• MAVZU: “CMS TIZIMI TAHLILI”. guruhi
  • I BOB.CMS(content management systems-kontentni boshqaruv tizimlari) haqida. §1.1.CMS platformalarining turlari
  • CMS tizimlar turlari va asosiy xususiyatlarini tushuntirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
  • HTML-HAQIDA TUSHUNCHA” 9-sinf Informatika fanidan Bir soatlik dars ishlanma
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti matematika va informatika fakulteti




    Download 0.74 Mb.
    bet1/14
    Sana17.04.2024
    Hajmi0.74 Mb.
    #198245
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    kurs ishi CMS K.O.A
    Ahmedov, Bayonnoma N3, big data, 4-amaliy ish, 3-mustaqil ish, 2, 1-ЛАБОРАТОЛРИЯ, BOSHLANG\'ICH MAKTABDA TA\'LIMDA INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARI, kelishik kategoriyasi, BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR, sevara, 4-labaratoriya elektron, 4-topshiriq Mat mantiq va diskret matematika, 3-topshiriq Mat mantiq va diskret matematika, 20 МАВЗУ

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
    «Matematika va informatika metodikasi» yo‘nalishi
    KOMPYUTER GRAFIKASI VA VEB-DIZAYN FANIDAN
    KURS ISHI
    MAVZU: “CMS TIZIMI TAHLILI”.

    guruhi: 113 20-guruh talabasi
    Bajardi: Qushbaqov Olimjon
    kurs ishi rahbari :________________________


    JIZZAX – 2024

    MUNDARIJA KIRISH.....................................................................................................................3
    I BOB.CMS(content management systems-kontentni boshqaruv tizimlari) haqida.
    §1.1.CMS platformalarining turlari.......................................................................8
    §1.2.CMS ning asosiy funktsiyalari va ularni o’qitish ko’nikmalari .................16
    II BOB CMS platformalaridan foydalanib resurslar yaratish
    §2.1.CMS tizimlar turlari va asosiy xususiyatlarini tushuntirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish..............................................................................20
    §2.2.Mashhur kontentni boshqarish tizimlari va ularning xususiyatlarini о‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish………………………...23
    HTML-HAQIDA TUSHUNCHA” 9-sinf Informatika fanidan Bir soatlik dars ishlanma…………………………………………………………………................33 XULOSA................................................................................................................38
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………...40

    KIRISH
    Insoniyat o’zining rivojlanishi tarixi mobaynida moddiy quvvat va axborotlarni o’zlashtirib kelgan. Jamiyatimizning barcha qatlamlarida innovatsion texnologiyalarni qo’llash borasida savodxonlikni uzluksiz ravishda oshirib borishimizda, axborot texnologiyalari sohasida inson kapitalini rivojlantirish kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, avvalo ilg’or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarni chuqur egallash orqali amalga oshiriladi.Mamalakatimizning ta’lim tizimida olib borilayotgan isloxotlar asosiy maqsadi ham ta’limni axborotlashtirishga, ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgandir. Jumaladan, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tashabusslari bilan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan Farmon 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida - umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish kabi dolzarb masalalarni hal qilishni maqsad qilib qo’yilgan.
    Asrimiz boshida dunyo iqtisodiyotining globallashuvi, jarayonlarning axborotlashuvi, yangi texnologiyalar yaratilishi va ishlab chiqarishga jadallik bilan joriy etilishi jamiyatda o’zgarishlar dinamikasini oshirib yubordi. Hozirda “Informatika” fani muim ahamiyat kasb etib, uning ahamiyati dunyoning zamonaviy shakllantirishda, u kiritayotgan tushunchalar fundamentalligi va metodologiyasining umumiyligida ortib borayapti. Bu holatlar kadrlarning kasbiy tayyorgarligida o’z aksini topishi zarur va muqarrarligini ko’rsatadi.
    Informatika ta’limida zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarini qo’llashda foydalaniladigan ta’lim metodlari va texnologiyalari sifatida modulli, muammoli ta’lim, didaktik - o’yinli, xamkorlikda o’qitish hamda an’anaviy-noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan, interfoal o’qitish metodlaridan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan, mul’timediali texnologiyalaridan foydalanish, shu bilan birga o’quvchilarni kichik guruhlarda o’qitishni, ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni, mustaqil fikrlash va ishlashni tarkib toptirish usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadiIlm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.So‘nggi yillarda internet omma hayotiga shunchalik jadal ta’sir ko‘rsatmoqdaki, bu bilan u nafaqat inson hayotining muhim qismiga aylanmoqda, balki biznes loyihalarning rivojlanishida hal qiluvchi omil vazifasini ham o‘tamoqda. Internet tarmog‘I kompaniyalarga o‘z biznesini yuritish va rivojlantirishda katta yordam berish bilan bu jarayonlarda asosiy rol o‘ynamoqda, shuningdek, u barcha uchun tengi yo‘q aloqa vositasi hamdir. Internet virtual axborot makoni bo‘lib, bu makon millionlab web saytlardan iborat.Siz ham o‘z saytingizni yaratib, ushbu makonning bir qismiga aylanishingiz mumkin. Buning uchun professional yoki tajribali dasturchi bo‘lishingiz yoki g‘oyangizni amalga oshirish uchun dizayner, dasturchi mutaxassislar jamoasini yollashingiz shart emas, balki oddiygina CMSdan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lsangiz kifoya.Bundan tashqari hisob ishlarini to’g’ri olib borish ishlab-chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishda katta yordam beradi. Biroq ishlab-chiqarish rivojlanishi bilan hisob ishlarining hajmi ham ortib bormoqda. Natijada korxonani boshqarish uchun zarur bo’lgan texnik-iqtisodiy axborotlarni o’z vaqtida tayyorlash murakkab ishlardan biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun ham bunday ishlarni avtomatlashtirish zaruriyatlari paydo bo’lmoqda. Vaholanki bir necha asrlardan buyon insoniyat hisob ishlarini mashinalar yordamida bajarishga o’rinib kelgan. Pirovard natijada 1642 yili buyuk frantsuz fizigi Paskal matematikaning ikki amalini (qo’shish va ayirish) bajaradigan dastlabki mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. Birinchi elektromexanik hisoblash mashinasi amerika olimlari tomonidan 1937 ishlab chiqildi. Ushbu hisoblash mashinasi elektromexanik relelardan tashkil topgan bo’lib, 5 ot kuchiga ega bo’lgan elektrodvigatel orqali ishga tushirilar edi. Hisoblash texnikasining elektron davri 1945 yildan boshlanadi. CHunki shu yili dunyoda birinchi bo’lib, Amerika Qo’shma SHtatlarida ENIAC nomli elektron hisoblash mashinasi yaratilgandir. Uning xotira qurilmasi elektron lampalarga asoslangan bo’lib, boshlang’ich, oraliq hamda dasturlarni saqlash uchun xizmat qilgan. Dastur va ma’lumotlarni kiritish uchun perfokartalar, natijalarni olish uchun esa alifbo-sonli bosma qurilmasi ishlatilgan. SHundan so’ng izlanishlar natijasida 1971 yili INTEL firmasi tomonidan birinchi 4004 integral mikrosxema ya’ni mikroprotsessor yaratilgan. Bu mikroprotsessor mikrokalkulyatorlarda ishlatishga muljallangan edi. INTEL firmasining 8080 mikroprotsessoriga asoslangan birinchi kompyuter ALTAIR-8800 nomi bilan MITS firmasi tomonidan ishlab chiqarildi. Bu kompyuterlarning xotira hajmi va ish bajarish koeffitsienti chegaralangan edi. SHunga qaramasdan bu kompyuter boshqa keng imkoniyatli kompyuterlarning yaratilishiga asos bo’lib qoldi. 1981 yili IBM firmasi tomonidan katta EHMlardan qolishmaydigan darajadagi 16 razryadli mukammal kompyuter yaratildi. IBM PC apparaturasi va dastur mahsulotlari loyihalari e’lon qilingandan so’ng kompyuterlarni takomillashtirish ustida izlanishlar kengaydi. Bu esa o’z navbatida IBM firmasining mashhurligini oshirib yubordi. 1984 yili IBM firmasi INTEL firmasining 80286 mikroprotsessori bazasida yangi kompyuter yaratdi. Dastur mahsulotining asosiy qismini MICROSOFT firmasi ishlab chiqarmoqda. Keyingi yillarda IBM tipidagi kompyuterlarning ko’pchiligi Tayvan, Singapur va Janubiy Koreya mamlakatlarida ishlab chiqarilmoqda. Eng qimmatbaho va sifatli kompyuterlar AQSH va Evropa mamlakatlarida yig’ilmoqda, lekin ularning ham ehtiyot qismlari Osiyo mamlakatlarida tayyorlanmoqda.Barchaga ma'lumki, butunjahon tarmog'idagi veb-sahifalar kundan kunga ko'payib bormoqda. Bu holat O'zbekistonda, ya'ni Uznetda ham jadallik bilan amalga oshmoqda. Kimdir o'z shaxsiy sahifasini yaratsa, kompaniya va firmalar korporativ saytlarini yaratmoqda. Yana kimdir o'z kundaliklarini, ya'ni bloglarini olib boradilar. Shu bilan birga, yirik portallar faoliyati ham rivojlanmoqda. Bularning hammasi esa biror dasturiy vosita yordamida yaratiladi. Kimdir HTML tilida, kimdir PHP da, yana kimlardir CMS deb ataluvchi tizimlar yordamida veb-saytlarni yaratmoqda. Bu tizimni nima ekanini tushunish uchun, keling, avvalo, veb-sahifalar qanday yaratilishi haqida bilib olamiz.1989-yilda Tim Berners-Li tomonidan World Wide Web, ya'ni Bununjahon o'rgimchak to'ri ixtiro qilinganidan boshlab uning har bir foydalanuvchisi oddiy bo'lsa-da, o'z veb-sahifasini yarata olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Lekin, buning uchun HTML (Hyper Text Markup Language) tilini bilish shart edi. Turli xil IT-kompaniyalari tomonidan bu ishni osonlashtiruvchi bir qancha dasturiy paketlar, jumladan Adobe Dreamweaver va Microsoft FrontPage kabilar yaratildi. Bunday dasturlardan ba'zilari sayt yaratishning barcha bosqichlarini (HTML-kodni yozishdan bu kodni serverga yuklashgacha) boshqarishni o'z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, ko'pgina hollarda (aynan oddiy sahifalarni yaratishda) foydalanuvchi bu kodni bilishi shart bo'lmagan. Sababi bu dasturlarda veb-sahifalarni yaratishning vizual usullaridan foydalanilgan.Biroq, HTML-redaktorlarining barcha afzalliklariga qaramay, saytni boshqarish vaqt o'tgani sayin va yangi ma'lumotlar qo'shilishi bilan qiyinlashib boraverdi. Chunki axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan veb-saytlar ham rivojlanib bordi. Sayt xaritasini yaratishdek oddiy funksiyani qo'shish uchun ham veb-yaratuvchilar tomonidan ancha-muncha mehnat talab etilar edi.Bu esa doimiy diqqatni va juda ko'p vaqtni talab etardi.Sayt yangilanishi muammosini, ya'ni yangilanishning avtomatlashtirishini hal qilish maqsadida yirik axborot kompaniyalari, jumladan, Newsweek va Time yangi dasturiy ta'minot yaratish ishlarini boshlashga majbur bo'ladi. Bu dasturiy ta'minotlar kontentni (ma'lumotlarni) boshqarish tizimlari (CMS – Content Management System) deb ataldi.Bu tizimlarning asosiy jihati shundaki, dinamik veb-sahifalarni oson yarata olish va ularni turli xil axborot bilan to'ldirish imkoniyatini berishdir. CMS tizimlari odatda murakkab bo'lib, ular o'z ichiga xabarlarni tarqatish xizmatlari (RSS), forumlar va internet-do'konilarni oladi. Shu bilan birga, ularni o'zgartirish ham oson.CMS nafaqat saytdagi turli ma'lumotlarni boshqarishni avtomatlashtiradi, balki shu bilan birga, sayt tuzilishining texnik tomonlari bilan tanish bo'lmaganlar, ya'ni yozuvchi va jurnalistlarga saytda o'z materiallarini bevosita foydalanuvchi interfeysi orqali qo'shish imkoniyatini beradi. Shu narsa tushunarli bo'ldiki, endi foydalanuvchilarga saytda o'z materiallarini ko'rish uchun HTML ni ham, saytdagi ma'lumotlar yangilanishining texnologiyasini ham bilishi shart emas.CMS tizimi, shuningdek, veb-sayt yaratishni turli xil mutaxassislar orasida taqsimlab chiqish imkoniyatini beradi. Shunga ko'ra, veb-dizayner o'z diqqatini saytning ko'rinishiga (dizaynni mukammallashtirish va shablonlarni o'rnatishga) qaratsa, texnik yo'nalishda bo'lmagan mutaxassislar uni ma'lumotlar (matn, tasvir va animatsiyalar) bilan to'ldirishga harakat qiladi.Bu ham hammasi emas. Ma'lumki, dvijok – CMS ning bir qismi xolos. U dizayn shabloni asosida sayt ma'lumotlarini chiqarib beradi. Bundan tashqari, CMS da saytdagi ma'lumotlarni boshqarish (ular sayt bo'limlarini va kategoriyalarini yaratishga va ma'lumotlarni ular orasida bo'lib chiqishga imkon beradi) va bu ma'lumotlarni tahrirlash vositalari ham mavjud. Shu bilan birga, foydalanuvchi sayt ma'lumotlari aynan qayerda (ma'lumotlar bazasida, diskda HTML-fayl ko'rinishida yoki umuman tashqi serverda) saqlanayotganini bilishi shart emas.CMS qo'llanilishi bilan ko'pgina qiyinchiliklar bartaraf etilishi mumkin.

    Download 0.74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti matematika va informatika fakulteti

    Download 0.74 Mb.