• QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK Gulnoz Xalliyeva
  • Mas’ul muharrir: B.Karimov
  • KIRISH Fanning maqsad va vazifalari
  • Fanning maqsadi
  • Adabiyotshunoslik




    Download 0.98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/67
    Sana24.07.2023
    Hajmi0.98 Mb.
    #77206
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
    Bog'liq
    qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
    Amaliy matematika, 1-Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usul-fayllar.org, Texnologlar uchun, 27-192 Макроиқтисодиёт-2, 48-maktab davomat 03.10, 2, application integration, 130465, 1, 30-Mavzu, i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6 (1), Makro va mikro iqtisodiyot.pdf. Xolmatov N.


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
    O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
    ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
    O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
    QIYOSIY
    ADABIYOTSHUNOSLIK
    Gulnoz Xalliyeva
    Toshkent
    «Akademnashr»
    2020


    3
    Qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar keng qamrovli tahlilni 
    amalga oshirishni taqozo etadi. E’tiboringizga havola qilinayotgan qo‘llanmada 
    qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid eng muhim ilmiy-nazariy tush-
    unchalar yoritilgan. Qo‘llanma filologiya yo‘nalishidagi barcha talaba, magistr 
    va tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.
    Mas’ul muharrir:
     B.Karimov – filologiya fanlari doktori, professor
    Taqrizchilar:
    A.Qosimov – filologiya fanlari doktori, professor
    U.Jo‘raqulov – filologiya fanlari doktori
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
    2019-yil 27-dekabrdagi 1186-son buyrug‘i bilan 5120900 – O‘zbek-ingliz 
    tarjima naza riyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘l-
    lanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
    ISBN
    © Gulnoz Xalliyeva
    «Qiyosiy adabiyotshunoslik»
    © «Akademnashr», 2020
    UO‘K:
    KBK:
    KIRISH
    Fanning maqsad va vazifalari
    Qiyosiy adabiyotshunoslik yoki adabiy komparativistika ikki 
    va undan ortiq adabiy hodisaning qiyoslanishiga asoslangan 
    fan yo‘nalishidir. Xalqaro ijtimoiy, madaniy va adabiy aloqalar 
    kundan kunga rivojlanayotgan zamonamizda qiyosiy adabiyot­
    shunoslik kelajagi yorug‘ fan yo‘nalishlaridan biridir.
    Har qanday qiyosiy tadqiqotda adabiy hodisalarning mush­
    tarak va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bu esa adabiyotlararo 
    umu miy nazariy qonuniyatlarning yuzaga kelishida asos bo‘ lib 
    xizmat qiladi.
    Fanning maqsadi talaba, magistr va barcha tadqiqotchilar­
    ga komparativistika, qiyosiy adabiyotshunoslik metodolo giyasi 
    haqida nazariy ma’lumotlarni yetkazish, badiiy asarlarni qiyosiy 
    tadqiq qilish usullarini tushuntirish, bu boradagi bilimlarini 
    takomillashtirishdir. Shuningdek, «…adabiy hodisalar (tasviriy 
    vositalar, badiiy asar, yozuvchilarning adabiy merosi, adabiy 
    maktablar, janrlar va h.k.)ning tipologik va genetik mohiyatini 
    aniqlash, tarixiy fenomen yoki konkret-tarixiy shartlanganligini 
    hisobga olmasdan, adabiy fakt sifatida adabiy hodisaga tegishli 
    bo‘lgan ichki qonuniyatlarini namoyon qilishdan iborat»
    1
    .

    Download 0.98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




    Download 0.98 Mb.
    Pdf ko'rish