|
7-Amaliy mashg‘ulot: Shtamplar va ularning detallari, shtamplash uskunalari
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 149,43 Kb. | | #116788 |
Bog'liq 7-amaliy mavzu 7-Amaliy mashg‘ulot: Shtamplar va ularning detallari, shtamplash uskunalari.
Ishdan maqsad: Shtamplarni turlari va shtamplash uskunalari bilan tanishish
Bu usulda list, lenta, polosa tarzidagi yupqa (10 mm gacha) plastik metallardan va metallmas materiallardan turli shaklli va o‘lchamli mahsulotlar tayyorlanadi. Kuzatishlarga ko‘ra, avtomobilsozlikda 50-60% gacha, asbobsozlikda 70-80% xilma-xil detallar tayyorlanadi. Chunki bu usulda ish unumdorligining yuqoriligi aniq shaklli va o‘lchamli, tekis yuzali detallar ishlab chiqarishni ta’minlaydi. List shtamplash yo‘li bilan detallar tayyorlash texnologik jarayonni ikki bosqichga ajratish mumkin:
1. Zagotovkalarni tayyorlash.
2. Zagotovkalarni kutilgan shaklga keltirish.
Agar listdan yopiq kontur bo‘yicha aylana, kvadrat yoki boshqa shaklli zagotovkalarni kesib olish kerak bo‘lsa, u puanson va matrisalardan foydalanib presslarda kesib olinadi. Bunda zazor puanson o‘lchami hisobiga zagotovka o‘lchamidan 5-10 % kichikroq; matrisa teshigining o‘lchami esa zagotovka o‘lchamiga teng olinadi. Teshik ochishda esa zazor matrisa o‘lchami hisobiga olinadi (7.1-rasm).
7.1-rasm. O‘yib tushirish va teshik ochish sxemasi.
Bu ishlarni bajarishda zarur kuch qiymatlari kuyidagicha aniqlanadi:
doiraviy kontur bo‘ylab kesib olishda:
Рқ1,25 d sкр, Н (кг)
bu yerda 1,25 – puanson va matrisa kesuvchi tig‘larning o‘tmaslanish koeffisiyenti,
d – o‘yib tushiriladigan zagotovka diametri, mm,
d- metallning qirqishga ko‘rsatuvchi qarshiligi, ПА.
Temirchilik shtamplash sexlarida keng foydalaniladigan presslarga mexanik, gidravlik, pnevmatik presslar kiradi (1.2-rasm) da oddiy konstruksiyali, bir va ikki polzunli presslarning tuzilishi hamda kinematik sxemasi keltirilgan.
7.2-rasm. Polzunli presslar:
a-bir polzunli, b-ikki polzunli: 1-dvigatel; 2-shesternyalar; 3-mufta; 4-tormoz; 5-krivoship vali; 6-shatun; 7-polzun.
Polzun 7 harakatni dvigatel 1, shesternyalar 2, mufta 3, krivoship vali 5 orqali olinai (7.2-rasm a).
Pressda zagotovka shtamplangach, mufta 3 avtomatik ravishda uzilishi bilan tormoz 4 ulanib, val ekssentrisiteti yuqori vaziyatda to‘xtaydi. Polzunning yurish yo‘li krivoship vali ekssentrisitet o‘lchamining ikkiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Zarur bo‘lsa, polzunning yurish yo‘lini ekssentrik vtulka orqali yoki uning tanglik plitasini ko‘tarish yoki tushirish bilan rostlash mumkin.
Variantlar 8.1. Jadval
Variant
№
|
Bukish
usuli
|
Bukish
burchagi
|
Zagotovka
materiali
|
1
|
0
|
80
|
Po‘lat 3
|
2
|
П
|
110
|
Po‘lat 45
|
3
|
V
|
60
|
Po‘lat 10
|
4
|
П
|
100
|
Po‘lat 20
|
5
|
V
|
70
|
Po‘lat45
|
6
|
П
|
90
|
Po‘lat3
|
7
|
V
|
90
|
Po‘lat45
|
8
|
П
|
105
|
Po‘lat10
|
9
|
V
|
75
|
Po‘lat20
|
10
|
П
|
95
|
Po‘lat45
|
Hisobotni mazmuni.
1. Ishning nomi.
2. Ishning maksadi.
3. Ishni bajarish uchun variant va boshlang‘ich ma’lumotlar.
4. Bajarilgan kerakli xisoblar va grafiklar.
5. Zagotovkani o‘lchamlari va ko‘rsatilgan chizmasi.
6. Ishdan xulosa.
|
| |