• Quduqlardan tebranma-stanoklar yordamida foydalanish xavfsizlik texnikasi
  • Havo kompressor stansiyalari va qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi




    Download 101 Kb.
    bet6/8
    Sana17.11.2023
    Hajmi101 Kb.
    #100471
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Energetik qurilmalarni texnik va texnalogik jihatlarni va mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlili haqida

    Havo kompressor stansiyalari va qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
    Наvо kompressor stansiyalari va qurilmalarini «Statsionar kompressor qurilmalari, havo qurilmalari va gaz quvurlarini o‘rnatish hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari»ga qat'iy rioya qilgan holda ishlatish zarur.
    Kompressorlarning chiqarish quvurlaridan taqsimlovchi moslamalargacha va havo taqsimlovchi moslama oldida аvtomatik «purkovchi» yog‘ ajratgichlar o‘rnatilishi lozim. Purkash liniyasi qish vaqtlarida isitilishshi kerak. Yog‘ ajratgichlar va oraliq muzlatgichlar kamida ikki soatda bir marta siqilgan havo bilan tozalanib turilishi zarur. Наvо quvuri bilan yog‘ ajratgich hamda taqsimlovchi moslama orasida teskari klapan o‘rnatilishi va и yog‘ning yig‘ilib qolishini oldini olish uchun xizmat qilishi zarur.
    Kompressorning havo qabul qilish bo‘g‘ziga kamida 3 m. balandlikda havoni mexanik iflosliklardan tozalovchi filtr o‘rna-tilishi lozim. Kompressorning havo qabul qilish joyi kompressor binosidan tashqarida va u рапjаrа bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
    Наvо kompressori quvuriga gaz yoki neft kirish xavfi tug‘ilganda darhol ishdan to‘xtatilishi shart. Taqsimlash moslama-sidan yog‘ ajratgich yoki seporatorgacha bo‘lgan umumiy quvurda zulfin o‘rnatilishi lozim. Kompressor stansiyalari va taqsimlash moslamalarini bosim ostida ta’mirlash taqiqlanadi.
    Yangi foydalanishga topshiriladigan kompressor stansiyalari va ta’mirlangan kompressor stansiyalarining ichki quvurlari hamda stansiyadan havo taqsimlovchi budkagacha bo‘lgan quvurlar va armaturalar ishchi bosimning 1,25 miqdoridagi bosim bilan mustahkamligi gidravlik sinovdan o‘tkazilishi kerak.
    Наvо kompressor stansiyalari har besh soatda sulfonolning suv-dagi eritmasi bilan yog‘ qoldiqlaridan yuvib tozalanib turilishi zarur.


    Quduqlardan tebranma-stanoklar yordamida foydalanish xavfsizlik texnikasi
    Tebranma-stanoklarni o‘rnatishda uning barcha harakatlanuvchi detallarini minora yoki machtaga, poydevor yoki yerga tegib ishqalanilishining oldi olinishi lozim.
    Tebranma-stanoklarning elektr yuritmalari va tormoz qurilmalari maxsus to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi zarur.
    Quduqdan gaz namunasini tekshirish uchun olish va tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida uning og‘ziga maxsus armatura o‘rnatilishi kerak.
    Quduq og‘zi salnigining yuqori yoni balandligi yer sathidan 1 m. dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
    Balansirning eng pastki holatida salnikli shtok ilgagining («podveska») traversasi yoki shtanga ushlagich va quduq og‘zi salnigi orasidagi masofa 20 sm. dan kam bo‘masligi kerak.
    Krivoship - shatun mexanizmi va salnikli shtok birlashtirilgach tebranma-stanok posangisi balansirga o‘rnatilishi lozim.
    Balansirlar posangisining har bir seksiyasini og‘irligi 40 kg. dan ortiq bo‘lmasligi va ular mustahkam qilib berkitilishi kerak.
    Ilgakni salnikli shtok bilan birlashtirish maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi zarur.
    Reduktor shkivini qo‘l bilan aylantirish yoki uni truba, lom kabilar bilan to‘xtatish taqiqlanadi.
    Tebranma-stanokni ishga tushirishdan oldin stanok reduktorini tormozlanmaganligini va unda to‘siqlar o‘rnatilganini hamda xavfli zonalarda odamlar уo‘qligini tekshirish lozim.



    Download 101 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 101 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Havo kompressor stansiyalari va qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi

    Download 101 Kb.