|
A. Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
|
bet | 1/19 | Sana | 12.05.2023 | Hajmi | 3.2 Mb. | | #59065 |
Bog'liq amalmashg\'ulot linya chiziq, Услубий кулланма илова, excel 2-masala amal informatika.doc
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
Mexanika-matematika fakulteti
“Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi
Aminov I.B.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg’ulotlar
Uslubiy ishlanma
Samarqand-2014
I-bob. Windows operasion tizimida ishlash .
1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Windows oynalari, papkalar va fayllar bilan ishlash.
Mashg’ulotning maqsadi: Tinglovchilar Windows oynalarini boshqarishni, papka ochish va fayllardan nusxa ko’chirishni bajarishni o’rganib oladilar va quyidagilarga ega bo’ladilar:
Windows oyna elementlari, asboblar panelidagi tugmachalar vazifasi haqida tushunchaga.
Dasturlarni ochish va yopish, papka ochish va fayllardan nusxa ko’chirish amallarini bajara oladilar.
Ish faoliyatlarida o’zlarining elektron hujjatlarini alohida papkaga joylashtira oladilar.
1-topshiriq
Sichqoncha kursorini “Мои документы” papkasi ustiga olib kelib chap tugmasini ikki marta bosing.
Agar oyna ekranga to’liq bo’lib ochilsa, uni sarlavha qatorining o’ng tomonida joylashgan tugmasini bosib oynani kichraytiring.
“Мой компьютер”, “Корзина”, “Сетевое окружение” papkalarini ham shu tarzda oching.
Oynalarning o’lchamlarini yanada kichraytirish uchun sichqoncha kursorini oynaning chegarasiga olib boring. Sichqoncha kursorining ko’rinishi ↔ ikki tomonlama strelka holatiga kelganda sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda chap yoki o’ng tomonga harakatlantiring. Kerakli o’lchamni olganingizdan keyin sichqoncha tugmasini qo’yib yuboring.
Barcha oynalarning o’lchamini xuddi shu tarzda to’g’rilab oling.
Oynalarni joydan-joyga ko’chirish uchun sichqoncha kursorini oynaning sarlavha qatoriga olib borib chap tugmasini bosib turgan holda kerakli joyga olib keling va sichqoncha tugmasini qo’yib yuboring.
Barcha oynalarni xuddi shu tarzda ekraning to’rt burchagiga joylashtiring.
“Мои документы” oynasidan tashqari barcha oynalarni yoping .
Sichqoncha kursorini “Мои документы” papkasining menyusida «Файл” so’zi ustiga olib keling va chap tugmasini bosing.
Ochilgan menyudan “Создать” bandiga sichqoncha kursorini olib borib chap tugmasini bosing.
Keyingi menyudan “Папкы” bandini tanlang va chap tugmani bosing.
Ekranga “Новая папка” nomli yangi papka chiqadi. Новая папка yozuvi ko’k rangga bo’yalgan bo’ladi. Demak sichqoncha kursori shu so’z ustida turibdi degani.
Klaviatura yordamida o’z ismingizni tering va Enter tugmasini bosing.
S ichqoncha kursorini kerakli fayl ustiga olib kelib chap tugmasini bir marta bosing. Fayl belgilanadi.
Klaviaturadan Shift ( ) tugmasini bosib turgan holda sichqoncha tugmasini belgilangan fayldan keyingi beshinchi fayl ustida bir marta bosing. Beshta fayl belgilanadi.
Menyuning Правка bandida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosing.
Ochilgan menyudan Копировать bandida sichqonchaning chap tugmasini bosing. (Keyinchalik “sichqoncha chap tugmasini bosing” so’zlari o’rniga “tanlang” deb yuritamiz)
O’zingiz yaratgan yangi papkani oching.
|
| |