• Bug‘ va suv qaynatuvchi qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
  • Reja: Bug‘ va suv qaynatuvchi qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Siqilgan va




    Download 101 Kb.
    bet1/8
    Sana17.11.2023
    Hajmi101 Kb.
    #100471
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Energetik qurilmalarni texnik va texnalogik jihatlarni va mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlili haqida
    Inklyuziv ta’lim, abbos mustaqil ish raqamlar, Ishlab chiqarish va Xarajatlar, Algoritmlarni loyihalash laboratoriya uslubiy qo\'llanma tasdiqlash, zuhranafisa, adabiyotlar taxlili, bGTyD8Ncci3CxjHH19uRJ6rckdpQuX4K, 2- dedlineMIT., Atrof muhit, lecture2 (1), Uzb1Gulshanoy, тест, Chaqiruv qog`ozi-392211100794(2), Ingliz tili uz - 2021 Oliygoh.uz

    Energetik qurilmalarni texnik va texnalogik jihatlarni va mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlili haqida


    Reja:



    1. Bug‘ va suv qaynatuvchi qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi

    2. Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi

    3. Siqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalanishda xavfsizIik texnikasi

    Bug‘ va suv qaynatuvchi qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
    Ishlab chiqarishda binolarni isitish va ayrim texnologik jarayon-larni amalga oshirish maqsadida bug‘ va qaynoq suvdan keng foydalaniladi. Shuning uchun, turli xil quvvatdagi bug‘ va suv qayna-tish qozonlari ishlatiladi. Bunday qurilmalardan xavfsizlik qoidalari-ga to‘liq rioya qilinmay foydalanilgan vaqtlarda turli xil halokatlar yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bunday xavflar asosan quyidagi sabablar natijasida yuzaga keladi: saqlash va qurilmalarining nosoz-ligi oqibatida bosimning oshib ketishi, o‘z vaqtida texnik qarovdan va sinovdan o‘tkazilmaslik, qurilmalarni ishlashi vaqtida nazoratni уo‘qligi, qozonda suv sathining kamayishi, qozon tubida va devor-larida qasmoqlarni to‘planib qolishi, qozon devorlarini zanglashi va b.
    Ishlab chiqarish binolari ichiga o‘rnatilgan qozonlar (t- 100) V<100 shartga javob berishi zarur. Aholi yashash binolariga birikkan yoki yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish binolarida esa qozonxonalar devor bilan ajratilib, (t-100)≤5 shartga javob berishi lozim. Bu yerda, t – ish bosimidagi to‘yingan bug‘ harorati, oC; V – qozondagi bug‘ hajmi, m2.
    Bug‘ xonalari poli betondan bo‘lishi kerak, faqatgina vaqtincha foydalaniladigan bug‘ qozonlarida роl tuproqli bo‘lishi mumkin.
    Qattiq yoqilg‘ilar bug‘ xonalardan alohida yonmaydigan devorlar bilan ajratilgan xonalarda saqlanishi, suyuq yoqilg‘ilar esa bug‘ xonalardan tashqarida saqlanishi va ularning zaxira hajmi sutkalik sarfdan oshmasligi zarur.
    Barcha bug‘ qozonlari maxsus saqlash klapanlari bilan jihoz-lanishi shart. Bu klapanlar past bosimli qozonlarda ishchi bosimdan 0,01МРа oshganda, yuqori bosimli qozonlarda esa bosim ishchi bosimdan 3...10% oshganda avtomatik tarzda ishga tushishi kerak.
    Barcha bug‘ qozonlari ma’lum muddatda bosim ostida va gidravlik sinovdan o‘tkazilib turilishi shart. Sinovlar quyidagi hollarda va vaqtlarda o‘tkaziladi:

    • qayta o‘rnatilgan yoki boshqa joyga ko‘chirilgan hamda payvandlash, quvurlarni yoki ayrim elementlarni almashtirish bilan ta’mirlangan barcha qozonlarda ichki tekshiruv va gidravlik sinov o‘tkaziladi. Sinash bosimi zavod pasportida ko‘rsatilgan bosim ostida, lekin ish bosimidan kamida 1,5 barobar ko‘р va 200 kPa dan kam bo‘lmagan miqdorda tanlanadi;

    • qozonlar tozalangandan va ta’mirlangandan keyin ishchi bosimda, lekin kamida bir yilda bir marta ichki tekshiruv va gidravlik sinovdan o‘tkaziladi;

    • foydalanishdagi qozonlar sinash bosimida har 6 yilda bir marta gidravlik sinovdan o‘tkaziladi.

    Tekshirish va sinashni ushbu qozondan foydalanishga javobgar shaxs o‘tkazadi. Sinov va tekshirish vaqti hamda uning natijalari qozon pasportiga yozib qo‘yiladi.
    Yuqori bosimda ish1ovchi bug‘ qozon1arini
    «O‘zsanoat- kontexnazorat» xodimi qozonni foydalanishdagi javobgar shaxs bilan birgalikda o‘tkazadi.

    Download 101 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 101 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Bug‘ va suv qaynatuvchi qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Siqilgan va

    Download 101 Kb.