7-amaliy mashg‘ulot. Internet boshqaruvining pog‘onali arxitekturasi. IEEE
LAN/MAN standartlari arxitekturasi ta’rifi.
Ishdan maqsad: Telekommunikatsiya tarmog‘ining boshqaruvidagi vazifa va
masalalarni maxsus vositalar yerdamida taxlil qilish va o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar
Tarmoq boshqaruvi – bu murakkabtarmoqni nazorat qilish jarayoni bo‘lib, u
tarmoqning samaradorligi va unumdorligini maksimallashga mo‘ljallangan.
Quyidagi rasmda tarmoqni boshqarishdagi vazifalar pog‘onali
modelga nisbatan
keltirilgan.
Tarmoq boshqaruvida biron bir tarmoqqa oid komponentlar (
odamlar,
vositalar, tizimlar va protseduralar)ning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga ishonch hosil
bo‘lishikerak – ya’ni tarmoq faoliyatini yo‘lga qo‘yish
va rejalashtirish va zarur
o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun.
Boshqaruv masalalari
Konfiguratsiyani
boshqarish(Configuration
management, CM)
O‘zgarishlarni boshqarish (Change
Management)
Xato ishlashni bartaraf etish
(Fault
Management, FM)
Muammolarni boshqarish (Problem
Management)
Sifatni boshqarish
(Performance Management, PM)
Kengayishlarni boshqarish (Growth
Management)
Hisob-kitobni boshqarish
(Accounting Management, AM)
Narxnavoniboshqarsh
(Cost Management)
Xavfsizlikni boshqarish
(Security Management, SM)
Kirishni boshqarish
(Access Management)
Boshqaruv masalalari munosabati
Unumdorlik va ishonchlilikni tahlil natijalari bizga
Service Level Agreement,
SLA ni nazorat qilish imkonini beradi, u tarmoq foydalanuvchisi va administratorlari
(yoki xizmatlarni sotuvchi kompaniya) o‘rtasida tuzilgan kelishuvdir.
Odatda
SLAda xizmatni tayyorgarlik (bir yil va bir oy davomida) koeffitsienti,
rad etishni
bartaraf etish maksimal vaqti, shuningdek
ishlash parametrlari kabi
ishonchlilik parametrlari bildiradi (masalan, o‘rtacha va maksimal o‘tkazish
qoboliyati, tarmoq javob vaqti, va hokazo).
Unumdorlik va ishonchlilikni tahlil qilish vositalarisiz xizmat ko‘rsatuvchi
tarmoq ishlashini
na nazorat qila oladi, na tarmog‘ining
oxirgi foydalanuvchilar
uchun kerakli xizmat darajasini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
http://networkperformance.info/what-is-network-performance-monitoring
Configuration ==> tarmoq ishlamoqda.
Fault ==> tarmoq barqaror ishlamoqda.
Performance ==> tarmoq yaxshi ishlamoqda.
Accounting ==> tarmoq optimal ishlamoqda.
Security ==> tarmoq xavfsiz ishlamoqda.
Network Magic – dasturiy ta’minoti
Network Magic dasturiy vositasi tarmoqning joriy bog‘lanish konfiguratsiyasini
taqdim etadi (tarmoq kartasini) va yagona administrativ paneldan bog‘lanishlar
nazoratini amalga oshiradi. Tarmoq boshqaruviga oid turli vazifalarni bajarilishini
nazorat qilish imkoni bu vositani qulay va samarali ekanligini ta’minlaydi. Dastur
oynasi: