9-sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga 2 soat,A




Download 138,88 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi138,88 Kb.
#12457

9-SINF

ANORGANIK VA ORGANIK KIMYO

(68 soat, haftasiga 2 soat,A2+: 102 soat, haftasiga 3 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompentensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A2

inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar, moddalar, birikmalar haqida og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qilish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘yish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va jamoaviy hamkorlikda ishlash.



A2+

Zaruriy holatlarda kimyoviy masalalarga doir tushunchalarni xorijiy tillarda bilish



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

axborot manbalaridan anorganik, organik birikmalar, ular asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari haqidagi ma’lumotlarni izlab topish, ularni saralash va ulardan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilish.



A2+

axborot manbalaridan topilgan mahmulotlarni qayta ishlash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

o‘qib-o‘rgangan bilim va tajribalarini kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda oshirib borish, turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.



A2+

o‘z xatti-harakatini baholash va mustaqil qaror qabul qila olish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2

fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.



A2+

fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish



Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:

A2

sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.



A2+

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

o‘rganilgan bilimlar asosida kundalik turmushda foydalaniladigan jarayonlardagi hisoblashlarni bilish. Kimyo fani sohasida inson hayot faoliyatida uning mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.



A2+

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish.



Sana:__________________________________________________________

Sinf -: 9-

Fan : Kimyo.

Mavzu : 1  §   Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni . Davr va guruhlarda elementlar xossalarning o’zgarishi



Maqsadlar:

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish:

A1

kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;

modda, uning tuzilishi, tarkibi va ayrim xossalarini biladi;

kimyoviy element, valentlik, formula, reaksiya turlarini tuza biladi va tushuntira oladi;

kimyoviy qonuniyatlar, atom-molekular ta’limot haqidagi dastlabki bilimlarni tushuntira oladi;

eng muhim anorganik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi;uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini biladi va tejamkorlikka amal qiladi.A1+

turli moddalar hajmi, massasi, formulasini topishni, mavzu doirasida tajribalar bajarishni, masalalar yechishni biladi.A2

kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadval, kimyoviy bog‘lanish turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dissotsiyalanish va ion almashinish reaksiyalarini biladi va tushuntira oladi;

metall, metallmaslarning ayrim vakillarining xossalari, olinishi va qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi; organik birikmalar haqida umumiy tushunchalarga ega, ularning ahamiyati, ishlatilish sohalari haqida biladi va tushuntira oladi;nazariy bilimlar asosida masalalarni yecha oladi va tegishli laboratoriya tajribalarini bajara oladi;

buyuk allomalar hamda jahon kimyogar olimlarining kimyo sohasi rivojiga qo‘shgan hissalari haqida biladi va tushuntira oladi.A2+anorganik moddalar orasidagi bog‘lanish, reaksiyaning oxirigacha borish shartlarini biladi va tushuntira oladi.



Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash: A1

kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;

kimyoviy jarayon va hodisalarni kimyoga tegishli atamalar asosida ifodalay oladi;

kimyoviy reaksiya turlari nomlari, ularga oid tenglamalarni yoza oladi.



Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.

2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad:Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.

2. Davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 

1869-yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta’rif berdi:

"Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari  elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq boiadi".

Dmitriy Ivanovich Mendeleyev (1834-1907) Buyuk rus olimi. Davriy qonun kashfiyotchisi. Ele­mentlar davriy jadvalining foydalanish uchun qulay bo‘lgan dastlabki namunasini taklif  etgan.

Ø  1869-yilda D.LMendeleyev davriy qonunni kashf etdi. Davriy qonun — tabiat qonuni va u tabiatda mavjud bo‘lgan bog‘liqliklarni aks ettiradi. D.I. Mendeleyev tomonidan davriy qonunning kashf etilishida elementlar atom massalari bilan xossalari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik borligi atroflicha o‘rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari, asoslari, kislotalaridagi valentliklari o‘zgarishi asosida jadvallar tuzdi.

1911-yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi.

Ø  Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor.

Ø  Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi.

Ø  Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng.

Ø  Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng.

Protonlar zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, xp bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, massasi 1 ga teng. Neytron \n bilan belgilanadi. Atom yadrosi atrofida man­fiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi.

Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik? demak, uning massasini amalda hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli 0 deb olamiz. zaryadi esa -1 bo‘lgan zarrachalardir. Elektronni e bilan belgilaymiz. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz.

Ø  Atom  musbat zaryadlangan yadrodan  va  manfiy zaryadlangan  elektronlardan tashkil topgan yadro qobig‘idan iborat. Ø  Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi.

Ø  Vodorod atomining yadrosida 1 ta proton boladi. Zaryadi +7, massasi 1a.m.b. Uning yadrosi atrofida 1 ta elektron harakat qiladi.

Ø  Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng: Ar=N + Z

N — neytronlar soni,  Z — tartib raqami (ptotonlar soni). Demak, atom musbat zaryad­langan protonlar va zaryadsiz zarra-cha — neytronlardan iborat yadrodan hamda protonlar soniga teng boigan sondagi yadro atrofida harakatlanu-vchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachalardir

Atom tuzilishining electron nazariyasiga ko’ra , kimyoviy reaksiyalar asosida electron munosabatlar-- atom electron pog’onalarning qayta qutilishi jarayonlari yotadi. Bunda asosan tashqi electron qavatidagi elektronlar ishtirok etadi

Ionlanish energiyasi—elektronning atomdan ajralishi uchun zarur energiya miqdori

Elektronga moillik -- neytral atomga bitta elektronning birikishi natijasida ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori

Guruglarda element tartib raqamini ortishi bilan metall xossalari kuchayadi

Metallmaslik xossalari kamayadi

Davrlarda element tartib raqamini ortishi bilan metal xossalari kamayadi

Metallmaslik xossalari kuchayadi

Eng kuchli metal xossalari seziyda , eng kuchli metallmaslik xossalari ftorda namoyon bo’ladi

Katta davrlarda kichik davrlarga nisbatan metallic xossalari sekinlik bilan zaiflashadi, metallmaslik xossalari esa sekinlik bilan bo’lsada kuchayadi

Yangi mavzuni mustahkamlash


  1. Qaysi metal faolroq nima uchun u faol?

2.Qaysi metallmas faolroq?

3. Kichik davrlarda atomlar tuzilishi va xossalari qanday o’zgaradi?

4. Katta davrlardachi

Uyga vazifa: Mavzudagi savollarga javob yozish



Sana:________________________________________

Sinf: 9-

Fan : Kimyo.

Mavzu : 4-§. Kimyoviy bog’lanishlarning turlari: kovalent(qutbsiz va qutbli) ionli bog’lanishlar. Elementlarning valent imkoniyatlari va ularning oksidlanish darajasi.





Maqsadlar:

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish:

A1

kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;

modda, uning tuzilishi, tarkibi va ayrim xossalarini biladi;

kimyoviy element, valentlik, formula, reaksiya turlarini tuza biladi va tushuntira oladi;

kimyoviy qonuniyatlar, atom-molekular ta’limot haqidagi dastlabki bilimlarni tushuntira oladi;

eng muhim anorganik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi;uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini biladi va tejamkorlikka amal qiladi.A1+

turli moddalar hajmi, massasi, formulasini topishni, mavzu doirasida tajribalar bajarishni, masalalar yechishni biladi.A2

kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadval, kimyoviy bog‘lanish turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dissotsiyalanish va ion almashinish reaksiyalarini biladi va tushuntira oladi;

metall, metallmaslarning ayrim vakillarining xossalari, olinishi va qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi; organik birikmalar haqida umumiy tushunchalarga ega, ularning ahamiyati, ishlatilish sohalari haqida biladi va tushuntira oladi;nazariy bilimlar asosida masalalarni yecha oladi va tegishli laboratoriya tajribalarini bajara oladi;

buyuk allomalar hamda jahon kimyogar olimlarining kimyo sohasi rivojiga qo‘shgan hissalari haqida biladi va tushuntira oladi.A2+anorganik moddalar orasidagi bog‘lanish, reaksiyaning oxirigacha borish shartlarini biladi va tushuntira oladi.



Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash: A1

kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;

kimyoviy jarayon va hodisalarni kimyoga tegishli atamalar asosida ifodalay oladi;

kimyoviy reaksiya turlari nomlari, ularga oid tenglamalarni yoza oladi.



Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga kimyoviy bog’lanishlar haqida tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning bilimlarni mustahkamlash, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, estetik, ekologik tarbiya berish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 

Nima sababdan qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lar hosil bo‘ladi?

Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiylik qiymatlariga e’tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni quyidagi 3 guruhga bo‘lib olishimiz mumkin. 1.  Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan elementlardan, ya’ni ayni bir xil element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar: a)  N2, F2, Cl2, Br2, J2, O2, N2  - oddiy moddalar; b)  Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn - metallar. 2.  Elektrmanfiyligi bir-biridan bir oz farq qiladigan element atomlaridan hosil
bo‘lgan moddalar: HCl, HB2, HJ, H2O, H2S, NH3, CH4, PCl3, PCl5... 3.  Elektrmanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar: NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO ... . Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasidagi elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bog‘lanishlarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin. Kovalent bog‘lanishlar elektrmanfiyligi bir xil yoki bir biridan juda oz miqdorda farq qiladigan atomlar orasida hosil bo‘ladi.Masalan, vodorod atomlarining o‘zaro birikishi natijasida H2 — vodorod molekulasining hosil bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Vodorodning ikkita atomi orasida hosil bo‘lgan bir juft elektron hisobiga atomlar birikib H2 ni hosil qiladi. Natijada vodorod atomlari barqaror elektron konfiguratsiyaga ega bo‘ladi, ya’ni vodorod atomi tashqi energetik qavati tugallangan holatga o‘tadi.

— Atomlarning  umumiy  elektron juftlari  vositasida  bog‘lanishi kovalent bog‘lanish deyiladi. Atomlar uchun umumiy bo‘lgan har bir juft elektronni 1 ta chiziqcha bilan almashtirib yozish ham mumkin: O = O, N ≡ N.

Kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etayotgan juft elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi: H : H — bir valentli atomlar; O :: O — ikki valentli atomlar; N N — uch valentli atomlar. vodorod xlorid — HCl molekulasi hosil bo‘lishini ko‘rib chiqaylik Bunda, atomlar orasidagi umumiy juft elektronlar elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan xlor atomi tomon siljigan bo‘ladi, natijada xlor atomi qisman manfiy, elektrmanfiyligi kichikroq vodorod atomi esa qisman musbat zaryadlangan bo‘ladi. —  Elektrmanfiyliklari bir-biridan biroz farq qiladigan atomlardan orasida ho sil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish kovalent qutbli bog‘lanish deyiladi.

Metallar o‘z tashqi energetik qavatlaridagi elektronlarini berib, musbat zaryadlangan ionlarga oson aylanadi. Metallmaslar esa aksincha, tashqi energetik qavatiga elektronni oson qabul qiladi va manfiy zaryadlangan ionlarga aylanadi. —  Ionlar zaryadlangan zarrachalardir. —  Atomlar elektron berganda yoki elektron biriktirib olganda zaryadlangan zarrachalar, ya’ni, ionlarga aylanadi. —  Atomning yo‘qotgan va qabul qilib olgan elektronlar soni ionning zaryad miqdorini belgilaydi. —  Qarama-qarshi zaryadlangan ionlar bir-biriga tortiladi. —  Ionlar orasida hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish ion bog‘lanish deb ataladi. —  Ionlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan moddalar ionli birikmalar deyiladi. Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, kislorod, oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari kiradi. Masalan, NaCl, KBr, CaJ2, Li2O, Na2S va h.

Bir atomning kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan, ya’ni taqsimlanmagan lectron jufti va ikkinchi atomning bo‘sh orbitali o‘rtasida hosil bo‘lgan bog‘lanish donor-akseptor yoki kordinatsion bog‘lanish deyiladi.

Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.

Ba’zi elementlar doimiy valentlikka ega: Na, K, H doimo bir valentli; Ca, Mg doimiy ikki vaientli; Al doimo uch valentli bo‘ladi. Ko‘p elementlar o‘zaruvchan valentlikka ega bo‘ladi. Mis (ll)-oksidni vodorod bilan qaytarib mis olinganda elementlarning oksidlanish darajasi qanday o‘zgaradi? Qutbli kovalent va ionli birikmalarda kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etayotgan elektronlar elektrmanfiyligi katta atomga tomon siljigan yoki butunlay o‘tib ketgan bo‘ladi. Elektronlarni o‘zidan siljitgan atomlarni "elektron bergan" atom­lar, elektronlarni o‘ziga tortgan atomlarni "elektron olgan" atomlar deb ataladi.

Atomlarning bergan yoki olgan elektronlar soni shu atomning oksidlanish darajasi deb ataladi.

Agar element: 1  ta elektron bersa +1, olsa —1, 2  ta elektron bersa +2, olsa —2, 3 ta elektron bersa +3, olsa -3 oksidlanish darajalarini hosil qiladi. Izoh: ionlarning zaryadini yozishda zaryad miqdori "+" yoki  "-" ishoralarining oldiga yoziladi. Masalan: SO2+, S2-, Al3+. Elementlarning oksidlanish darajasini yozishda esa oksidlanish darajasi qiymati "+" yoki "—" ishoralaridan keyin yoziladi. Masalan, Na+1, Al+3, S-2 va hokazo. Qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar ya’ni oddiy moddalarda elementning oksidlanish darajasi nolga teng, chunki bunda atomlar orasida hosil bo‘lgan umumiy juft elektronlar hech qaysi atomga tomon siljimagan.

Masalan: H2, Cl2, N2, Sn, Fe. . 

Kimyoviy birikmalarni tashkil etuvchi atomlarning oksidlanish darajalari yig‘indisi hamisha nolga teng bo‘ladi.

Al2+3O -2      2(+3) + 3(-2) = 0.

Kimyoviy elementlarning oksidlanish darajalarini aniqlashda quyidagilarni esda tuting: •

  Oddiy moddalarda atomlarning oksidlanish darajasi nolga teng. (N2, O2, Cl 2, N2, O3, P, S, C, Na, Mg, Al, Fe ...). •  Metall atomlari hamisha musbat oksidlanish darajasiga ega. •  Metallmaslardan ftor faqat -1 oksidlanish darajasiga ega. Qolgan          metallmaslar ham manfiy, ham musbat oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Masalan, vodorod metallar bilan guruh raqamiga teng. Na+, Mg+2, Al+3, Si+4, P+5, S+6, Cl+7. •  Qo‘shimcha guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi ham guruh raqamiga teng bo‘ladi. Masalan, marganes - Mn (+25) 2) B) 8+5) 2). Marganes VII guruh     elementi, shuning uchun Mn ni yuqori ok­sidlanish darajasi +7. •     Elementning quyi oksidlanish da­rajasi sakkizdan valent elektronlarining ayirmasiga teng. Masalan, oltingugurt VI guruh elementi bo‘lib valent elektroni oltita. Elementlar oksidlanish darajalarining o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi.  Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion oksidlovchi, elektron bergan elementi ion qaytaruvchi deb ataladi. Oksidlovchi ayni kimyoviy jarayonda elektron olib qaytariladi. Qaytaruvchi ayni kimyoviy jarayonda elektron berib oksidlanadi. Kimyoviy jarayonlarda metallar doimo elektron beradi. Demak, metallar har doim qaytaruvchi. Metallmaslar (ftordan tashqari) esa kimyoviy jarayonlarda oksidlovchi ham, qaytaruvchi ham bo‘lishi mumkin. Kimyoviy jarayonlarda elementlarning olgan yoki bergan elektronlari soniga qarab oksidlanish darajalari o‘zgaradi. Elementning oksidlanish darajasi -3 dan +5 ga о‘tsa: 1)  8 ta elektron beradi: 2) qaytaruvchi bo‘ladi; 3) oksidlanadi

Yangi mavzuni mustahkamlash : 1. Valentlik va kimyoviy elementning oksidlanish darajasi deganda nima tushuniladi? 2.  Elementning oksidlanish darajasi qanday aniqlanadi?

Uyga vazifa berish : 5 § konspekt qilish.
Sana:_____________________________________________________

Sinf -: 9-

Fan : Kimyo.

Mavzu :  6-§ ELEKTROLITIK DISSOTSIATSIYALANISH NAZARIYASI

Maqsadlar:

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish:

A1

kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;

modda, uning tuzilishi, tarkibi va ayrim xossalarini biladi;

kimyoviy element, valentlik, formula, reaksiya turlarini tuza biladi va tushuntira oladi;

kimyoviy qonuniyatlar, atom-molekular ta’limot haqidagi dastlabki bilimlarni tushuntira oladi;

eng muhim anorganik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi;uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini biladi va tejamkorlikka amal qiladi.A1+

turli moddalar hajmi, massasi, formulasini topishni, mavzu doirasida tajribalar bajarishni, masalalar yechishni biladi.A2

kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadval, kimyoviy bog‘lanish turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dissotsiyalanish va ion almashinish reaksiyalarini biladi va tushuntira oladi;

metall, metallmaslarning ayrim vakillarining xossalari, olinishi va qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi; organik birikmalar haqida umumiy tushunchalarga ega, ularning ahamiyati, ishlatilish sohalari haqida biladi va tushuntira oladi;nazariy bilimlar asosida masalalarni yecha oladi va tegishli laboratoriya tajribalarini bajara oladi;

buyuk allomalar hamda jahon kimyogar olimlarining kimyo sohasi rivojiga qo‘shgan hissalari haqida biladi va tushuntira oladi.A2+anorganik moddalar orasidagi bog‘lanish, reaksiyaning oxirigacha borish shartlarini biladi va tushuntira oladi.



Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash: A1

kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;

kimyoviy jarayon va hodisalarni kimyoga tegishli atamalar asosida ifodalay oladi;

kimyoviy reaksiya turlari nomlari, ularga oid tenglamalarni yoza oladi.




Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi haqida tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad:Nutq ravonligi, munozara madaniyati kabi ijobiy hislatlarni shakllantirish

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.

2. Davomat.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 

 Nima uchun elektrolitlarning suvdagi eritmasi yoki suyuqlantirilgani elektr tokini o‘tkazadi, aksincha, elektrolitmaslarning suvli eritmalari elektr tokini o‘tkazmaydi?

Bu savolga javobni 1887-yilda shved olimi Svante Arrenius o‘zining elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasida javob bergan. U elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari uchun 1903-yilda No­bel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda ishqorlar) — suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajraladi:

KCl ↔ K + + Cl yoki NaOH ↔ Na + + OH

Ionlar musbat zaryadlangan (kationlar) yoki manfiy zaryadlangan (anionlar) zarralardir. Ular bitta atomdan yoki bir necha atomdan iborat atomlar guruhi bo‘lishi mumkin. Ammo atomlar bilan ionlar bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, natriy atomi, o‘yuvchi xossaga ega bo‘lib kuchli qaytaruvchi, xlor atomi esa kuchli zahar bo‘lib oksidlovchidir. Natriy va xlor ionlaridan iborat bo‘lgan osh tuzi sizga juda yaxshi tanish. Ion bog‘lanishli birikmalarning suvda eritilganda ionlarga ajralishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma’lumki, osh tuzi qattiq holatda elektr tokini o‘tkazmaydi. Suvda eritilganda esa ionlarga ajraladi. Buning sababi:

1. Osh tuzi kristallari ion bog‘lanishli birikma bo‘lib, kristall panjara tugunlarida ionlar bo‘ladi (15-rasm).

2. Suv molekulasi esa qutbli kovalent bog‘lanishli modda bo‘lib, 16-rasmda ko‘rsatilgandek tuzilgan.

3. Osh tuzi suvda eritilganda 17-rasmda tasvirlangan sxema asosida dissotsiatsiyalanadi.



       

Osh tuzi kristalining tuzilishi. Suv molekulasining qutbli ko‘rinishi.

Demak, eritmada osh tuzi kristallari suvning qutblangan molekulalari ta’sirida erib gidratlangan ionlarni hosil qiladi.Vodorod va metallar elektron berib, ammiak esa o‘zining xususiy juft elektroni hisobiga proton biriktirib olib kationlarga aylanadi (H+, Na+, Zn2+, Al3+, NH4+).Musbat zaryadlangan ionlar elektr manbaining katodi tomon harakatlanadi (shuning uchun biz musbat ionlarni kation deymiz). Manfiy zaryadlangan ionlar elektr manbaining anodi tomon harakatlanadi (shuning uchun biz manfiy zaryadlangan ionlarni anion deymiz). Elektrolitlar (tuzlar va ishqorlar) suyultirilganda ham ionlarga ajraladi. Buning sababi modda suyultirilganda zarrachalarning tebranma harakati kuchayib ular orasidagi bog‘lanish zaiflashib qoladi va eletrolit ionlarga oson ajralib ketadi. Kislotalar kuchli qutblangan molekulalardir, ular ham suvda eriganda ionlarga ajraladi, ammo tuzlar va ishqorlarning suvda erishida sodir bo‘lgan hodisadan farq qiladi.             

Vodorod xlorid suvda eriganda molekulasidagi vodorod elektronini qoldirib, suv molekulasiga ko‘chib o‘tadi.

Natijada xlorda 1 ta elektron ortiqcha bo‘lgan xlor ioni va 1 ta proton (vodorod atomining yadrosi) qo‘shilgan H3O+ (gidroksoniy) ioni hosil bo‘ladi.

Demak, suvda HCl, HBr, H2S, HNO3, H2SO4 va boshqa kislotalar eriganda H3O+ (gidroksoniy) ioni hosil bo‘ladi: H3O+ ↔H++H2O Gidroksoniy ioni suv va vodorod ionini hosil qiladi


Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.

Uyga vazifa berish : 6 § konspekt qilish
Hamkorlik va takliflar yuzasidan biz bilan bog’laning



Bizning rasmiy sayt:

maktabim.uz

Hamkor sayt:

azamat.moy.su

Telegram manzilimiz:

@maktabimuz

Admin bilan aloqa:

@ziyokor

Download 138,88 Kb.




Download 138,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga 2 soat,A

Download 138,88 Kb.