• Xulosa ……………………………………………………………………...….…26 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .....…………….....................................…..27 KIRISH
  • Adobe photoshop dasturida internet uchun manbalar yaratish




    Download 0.71 Mb.
    bet1/7
    Sana15.04.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #196575
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ADOBE PHOTOSHOP DASTURIDA INTERNET UCHUN MANBALAR YARATISH (kurs ishi)
    vd rules uz, ELEKTRON RAQAMLI IMZO KALITI, O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsi, Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi tahrirlagichlar(dasturla, TABIIY FANLAR SHAKLLANISHINI ASOSIY BOSQICHLARI, BILGAMISH DOSTONINING TURKIY XALQLAR EPOSIGA MUNOSABATI, BILGAMISH, 1-kurs 023-13-guruh talabasi Yo’ldosheva Umida Bahodir qizi, Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe, Referat usti yangi



    ADOBE PHOTOSHOP DASTURIDA INTERNET UCHUN MANBALAR YARATISH


    MUNDARIJA
    KIRISH ………………………………………………………...…………………3
    I BOB Kompyuter grafikasi haqida tushuncha …………………………………....5

      1. Adobe Photoshop dasturi haqida ma`lumot……………………...............….7

      2. Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilish tarixi……………………….10

    II BOB. Adobe Photoshop dasturida internet uchun manbalar yaratish.………... 11
    2.1. Filtrlar bilan ishlash. Rasm tahrirlash ………………………..........................11
    2.2. Adobe Photoshopda matn bilan ishlash ……………………………………...22
    Xulosa ……………………………………………………………………...….…26
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .....…………….....................................…..27


    KIRISH
    Respublikamiz maktablari, o‘quv yurtlari va muassasalarini kompyuterlashtirish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Biroq davlat tilida yozilgan va informatika asoslariga doir adabiyotlar yetarli emas. Kam nusxadagi ayrim qo‘llanmalarni hisobga olmaganda, bu sohaga oid kitoblar deyarli yo‘q. Bu muammo, tabiiy, mavjud kompyuterlardan samarali foydalanishda, informatikaga va kompyuter grafikasiga oid bilimlarni keng omma orasida yoyishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Ayni paytda shuni tan olish lozimki, programmalashtirishga oid universal – maktab o‘quvchisidan aspirantgacha, muhandisdan hisobchigacha ma’qul bo‘ladigan kitob yaratish mushkul. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, kompyuter grafikasi bilan ishlashni o‘rganishni boshlagan foydalanuvchilar EHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o‘z bilimlarini mustaqil chuqurlashtira olmaydilar.[1]
    Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarning matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to‘g‘risidagi fan sifatida qaralishi mumkin. Kompyuter tasvirlariga bo‘lgan qiziqish ularda juda katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo‘lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.Kompyuter grafikasi mustaqil yo‘nalish sifatida XX asrning
    60-yillarida paydo bo‘ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‘sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko‘rinmas chiziqlarni o‘chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo‘nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga, ya’ni chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo‘naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va obyektlarni o‘rganishga qaratildi. Bu yo‘nalish uch o‘lchovli grafika 3D)
    nomi bilan ataladi. Uch o‘lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o‘lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishni talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, relyeflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog‘liq masalalarning paydo bo‘lishi uch o‘lchovli grafikaga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirdi.
    90-yillarda kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari ancha kengaydi, ya’ni uni keng tatbiq qilish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo‘nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Bu tamoyillarga ko‘ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‘ldi. EHMlar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta’minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarning quyidagi uchta guruhini ajratish mumkin:
    – kimyo, tibbiyot, astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko‘rgazmali namoyish etish;
    – harakatdagi holatlar tasawurini (imitatsiya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter o‘yinlari va boshqalar);
    – kino va televideniye uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar. [4]

    Download 0.71 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adobe photoshop dasturida internet uchun manbalar yaratish

    Download 0.71 Mb.