Akt sohasidagi islohotlar: natija va maqsadlar




Download 16,24 Kb.
bet1/2
Sana16.05.2024
Hajmi16,24 Kb.
#238934
  1   2
Bog'liq
AT sohasidagi yangiliklar
2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari, 6-SINF Matematika, 3- amaliy ish Mavzu Riskni “Sabab-oqibat” usuli yordamida tahli, 4-Amaliy ish, Суровнома бланка лотинча (3), Mavzu Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlar, miqdorlarni o\'qitish, web saytni ishlab chiqish, shablon, Annotatsiya, Biznes reja, Esse, MUTAXASSISLIK BO\'YICHA TAQDIMOT, TAQRIZ VA TEZIS

AKT Sohasidagi islohotlar: natija va maqsadlar
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, AKTdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, soha bilan mashg‘ul yoshlar kontingentini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega.
 Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aynan shu mezonlar asosida o‘z faoliyatini davom ettirib, bir qancha zarur vazifalarni belgilab oldi.
Raqamli iqtisodiyot izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yaratishdir. Bu bo‘yicha O‘zbekistonda bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi. 2020 yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 68,6 ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil birinchi chorakda esa 81,7 ming kilometrga yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar ushbu ko‘rsatkichni 118,6 ming kilometrgacha yetkazish rejalashtirilgan.
bugungi kunda 1 millionta internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021 yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha oshiriladi. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan 2021 yil 1 yanvardan transport kanallarini ijaraga berish xizmati joriy narxi 2 barobarga arzonlashtirildi.
2020 yilda respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil birinchi chorakda 945 ta baza stansiyasi ishga tushirilib, hozir jami 32,68 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida mobil internet xizmatlari narxlarini yanada arzonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, 2019-2020 yillarda operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga 2021 yil yanvardan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan 1 Megabit/s tezlikdagi kanal narxi 2 barobarga arzonlashtirildi va hozirgi kunda ushbu xizmat narxi 40 ming so‘m etib belgilangan. Bu, o‘z navbatida, operator va provayderlarning respublikamizning chekka hududlarida faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Joriy yil maydan ushbu xizmat narxi yana 30 foizga arzonlashtirilmoqda.
Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni xalqaro portallar ham e’tirof etmoqda. Misol uchun, Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatimiz ko‘rsatkichlari 33 pog‘onaga ko‘tarildi. Ta’kidlab o‘tish joizki, 2020 fevral oyida ushbu saytda (https://www.cable.co.uk/) mobil internet narxi arzonligi bo‘yicha ro‘yxatda O‘zbekiston 54-o‘rinni egallagan edi.
Mamlakatimizda ijtimoiy soha ob’ektlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash doirasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 9 ming 347 ta xalq ta’limi, 5 ming 625 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va 3 ming 401 ta sog‘liqni saqlash ob’ektiga jami 18 ming 373 kilometr optik tolali aloqa liniyalari yetkazilib, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.

Download 16,24 Kb.
  1   2




Download 16,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akt sohasidagi islohotlar: natija va maqsadlar

Download 16,24 Kb.