• Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
  • Reja: Bug‘ va suv qaynatuvchi qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Siqilgan va




    Download 101 Kb.
    bet2/8
    Sana17.11.2023
    Hajmi101 Kb.
    #100471
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Energetik qurilmalarni texnik va texnalogik jihatlarni va mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlili haqida

    Bunday qozonlar quyidagi vaqtlarda sinovdan o‘tkaziladi:

    • birlamchi

    • qayta o‘rnatilgan qozonlar uchun o‘tkaziladi;

    • davriy 4 yilda bir marta ichki tekshiruv va 8 yilda bir marta gidravlik sinov o‘tkaziladi.

    Bug‘ qozonlaridan foydalanish o‘ta xavfli ishlarga kirganligi sababli, unda ishlashga 18 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, maxsus dastur asosida o‘qib, imtihon topshirgan, guvohnomaga ega shaxslarga ruxsat etiladi. Ishga ruxsat etiladigan dastur asosida уo‘riqnomalar o‘tish, ularning bilimlarini sinab ko‘rish va qayta sinash ishlarini ma’muriyat bajaradi. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qayta sinov kamida bir yilda bir marta o‘tkaziladi.
    Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
    Ishlab chiqarish korxonalarida siqilgan havo, gaz, shuningdek, havo bosimli asbob-uskunalar keng ishlatiladi. Bunday asbob- uskunalarni ishga tushirishda yoki siqilgan havo hosil qilishda kompressorlardan foydalaniladi.
    Kompressorlar tuzilishi va ishlatilish xususiyatiga ko‘га ko‘chma va ko‘chmas bo‘ladi. Bosim ostida ishlovchi kompressorlar bilan ishlovchi ishchi maxsus kiyim-bosh, poyabzal, titrashga qarshi qo‘lqop va himoya kaskasiga o‘rnatilgan shovqindan asrovchi quloqchin («naushnik») bilan ta’minlangan hamda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitilib, уo‘riqnomalardan o‘tgan bo‘lishi lozim.
    Ishlab chiqarishda foydalaniladigan barcha kompressorlarda manometr o‘rnatilgan bo‘lishi hamda ular «Standartlash va o‘lchov asboblari qo‘mitasi» tomonidan har yili tekshirilib turilishi kerak. Kompressor detallarini yog‘lashda faqatgina zavod pasportida ko‘rsatilgan yog‘lash materiallaridan foydalanish talab etiladi. Boshqa yog‘lovchi materiallarni ishlatish taqiqlanadi.
    Ish boshlanishidan oldin, kompressorlarning barcha elementlarini yaxshilab ko‘zdan kechirish, bunda siqilgan havoni me’yoriy miqdordan ortib ketmasligini ta’minlab turuvchi аvtomatik qurilmalar va ortiqcha havoni chiqaruvchi klapanlarning o‘z o‘rnida bo‘lishi hamda ishchi holatda ekanligiga e’tibor berish kerak.
    Kompressor ishlayotganda so‘riladigan havo tarkibida zaharli, yengil yonuvchi va portlovchi gazlar hamda changlar bo‘lmasligi zarur. Kompressor yopiq binolarda ishlatilsa, xonaga havoning iflosla-nishini oldini oluvchi moslamalar o‘rnatilishi kerak. Agar ish davrida klapanlar, manometr va boshqa ishchi a’zolar yaxshi ishlamayotganligi aniqlansa, kompressor darhol ishdan to‘xtatilib tegishli ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi zarur. Kompressorning tegishli detallarida sinovdan o‘tganligi to‘g‘risida belgi yoki tamg‘alari bo‘lishi shart, aks holda, bunday kompressorlardan foydalanish taqiqlanadi.

    Download 101 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 101 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Bug‘ va suv qaynatuvchi qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Siqilgan va

    Download 101 Kb.