: bular oquvchi muhit bosimi; metall quvur o‘tkazgichining armatura, oquvchi muhitning issiqlik izolatsiyasining og‘irliklari, issiqlik cho‘ziluvchanlik yuklamasi; vibratsiya yuklamasi. Bundan tashqari, quvur o‘tkazgichlar qismlarining materiallaridagi doimiy sodir bo‘luvchi yuklamalar: ularni bir xil qizdirilmasligi, tayanchlarning qisib qolishi; haddan tashqari siljuvchan tayanchlarda ishqalanish, mexanizmlardan uzatilayotgan vibratsiya.
    Metall quvur o‘tkazgichlar va issiqlik izolatsiyasining ichki bosimi, shamol bosimlari yoyilgan yuklama hisoblanadi, armatura va metallkonstruksiyalar esa yo‘naltirilgan yuklamalardir. Issiqlikdan cho‘zilish yuklamalari tarmoqqa ancha tayanchlarda har doim yo‘naltirilgan yuklama ko‘rinishida bo‘ladi. Oquvchi muhitning bosimi yuklamasi ichki yuklamalarga, og‘irlik, issiqlik cho‘zilish, vibratsiya, quvur o‘tkazgichlarning torayishi, shamol yuklamalari, tuproq bosimi (yer ostidan o‘tkazilganda) tashqi yuklamalarga kiradi.
    Quvur o‘tkazgichlarning yuqoridagi yuklamalarga qarshi tura olish qobiliyati quvur o‘tkazgichning bardoshliligi deyiladi.
    Quvur o‘tkazgichning bardoshliligi uni tashkil qiluvchi qism- larning bardoshliligiga bog‘liq. Quvur o‘tkazgichlar yuqori va past haroratlarda ishlatilganliklari uchun quvurda foydalaniladigan o‘tkazgichlarni tashkil etuvchi qismlar metallni past va yuqori haroratlarga bardoshlilik tasnifidan kelib chiqib tanlanadi.
    Quvur o‘tkazgichlarga qo‘yiladigan asosiy talab ularning ishonchli ishlashidir. Quvur o‘tkazgichlarning biror bir qismining nosozligi katta quvvatlarning kamayishiga yoki elektr stansiyasining to‘liq to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
    Quvur o‘tkazgichlarning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun quyidagi shartlar ta’minlanishi lozim:

    1. quvur o‘tkazgich aniq loyihalangan bo‘lishi, ya’ni quvur o‘tkazgich ishiga ta’sir qiluvchi hamma sharoitlar hisobga olinishi, hamma qismlar uchun materiallar to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi, kompensatsiya yoki o‘z-o‘zini kompensatsiya to‘g‘ri joylashtirilgan, quvur o‘tkazgichning barcha trassasi bo‘ylab tayanchlar, osmalar va tirkamalar to‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lishi, quvur o‘tkazgichning qismlari sifatli bo‘lishi;

    2. quvur o‘tkazgichning qismlari sifatli bo‘lishi, loyihada hamma sharoitlarni inobatga olingan va texnik shartlar bajarilgan bo‘lishi;

    3. loyiha bo‘yicha montaj ishlarini berilgan texnologiyaga va texnik shartlarga muvofiq bajarilishi;

    4. doimiy va tartibli ravishda mutaxassislar tomonidan quvur o‘tkazgichlar ishining ekspluatatsiya rejimlari loyiha ko‘rsatkich- laridan oshib ketmasligini nazorat qilib borilishi.

    Quvur o‘tkazgichlar har doim soz holda va qisqartirilgan muddatlarda tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
    Barcha harorat ko‘rsatkich buzilishlari quvur o‘tkazgichlarni ekspluatatsiya vaqtidagi «Ekspluatatsiya jurnali»ga qayd qilinishi kerak.

    1. SHARTLI, ISHCHI VA NAMUNAVIY BOSIMLAR

    Quvur o‘tkazgichlarda 0 dan 120 "C gacha harorat oralig‘idagi bosim shartli bosim Psh deb aytiladi. Harorat 120 "C dan yuqori bo‘lganda metall chidamliligi kamayadi va, o‘z navbatida, ishchi bosim ham kamayadi. Quvur o‘tkazgichlar va armatura uchun shart- li bosim tanlangan materialga qarab ham bo‘linadi va quyidagicha belgilanadi: molibden po‘latidan bo‘lganlarni M; xrom-molibden- vannadiy po‘latidan bo‘lganlarni XMB; cho‘yandan bo‘lganlarni Ч; bronzadan bo‘lganlarni Ц. Misol uchun 250 kg-k/sm2 xrom- molibden po‘lati uchun shartli bosim Psh=250 XM deb belgilanadi. Cho‘yandan bo‘lgan materiallar uchun shartli bosimi 25 kg-k/sm2 Psh=254 deb belgilanadi. Namunaviy bosim Pn va ishchi bosim Pi deb belgilanadi. Quvur o‘tkazgichning ishchi bosimi deb loyiha bo‘yicha ko‘rsatilgan haroratda muhitning eng katta bosimiga aytiladi.
    Saqlanish klapanlari bilan himoyalangan quvur o‘tkazgichlar uchun yuqori bosim inobatga olinmaydi, agar bu bosim 0,2 at. ortiqcha bosimi 6 at. bo‘lganlar uchun. 0,3 at. 7 dan 13 at. gancha bosimlar uchun, 5 % ishchi bosimi 13—100 at. bosimlar uchun 8 % ishchi bosimi 100 at. dan yuqori bosimlar uchun.
    Berilgan muhitning bosimi va haroratidan kelib chiqqan holda quvur o‘tkazgichlarning materiali va konstruksiyasini tanlashda shartli bosimdan foydalaniladi va quvur o‘tkazgichlarni standartlashning asosini tashkil etadi. Davlat standartlarida nominal haroratlar ko‘rsatilgan, eng yuqori ishchi bosim chiziqli interpolatsiya usuli bilan topiladi.
    Davlat standartlari tayyor holda yig‘ilgan quvur va quvur o‘tkazgichning qo‘llanilishiga qarab ishchi bosim chizmalarda belgilanadi.

    1. QUVUR O‘TKAZGICHLARNING CHIZMALARDA BELGILANISHI

    Quvur o‘tkazgichlarni texnik hujjatlarda aniq belgilash uchun sxemalardan foydalaniladi. Sxemalarda quvur o‘tkazgichlarning hamma elementlari shartli ravishda belgilanadi. Shartli belgilar

    1. jadvalda keltirilgan.

    1-jadval

    Tartib
    raqami

    Quvur o‘tkazgichdagi muhit

    Shartli
    belgilanishi

    1

    Bug‘ (umumiy belgilanishi)




    2

    Bug‘ yangi




    3

    Sanoat va isitishga olinadigan bug‘ (qarshi bosim)




    4

    Tartiblanmagan olishlar uchun o‘zgaruvchi bosimli bug‘




    5

    Moy aralashgan bug‘

    1

    *

    1

    6

    Kondensat




    7

    Moy aralashgan kondensat

    A/—A/—A/

    8

    Oqova

    fV

    Iste’mol suvi


    Xom suv

    A
    Tarmoq suvi (o‘z ehtiyojlari uchun)
    To‘xtovsiz purkash
    Oraliq purkash
    Rostlash impulslari
    Havo
    Gaz
    Moy
    Suyuq yoqilg‘i
    Tiniqlashtirilgan suv
    Kimyoviy tozalangan suv
    Tozalash suvi
    Ishqor aralashmasi
    Sho‘rlangan suv
    Ishqor aralashmasi
    Tuz aralashmasi
    Tuzlangan suv
    Fosfat aralashmasi
    Sulfat aralashmasi
    Cho‘kma aralashmasi
    Ohak suti
    Magnezit suti
    Ohak aralashmasi
    H-katodlangan suv

    N
    Na-katodlangan suv


    1. Download 0.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. P. Boboxodjayev, N. M. Raxmanov issiqlik energetikasida quvurlar va ularni mustahkamlash vositalari

    Download 0.65 Mb.