|
Siqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalanishda xavfsizIik texnikasi
|
bet | 3/8 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 101 Kb. | | #100471 |
Bog'liq Energetik qurilmalarni texnik va texnalogik jihatlarni va mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlili haqidaSiqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalanishda xavfsizIik texnikasi
Ishlab chiqarishda ko‘pgina texnologik jarayonlarni amalga oshirish maqsadida turli xil gazlardan, jumladan, kislorod, atsetilen, ammiak, propan-butan, is gazi kabilardan keng foydalaniladi. Ular maxsus metall ballonlarda yuqori bosimda saqlanadi. Ballonlarda kislorod – gaz holatida, is gazi, propan-butan aralashmasi va ammiak suyultirilgan holda, atsetilen aralashma holda bo‘ladi.
Barcha gazlar xavflilik darajasi va zaharliligi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
а) yonuvchi va portlovchi gazlar;
b) inert va yonmaydigan gazlar;
yong‘inni kuchaytiruvchi gazlar;
zararli gazlar.
Gaz ballonlari gazlarning turiga bog‘liq holda belgilangan ranglarga bo‘yalishi va ularga gazning tarkibi, ballonni sinalgan vaqti ko‘rsatilishi zarur.
Gaz ballonlarini to‘ldirish stansiyalaridan qabul qilib olishda, ularning nuqsonsiz ekanligini tekshirib ko‘rish kerak. Agar ballon jumragining rezbasi yeyilgan, chiqish teshiklari yaxshi bekilmagan, ballon devorlari ezilgan va unda yog‘ dog‘lari bo‘lsa, bunday ballonlarni olmaslik lozim. Ballondan yonuvchi yoki zaharli gaz chiqib turganligi qayd etilsa, bunday bаllоп tezda xavfsiz joyga olinib, tegishli tadbirlar amalga oshirilishi zarur.
Ishlab chiqarishda bаllonlarni maxsus aravalarda tashish lozim. Qish vaqtlarida ballonlarning reduktorlari muzlab ochilmay qolsa, masalan, kislorod ballonini qaynoq suvda namlangan toza latta bilan ochish mumkin. Gaz ballonlari reduktorini ochiq olov bilan qizdirib ochish taqiqlanadi. Reduktorlarda har bir gazning o‘ziga mo‘ljallangan manometrlar bo‘lishi va unda gaz nomi yozilishi shart.
Yuk ko‘tarish mexanizmlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
Xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlarida turli xil yuk ko‘tarish mexanizmlaridan, jumladan, oddiy chig‘iriqlardan tortib yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan kranlardan foydalaniladi.
Yuk ko‘tarish mexanizntlaridan xavfsiz foydalanish qoidalarini «O‘zsanoatkontexnazorat» Davlat qo‘mitasi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Ular ish joyida o‘rnatilgan davlat energetika nazorati tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Barcha turdagi yuk ko‘tarish mexanizmlari belgilangan muddatda tegishli sinov va tekshirishlardan o‘tkazilib turilishi kerak. Texnik tekshiruv har 12 oyda bir marta, navbatdan tashqari tekshirish esa kapital ta’mirlash yoki yuk ko‘tarish mexanizmlari boshqa joyga ko‘chirilganda o‘tkazilishi lozim.
|
| |