• 10-rasm. SUQM ni plug-cho‘tkali va rotorli mashinalar bilan aylanma sxemada tozalash; 1-8- plug-cho‘tkali mashinalar otryadi; 9 - qor uyumlari;
  • Aerodrromni qordan tozalash texnologiyasi




    Download 288,3 Kb.
    bet2/4
    Sana07.12.2023
    Hajmi288,3 Kb.
    #113009
    1   2   3   4
    Bog'liq
    7-Amaliy ish (3)

    Aerodrromni qordan tozalash texnologiyasi. Qordan tozalashda qor kuraydigan mashinalar (plug-cho‘tkali, plugli, rotorli, pnevmatik, qor ortuvchi va kichik kuragichlar) va umumiy vazifadagi mashinalar (avtogreyder, tirkama greyder, bulqdozer) ishlatiladi.
    Plug-cho‘tkali PM-130, KPM-64 va rotorli DE-211 (D-902), DE-220 mashinalaridan foydalanganda SUQM ni yangi yoqqan qordan tozalash uchun, yondan esayotgan shamol kuchiga qarab, quyidagi sxemalar ishlatiladi:
    Shamol tezligi 3 m/sek. gacha bo‘lsa-SUQM o‘qidan boshlab chetlarigacha aylanma sxema (10-rasm);
    Shamol tezligi 3-5 m/sek atrofida bo‘lsa: shamol yo‘nalishida SUQM enining 2/3 qismi, teskari yo‘nalishda 1/3 qismi;

    10-rasm. SUQM ni plug-cho‘tkali va rotorli mashinalar bilan aylanma sxemada tozalash;

    1-8- plug-cho‘tkali mashinalar otryadi; 9 - qor uyumlari; - rotorli qor kuragich.




    11-rasm - Mashinalar ish unumining qatlam qalinligiga bog‘liqligi:

    1- shamol mashina chilpillagan qorda ishlashi; 2- D-224 mashinasining qorda ishlashi; 3- o‘sha, DE-7 mashinasi; 4- o‘sha, shamol mashinasi.


    Shamol tezligi 5 m/sek. dan ortiq bo‘lsa-faqat shamol yo‘nalishida, qor uyuladigan joydan teskari tomonga. Mashinalar mayatnik sxemasida yuradi va har bir o‘tish oxirida 70-800 ga buriladi, cho‘tkalar 56-600 ga buriladi.
    Plug-cho‘tka-pnevmatik DE-224A, DE-224, shnek-rotorli DE-210, DE-11, frezer-rotorli D-558, DE-212S mashinalari ishlatilganda, plug-cho‘tkali mashinalar uchun yuqorida aytilgan sxema qo‘llaniladi. Biroq, maxsus uskunalar, masalan, katta havo yoki gaz bosimi beradigan generatori bo‘lsa, ishni aralash holda tashkil etish kerak.
    Pnevmatik mashinalar ishlatilganda, quyidagi sxemalardan biri tanlanadi:
    yonlama shamol tezligi 3 m/sek. gacha bo‘lganda, SUQM o‘qidan boshlab chetiga tomon tozalanadi; bir nechta mashina baravariga ishlatilishi mumkin; yonlama shamol tezligi 3m/sek. dan ortiq bo‘lganda, qor shamol yo‘nalishida, SUQM ning bir chetidan ikkinchisi tomon tozalanadi. Bunda mashina bir tomonga qor kurab, ikkinchi tomonga bo‘sh yuradi.
    Mashinaning birinchi o‘tishi shamol esayotgan tomondan, qoplama chetidan 6-7 m. naridan boshlanadi.
    Qor kurash, odatda, u yog‘a boshlagandan boshlanadi va uchish-qo‘nishlar orasidagi vaqtdan iloji boricha ko‘p foydalanishiga harakat qilinadi.
    Uchishlarga ruxsat berilmagan va manfiy harorat bo‘lgan paytda qor to‘xtagandan keyin tozalanishga boshlanadi, aks holda, agar qor yomg‘irga aylanib ketsa, qoplama yuzasida yaxmalak hosil bo‘ladi.
    Uyib qo‘yilgan qor zudlik bilan rotorli qor kuragichlar bilan chetga chiqarib tashlanadi yoki yondagi gruntli qismga bir tekis yoyib tashlanadi. Qor tozalash ishlarida qatnashayotgan mashinalar guruh-guruh bo‘lib yoki patrul usuli bilan ishlaydi. Patrul usulini qo‘llash uchun uchish-qo‘nishlar orasidagi vaqt A,B klass aerodromlar uchun 30 min, qolgan klasslar uchun-25 min. bo‘lishi ruxsat etiladi. Qor tozalash ishlarida shamolli (pnevmatik) mashinalarga ko‘proq e’tibor beriladi, chunki ular bilan ishlaganda ish unumi eng yuqori bo‘ladi. (11-rasm).
    Mashinalarning guruh bo‘lib ishlashi ish sur’atini orttiradi. Mashinalar pog‘onama-pog‘ona qilib ishga tushiriladi, ular orasida 30-35 m. masofa qoldiriladi. Plug-cho‘tkali qortozalagichlar har o‘tganda oldingi izni 0,3-0,4m qamrab olishi kerak. Qor yog‘a boshlaganda, qalinligi 2-3 sm bo‘lganda, cho‘tkalar ishlaydi keyin qor qalin bo‘lganda pluglar ham ishga tushadi.
    Qorkuragich mashinalar miqdori shunday bo‘lishi kerakki, SUQM ni 1 soatdan oshirmay tozalab bo‘lsin:
    (1)

    bu yerda F-SUQM yuzasi, m2; i-qor yosish jadalligi (bashorat qilishda, qish mavsumida eng ko‘p kuzatilgan jadallik olinadi), sm/soat; b-mashinaning qamrov kengligi (qo‘shni polosalarni qamrab olish hisobga olinadi), m; plug-cho‘tkali mashinaning o‘rtacha ishchi tezligi, m/soat; hd-uchish-qo‘nish ruxsat etiladigan qor qalinligi (SUQM da), sm; Kv- mashinalar vaqtidan foydalanish koeffitsienti (plug-cho‘tkali mashinalar uchun 0,95).


    SUQM ni qor yog‘ishi tugagandan keyin tozalash lozim bo‘lganda, mashinalar ketma-ket tushiriladi. Qor qalinligi 8 sm bo‘lganda, mashinalar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi plug bilan qorni surib ketadi, ikkinchisi izma-iz yurib, cho‘tkalar yordamida tozalab boradi. Plug bilan ishlayotgan mashinalar qor uyumini surishga qiynalib qolguncha suraveradi. Shuning uchun tozalash mumkin bo‘lgan eng katta kenglik bor:
    (2)
    bu yerda m-mashinalar harakatini bildiruvchi koeffitsient (aylanma sxemada m=2, mayatnik sxemada m=1); Qmax-mashina surayotgan 1 m. uzunlikdagi qor uyumining eng katta massasi (ZIL-130 bazasidagi mashina uchun 300 kg. GAZ-53 A bazasidagi mashina uchun-200 kg); -yoqqan qor zichligi, kg/m3; h-yoqqan qor qalinligi , m; -qor uyumi (vali) uzunligi (1m).
    Qor ko‘p yoqqanda (5 sm dan ortiq) bitta plug-cho‘tkali mashina yoki mashinalar guruhi qamrab oladigan eng katta kenglik SUQM enidan kam bo‘ladi. Demak, qor uyumlari SUQM maydoni ichida yitsiladi. Ular qoplamaning yon qirrasidan turli masofalarda yitsiladi: aylanma sxemada ishlaganda 0,5 VSUQM-bmax; mayatnik sxemada VSUQM-bmax. Kuralgan qor uyumlari keyingi ishlarga halal bermasligi uchun ularni rotorli qorkuragichlar bilan tezda uzoqlashtirish kerak. Bu mashinalar bir kuraganda uzoqqa yuborolmasligi mumkin: mashinaning uzaytirish qobiliyati UZ < 0,5 (VSUQM-V0)-bmax (aylanma sxema) va UZ < BSUQM +V0-bmax (mayatnik sxema) bo‘lganda.
    RY ni yangi yoqqan qordan plug-cho‘tkali kuragichlar bilan tozalash shartlari: yonlama shamol 5 m/sek. gacha tezlikda bo‘lsa, aylanma sxema bilan; 5m/sek. dan katta tezlikda bo‘lsa, mayatnik sxema bilan.


    Download 288,3 Kb.
    1   2   3   4




    Download 288,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aerodrromni qordan tozalash texnologiyasi

    Download 288,3 Kb.