• Nazorat savollari.
  • 7-ma’ruza mavzu: Quduqlarni tadqiq qilishda ishlatiladigan asboblar. Reja




    Download 155.41 Kb.
    Sana15.04.2024
    Hajmi155.41 Kb.
    #196498
    Bog'liq
    7-Ma\'ruza
    RAHMATJON RAHIMOVICH, 2105-янг.Силлабус ер кадастири, compalgorithm, Аvtomatika relelari, KURS ISHI MUQOVA, Kepler qonunlari 2, Kepler qonunlari (2), Fazoviy o`tishlar 2, 1-mavzu. Internet tarmog’i va uni tashkil etilishi., 5-Ma\'ruza

    7-MA’RUZA
    Mavzu: Quduqlarni tadqiq qilishda ishlatiladigan asboblar.


    Reja:
    1. Prujinali manometrlar.
    2. Differensial manometrlar.
    3. Bosimni mahalliy qayd qiladigan chuqurlik manometrlari.

    Quduqlarni gazogidradinamik tadqiq qilishda ishlatiladigan asbob va apparatlar gaz parametrlarining aniq miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi.


    Chuqurlikda tadqiqot o‘tkazishda o‘lchov asboblaridan yoki o‘lchov sistemalaridan tashqari ko‘tarish-tushirish operatsiyalarini amalga oshiradigan moslamalar majmui ham kerak bo‘ladi.
    Chuqurlik tadqiqotlar o‘tkazish uchun quyidagi chuqurlik asboblari qo‘llaniladi. Mahalliy tashkilotlarda qayd qilingan asboblar bilan parametrlarni o‘lchash uchun ular sim kanatda quduqqa tushiriladi. Asboblar o‘lchanadigan parametrga sezgir bo‘lgan datchikdan va o‘lchangan parametrlarning miqdorini maxsus diagramma blankiga yozadigan mexanizmdan iborat bo‘ladi.
    Asbob quduqdan chiqarilib, uning ichidagi diagramma blanki olingach, asbob yozuvi o‘qilib, parametrlarning o‘lchangan miqdori aniqlanadi.
    Masofadan boshqariladigan va chuqurlik snaryadi bilan jihozlangan chuqurlik asboblarida olingan signallarni o‘zgartirib beruvchi sezgir datchik va ikkilamchiapparatlar mavjud. O‘lchangan parametr miqdori haqidagi signalni datchik elektr signalga aylantirib, zirhlangan geofizik kabel orqali yuqorida joylashgan ikkilamchi apparatga o‘zatiladi u o‘z navbatida qabul qilingan signalning ma’nosini o‘qiydi, uni ko‘rsatadi yoki yozadi.
    Mahalliy tashkilotlarda qayd etilgan asboblarning afzalligi shundaki, ulardagi simlarning diametri kichikligi bois, tushirish-chiqarish jarayoni nisbatan oddiy kechadi, uning kamchiligi quduqdagi asbobning ishlashi haqidagi axborotning yo‘qligidir. Bunday holatda asbobning nosozligi tufayli bajarilgan tadqiqotlar sifatsiz bo‘lishi mumkin, bunda ularni takrorlash lozim bo‘ladi.
    Quduqni tayyorlash jarayonida bajarilishi mo‘ljallanayotgan tadqiqotlar turiga va konning jihozlanish darajasiga qarab quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:
    ko‘chma kupriklarni;
    tegishli bosimga mos lubrikatorni;
    quduqqa chuqurlik asboblarini tushirib chiqaradigan minorani o‘rnatish;
    gazuzatgich quvurini va asboblarini tekshirish va debitni o‘lchash uchun ulash
    - suyuq fazani ajratish uchun separatorni ulash;
    quduq ustidagi bosim va temperaturani o‘lchash uchun asboblarni o‘rnatish.
    Asbob va apparaturalarni tayyorlovchi zavod tomonidan har bir asbob uchun tuzilgan
    “Pasport” va “Foydalanish uchun yo‘riqnoma” da ularning tuzilishi, shuningdek ular bilan ishlash metodlari bayoni beriladi.
    Gazogidrodinamik tadqiqotlar jarayonida quduq og‘zida, debitni o‘lchash uzelida va quduq stvolida turli chuqurliklarda bosimni o‘lchash zarurati tug‘iladi. Quduq og‘zidagi va debit o‘lchash uzelidagi bosimni MO va MTI tipidagi prujinali ko‘rsatuvchi manometr bilan o‘lchash kerak. Quduq stvolidagi bosim qiymati chuqurlikda qayd etuvchi va masofadan o‘lchaydigan manometr bilan aniqlanadi.
    V1.1-rasmda MO va MTI tipidagi manometrlarning tuzilishi va umumiy
    ko‘rinishi berilgan. Prujina 5 sezgir element bo‘lib xizmat qiladi. Bosim ortganida u tug‘rilanadi, richag sistemasi va tishli sektor 3 orqali strelkani 4 tegishli burchakka buradi. Hisoblash darajalangan shkala bo‘yicha amalga oshiriladi. Bosimni kgs/sm2 da qayta hisoblash formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
    Namunali manometrlarni o‘lchaydigan joylarga o‘rnatishda qo‘yidagi shartlarga amal qilishi kerak.
    Tutashtiruvchi shtutser quvur uzatkichdagi gaz oqimiga perpendikulyar yunaltirilgan bulishi va quvur uzatkichning ichki devoridan chiqib turmasligi kerak. Manometr vertikal holatda o‘rnatilishi kerak. Barcha o‘lchov asboblari germetik bo‘lishi kerak.
    Bosimdagi farqlarni o‘lchash uchun differensial manometrlardan foydalaniladi. Eng ommalashganlari suyuqlikli, pukakli membranali va silfonli difmanometrlardir. Gaz sanoatida difmanometrlar asosan sarfo‘lchagichlarda qo‘llaniladi. Shu boisdan difmanometrlarning ishlash prinsipi va o‘rnatish tartibi quduq debitini o‘lchash bandida bayon qilingan.
    Qatlam va quduq tubi bosimi, shuningdek, quduq stvolidagi quduq og‘zidan to tubigacha bo‘lgan oraliqdagi istalgan bosim chuqurlik manometri bilan o‘lchanadi va qayd qilinadi. VNIIKAneftgaz instituta tomonidan ishlab chiqilgan, maxalliy qayd qilingan bir nechta tipdagi chuqurlik manometrlari mavjud.

    MGN-1 normal qatorli chuqurlik pretsizion manometrlari.










    Nazorat savollari.
    1. Prujinali manometrlar necha qismdan iborat?
    2. Differensial manometrlarni izohlang?
    3. Bosimni mahalliy qayd qiladigan chuqurlik manometrlari tushuntirib o’ting.
    Download 155.41 Kb.




    Download 155.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-ma’ruza mavzu: Quduqlarni tadqiq qilishda ishlatiladigan asboblar. Reja

    Download 155.41 Kb.