• Ta q r i z c h i l a r: V. BERDIYEV
  • UO‘K: 621.3(075) KBK 31.291ya722
  • A. J. Isaqov, M. A. Tojiyev, B. N. Erkinov elektr yuritmalarni avtomatik boshqaruv




    Download 5.9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/54
    Sana25.08.2023
    Hajmi5.9 Mb.
    #79493
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
    Bog'liq
    elektr yuritmalarni avtomatik boshqaruv
    Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    A. J. ISAQOV, M. A. TOJIYEV, B. N. ERKINOV
    ELEKTR YURITMALARNI 
    AVTOMATIK BOSHQARUV
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    Qayta nashr
    TOSHKENT – 2016


    UO‘K: 621.3(075)
    KBK 31.291ya722
    I 78
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
    markazi ilmiy-metodik Kengashi qaroriga asosan nashr etilgdi.
    Ta q r i z c h i l a r:
    V. BERDIYEV – TTYMI «Elektr transport» kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent;
    A. BOQIYEV – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 
    «Qishloq va suv xo‘jaligida standartlashtirish» markazi katta ilmiy xodimi, 
    t.f.n., dotsent.
    UO‘K: 621.3(075)
    KBK 31.291ya722
    ISBN 978-9943-978-36-2
    © A. Isaqov, M. Tojiyev, B. Erkinov, 2012;
    © «Voris-nashriyot», 2012;
    © «Fan va texnologiya», 2016.
    A. J. Isaqov, M. A. Tojiyev, B. N. Erkinov. Elektr yuritma-
    larni avtomatik boshqaruv. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv 
    qo‘ll anma. (Qayta nashr). – T.: «Fan va texnologiya», 2016, – 
    128 b.
    O‘quv qollanmada elektr mashinalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, 
    kollektorli o‘zgarmas tok mashinalari, o‘zgarmas tok motorlari, transfor-
    matorlar, transformatorlarning maxsus xillari va o‘zgaruvchan tok mashinalari 
    mavzulari bayon etilgan.
    Qo‘llanma texnika yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari 
    uchun mo‘jallangan.
    ISBN 978-9943-978-36-2


    3
    KIRISH
    Elektr energiyasi energiyaning xalq xo‘jaligida foydalani-
    ladigan asosiy turi hisoblanadi. Elektr energiya ishlab chiqara-
    digan va uni iste’mol qiladigan elektr mashinalari elektr siste-
    maning asosiy qismini tashkil etadi.
    Quvvati bir necha vattdan o‘nlab va hatto yuzlab 
    megavattgacha bo‘lgan elektr mashina toyyorlash mumkinligi 
    undan sanoat, transport va qishloq xo‘jaligini elektrlashtirishda 
    asosiy ish mashinasi sifatida foydalanishga imkon beradi.
    Barcha elektr-magnitaviy mehanizmlar kabi elektr mashina 
    ham energiyani o‘zgartiruvchi hisoblanadi. Issiqlik va atom 
    elektr stansiyalarida elektr energiya ishlab chiqarishda yoqilg‘ini 
    yondirish yoki yadro reaksiyalari natijasida olingan issiqlik 
    energiyasi bug‘ trubinasi vositasida aylanma mexanik ener giyaga 
    aylantiriladi, bu energiya esa elektr mashinasini – generatorni 
    harakatga keltiradi. Gidravlik elektr stansiyalarda elektr 
    energiyasi olish uchun sathi muayyan balandlikka ko‘tarilgan 
    suv energiyasidan foydalaniladi. Suv gidrotrubina orqali o‘tib, 
    vali generator vali bilan bog‘langan g‘ildirakni aylantiradi. Gene-
    ratorda sodir bo‘ladigan elektr-magnitaviy jarayon natijasida 
    mexanik energiya elektr energiyaga aylan tiriladi.
    Xo‘jalikning turli sohalarida iste’mol qilinadigan elektr 
    energiyasining ko‘pgina qismi mashina, mexanizm va stanoklarni 
    harakatga keltirish uchun yana mexanik energiyaga aylan tiriladi. 
    Elektr energiyasi elektr motorlari deb ataladigan mashi nalar 
    yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi.


    4
    Elektr mashinalaridan, asosan (bevosita), generatorlar yoki 
    motorlar sifatida foydalaniladi. Lekin elektr mashinalari boshqa 
    maqsadlarda ham ishlatiladi. Masalan, elektr energiyaning 
    iste’mol qilinishi, ko‘pincha, elektr tokining turini o‘zgartirish, 
    chunonchi, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish yoki 
    kuchlanish kattaligini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday 
    o‘zgartirishlar elektr-mashinaviy o‘zgartirgichlar vositasida amal-
    ga oshiriladi.
    Elektr mashinalaridan elektr signallarining quvvatini kuchay-
    tirishda ham foydalaniladi. Bunday hollarda elektr mashina elektr-
    ma shinaviy kuchaytirgich deyiladi.
    Elektr qurilmalarning quvvat koeffitsiyentini oshirish uchun 
    foydalaniladigan elektr mashina sinxron kompensator deyiladi.
    Elektr mashinalari vazifasiga ko‘ra bo‘linishdan tashqari, 
    ishlash prinsipiga ko‘ra ham tasniflanadi. Bu tasnifga muvofiq, 
    elektr mashinalari bir-biridan ham ishlash prinsipi, ham kons-
    t ruksiyasi jihatidan farq qiladigan kollektorli va kollektorsiz 
    mashinalarga bo‘linadi.
    Kollektorli mashinalar, asosan, o‘zgarmas tokda ishlash uchun 
    qo‘llaniladi. Kollektorli mashinalarning kam quvvatlilarigina ham 
    o‘zgarmas, ham o‘zgaruvchan tokda ishlash uchun universal qilib 
    ishlanadi.
    Kollektorsiz mashinalar asinxron va sinxron mashinalarga 
    bo‘linadi hamda ular ko‘p fazali ham, bir fazali ham bo‘lishi 
    mumkin.
    Ishlab chiqarish faoliyatining hamma sohalarida elektr 
    mashinalarining keng tarqalganligi ularning turli ish sharoitlariga 
    va qo‘yiladigan talablarga mos keluvchi ko‘pdan-ko‘p konstruktiv 
    formalarining ishlab chiqilishiga olib keldi. 
    Transformator o‘zgaruvchan tok elektr energiyasining statistik 
    o‘zgartirgichi hisoblanadi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishni 
    transformator vositasida o‘zgartirishi mumkinligi o‘zgaruvchan 
    tokka bir qancha afzalliklar beradi, shu sababli bu tok keng 


    5
    tarqalgan. Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tok elektr qurilmasini 
    transformatorsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
    Hech qanday aylanuvchan qismlari yo‘qligi sababli 
    transformatorning konstruktiv shakli elektr mashinasidan tubdan 
    farq qiladi. Lekin transformatorlarning ishlash prinsipi ham
    elektr mashinalarining ishlash prinsipi singari, elektromagnit 
    induksiya xodisasiga asoslangan. Bundan tashqari, o‘zgaruvchan 
    tok elektr mashinalari ishlaganda sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar 
    ko‘p jihatdan transformatorlar ishlashidagi fizik jarayonlarga 
    o‘xshaydi.
    Shuning uchun ushbu o‘quv qo‘llanmada transformatorlar 
    nazariyasining asoslarini o‘rganish yana shu sababli ham foy-
    daliki, u o‘zgaruvchan tok elektr mashinalariga doir masalalarini 
    yanada chuqurroq tushunib olishga imkon beradi.


    6

    Download 5.9 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Download 5.9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. J. Isaqov, M. A. Tojiyev, B. N. Erkinov elektr yuritmalarni avtomatik boshqaruv

    Download 5.9 Mb.
    Pdf ko'rish