|
Quduqlardan vintli elektr nasoslar va gidroporshenli nasoslar yordamida foydalanish xavfsizlik texnikasi
|
bet | 7/8 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 101 Kb. | | #100471 |
Bog'liq Energetik qurilmalarni texnik va texnalogik jihatlarni va mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlili haqidaQuduqlardan vintli elektr nasoslar va gidroporshenli nasoslar yordamida foydalanish xavfsizlik texnikasi
Vintli elektr nasoslar, markazdan qochma nasoslar va porshenli nasoslarni o‘rnatish, qismlarga ajratish, ta’mirlash, texnik qarov o‘tkazish ishlarini elektr-texnik xodimlar bajarishi kerak.
Elektr-texnik bo‘lmagan xodimlarga (operator, master va b.) faqat nasoslarni ishga tushirish va to‘xtatish ishlarini bajarishga ruxsat etiladi.
Kabel g‘ildiraklari machtalar oyog‘iga xomutlar bilan birkitilgan kronshteynlarga zanjirlar yoki maxsus рo‘lat arqon bilan osiladi. Kabel g‘ildiragini yengil, mayda teshikchali («penka») arqonlarga yoki рo‘lat arqon ilgagiga osish taqiqlanadi.
G‘ildirak orqali o‘tkazilgan kabellar tushirish-ko‘tarish jarayonlarida minora, machta va uchoyoqlarning elementlariga ilinib yoki o‘ralib qolmasligi zarur.
Кo‘tarish-tushirish jarayonlarida kabelni ushlab turish uchun minora yoki machtaning oyog‘iga metall ilgak o‘rnatilishi kerak.
Quduqqa cho‘kma, vintli va markazdan qochma nasoslarni tu- shirish yoki ko‘tarish tezligi 0,25 m/sek. dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Nasoslarni quduqqa tushirish yoki ko‘tarish vaqtida elevator ta’sirida kabelga shikast yetmasligi uchun quduq og‘ziga maxsus moslama o‘rnatilishi lozim. Elektr nasoslarini sinab ko‘rish vaqtida kabelga teginish taqiqlanadi.
Kabelni barabanga o‘ralishi yoki undan yechilishi mexaniza-tsiyalashgan bo‘lishi zarur. Kabelni (baraban bilan birga), elek- trodvigatelni, nasosni va protektorni transport vositasiga yuklash hamda tushirish ishlari to‘liq mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. Kabelni barabansiz tashish taqiqlanadi.
Quduqlarni ta’mirlashda kabel barabani ishchining ko‘rish chegarasida bo‘lishi lozim. Baraban, kabel g‘ildiragi va quduq og‘zi bitta vertikal tekislikda joylashishi kerak. Kechki ish smenalarida bаrаbаn sun’iy yoritilishi zarur.
Gidroporshenli nasos stansiyalari shamol уo‘nalishini hisobga olgan holda qurilishi kerak. Nasos stansiyasi, o‘lchov sig‘imi va quduq og‘zi orasidagi masofalar yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq javob berishi lozim. Gidroporshenli nasos stansiyasi tabiiy shamollatish qurilmasiga ega bo‘lishi kerak. Quduq og‘zidagi bosim quvurlariga manometr o‘rnatilishi, nasos elektrkontaktli manometr hamda saqlash klapanlari bilan jihozlanishi shart. Saqlash klapani-ning chiqarish qismi nasosning qabul qilish kanali tomoniga birik-tirilishi lozim. Elektrkontakt manometr va saqlash klapanlari texnik pasportda ko‘rsatilgan muddatlarda tekshirilib, sinalib turilishi zarur.
Gidroporshen qurilmalarini ishga tushirishdan oldin nasosning bosim liniyasi ishchi bosimdan l,5 marta ortiq bosimda sinab ko‘rilishi kerak.
|
| |