|
8-Laboratoriya ishi Mavzu: Tandalash romlari va ularning avtomatlashtirish darajasi. Laboratoriya ishining maqsadiBog'liq 8-Laboratoriya ishi (2)
8-Laboratoriya ishi
Mavzu: Tandalash romlari va ularning avtomatlashtirish darajasi.
Laboratoriya ishining maqsadi:
Tandalash jarayononida qatnashadigan rom
turlari va ularning avtomatlashtirish darajasini o‘rganish.
Kеrakli jihozlar:
Tandalash mashinasining romining texnologik sxemalari.
Ishning bajarish tartibi:
1. Tandalash mashinasida qatnashidan rom turlari bilan tanishing.
2. Tandalash jarayoning romlarning ishlatilish ko‘lamini taxlil qiling.
3. Tandalash jarayoning rom qismida tandalash jarayonida qatnashidan
jixozlarning vazifasi va ishlashni tahlil qiling.
Umumiy ma’lumotlar:
Tandalash romlari o‘ramalarni joylashtirish va undan ipni chuvatish uchun
xizmat qiladi. Tandalash romlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- bobinalarni mahkam tutib turish;
- iplarning oson chuvalib chiqishi va nazorat qilish uchun qulay bo‘lishligi;
- ip tarangligi jarayon davomida bir xil bo‘lishi va markaziy rostlanishi;
- bobinalarga xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishi kerak.
Tandalash romlaridan iplar qo‘zg‘almas va aylanuvchi (g‘altakchalardan)
o‘ramalardan (bobinalardan) chuvatib olinadi. Aylanuvchi o‘ramalardan
g‘altakchalarni aylantirish orqali iplar chuvatib olinadi. Ip tarangligi g‘altakcha va
tutgich o‘qi orasidagi ishqalanish hisobiga hosil qilinadi.
Tandalash romlarining quyidagi turlari mavjud:
1.
V-simon rom.
2.
To‘g‘ri burchakli rom.
3.
Aravachali rom.
4.
Uzluksiz zanjirli rom.
5.
Kassetali rom (Magazine).
6.
Avtomatik rom.
7.
Maxsus rom.
|
| |