|
7-amaliy ish Mavzu: Aerodromlarini qordan tozalash texnologik xaritalari va rejasini ishlab chiqish Ishdan maqsad
|
bet | 1/4 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 288,3 Kb. | | #113009 |
Bog'liq 7-Amaliy ish (3)
7-amaliy ish
Mavzu: Aerodromlarini qordan tozalash texnologik xaritalari va rejasini ishlab chiqish
Ishdan maqsad: Talabalar amaliy mashg‘ulot ishini bajarish jarayonida aerodrom qoplamalarini qish vaqtida qordan tozalash ishlarining texnologik jarayonlarini o‘rganishadilar.
Nazariy qism
Qish mavsumida aerodromlarni texnik ekspluatatsiya qilish usullari.
Aerodromlarni qish mavsumida tutib turish eng murakkab, mehnattalab va mas’uliyatli vazifa, chunki qor kurash, zichlash, yaxmalakning oldini olish, yo‘qotish, qor to‘sish kabi ishlar ko‘plab mashina va mexanizmlarni talab qiladi.
Aerodromni qishki ekspluatatsiyaga tayyorlashda sun’iy qoplamalar, uchish maydonining gruntli qismi va suv qochirish qurilmalari kapital yoki joriy ta’mir qilinishi kerak, qor tozalovchi, zichlovchi, muz ko‘chiruvchi va boshqa texnika vositalari, traktorlar, tirkamalar taxt qilib qo‘yilishi kerak; Yaxmalakka qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar, sirpanchiqqa qarshi yirik donali qum, ta’mirlar uchun qurilish materiallari tayyorlab qo‘yiladi; Manfiy harorat boshlanishidan 2 oydan kechiktirmay kuzgi-qishki davrdagi tadbirlar rejasi, qor to‘sish, qor-muz ko‘chirish ishlarining texnologik kartasi tuziladi. Texnologik kartalar albomi (TKA) ga quyidagilar kiradi: aeroport sxemasi va unda qoplamalarni tozalash navbatlari va qor kurash ishlarida o‘zaro aloqani tashkil etish sxemasi ko‘rsatilgan holda; qorni tashlash joyi; kerakli mexanizatsiya vositalari, ularning texnik tavsiflarini ko‘rsatgan holda. Uchish maydonini qordan tozalash uchun texnologik karta tuzayotganda, qor o‘rtacha va eng ko‘p yog‘ishiga mo‘ljallanadi (meteostansiya ma’lumotlariga asoslanadi).
Sun’iy qoplamali aerodromlarni qishda saqlash. Aerodromlarni qishda ekspluatatsiyaga tayyorlash uchun shu mavsumda ikki xil ishni o‘z vaqtida bajarish kerak: aerodromni qordan tozalash; yaxmalakni yo‘qotish yoki oldini olish.
Aerodrom qoplamalari (SUQM, RY, TJ, perronlar) qor va yaxdan butkul tozalanadi, chekka xavfsizlik polosalari (ChXP) SUQM ning ikki chetidan hisoblaganda yarim uzunligi qadar tozalanadi; yon tomondagi xavfsizlik polosalari (YoXP) 25 m. eniga tozalanib, undan nariga qor uyumi 1:10 nisbatda qiyalab to‘planadi; RY, TJ va perronlarda-10 m. va 1:10 nisbatda qiya.
Qish mavsumida kamida ikkita polosani ishga tayyor holda tutish kerak: asosiy SUQM va zaxira SUQM. Biri tozalanayotganda, ikkinchisi ishlatiladi. GUQM ni SUQM uzunligicha va xavfsizlik polosalarining yarmi qadar (ikkala uchida) tozalanadi. GUQM ning tozalanadigan eni: A,B klass aerodromlarda-100 m; V klassda-85 m; G,D klasslarda-75m; ye klassda-60 m; hammasida chetdagi qor uyumining qiyaligi 1:10.
Qordan tozalanishi lozim bo‘lgan gruntli uchastkalarda, GUQM da 8 sm qalinlikdagi zichlangan qor, 10 sm qalinlikdagi yangi yoqqan qor bo‘lishi ruxsat etiladi. SUQM dan ko‘tarilish va unga qo‘nishda 5 sm. qalinlikda yangi yoqqan, quruq qor, 12 mm qor shiltasi, 10 mm suv bo‘lishi ruxsat etiladi.
Qordan tozalash uch bosqichga bo‘linadi:
1) SUQM, YoXP ni SUQM chegarasidagi 10 m eniga, kursli radiomayaklar (KRM) va glissadli radiomayaklar (GRM) zonasini tozalash;
2) TJ, RY, ularning chetini 10 m. kenglikda, vokzaloldi maydon, zahira GUQM ni tozalash;
3) ChXP ni yarim uzunligida, YoXP ni 25 m. kenglikda, TJ va perronlar chetida, radioaloqa, yonilsi moy ob’ektlari, aeroport ichidagi aerodromlarni tozalash.
Birinchi navbatda tozalanadigan joylar qor yog‘a boshlagandan boshlab, to‘xtagandan keyin 1 soat ichida tugallanishi kerak. Shundan keyin uchish, qo‘nish ruxsat etiladi.
Havo harorati barqaror manfiy bo‘lgan rayonlarda qoplama ustida zichlangan qor bo‘lishiga ruxsat etiladi. Bunda, bazi bir kotta bщlmagan samaliyotlarga ruxsat beriladi; SUQM uzunligi tozalanadigan uzunligigacha eni esa ikkita YoXP eni (100m) ni qamrab olishi kerak; qor qalinligi 6-8 sm, chetida esa 1:10 nishabli uyum bo‘lishi mumkin.
Yaxmalak quyidagi tartibda yo‘qotiladi: SUQM, RY ning SUQM ga va perronga tutash joylari, RY ning burilish joylari, RY ning to‘ppa-to‘g‘ri uchastkalari, perronlar va TJ. SUQM butun bo‘yi va eniga tozalangach, uchish-qo‘nish ruxsat etiladi.
Qoplama yuzasining asosiy ko‘rsatkichi-tishlashish koeffitsienti bo‘lganda qoniqarli hisoblanadi.
|
| |