JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–36_Issue-1_September_2023
90
AGROKLASTERLAR FAOLIYATI BO‘YICHA ILG‘OR DAVLATLAR
TAJRIBALARI VA ULARNI AMALIYOTDA QO‘LLASH
IMKONIYATLARI
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
Salomov Bekzodjon Ilxomjon o‘g‘li
Annotatsiya. Ushbu maqolada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va innovasion
rivojlanishini kuchaytirish yo'nalishlaridan biri bo'lgan agrar tarmoqda klasterlarni
rivojlantirish bo'yicha mavjud bir qator xorijiy tajribalar keltirilgan. Hamda xorijiy
mamlakatlar tajribasini o'rganish, uning ijobiy jihatlaridan foydalanish va
agroklasterlarni rivojlantirish omillari haqida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: agroklaster, innovatsion, texnologiya, model, klasteri, eksport,
raqobatbardosh, instrument, agrosanoat, kooperatsiya, kontsentratsiyalash.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha tarmoqlari kabi, qishloq xo‘jaligida ham
chuqur tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda, hozirgi murakkab va
qaltis davr dunyo miqyosida agrar sohaning hal qiluvchi o‘rni va ahamiyatini yana bir
bor yaqqol ko‘rsatib bermoqda. Mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib,
aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, sohada yangi ish
o‘rinlari yaratish, manfaatdorlikni yanada oshirish eng muhim masalaga aylanmoqda.
Shu maqsadda bugungi kunda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy
samaradorligini oshirish, qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash,
manfaatdorligini ta’minlash masalalari bevosita qishloq xo‘jaligini boshqarishning
zamonaviy usuli — klasterlar tizimi bilan bog‘liq.
Agroklasterning iqtisodiy mohiyati, tashkil etish zaruriyati va rivojlantirish
tamoyillari, shart-sharoitlari, bosqichlari va samaradorligini aniqlashga oid nazariy
qarashlarni o‘rganish asosida takomillashtirish, uning umumiy xususiyatlarini
tizimlashtirish asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini
ishlab chiqish muhim vazifa hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida klasterlarning o’rni behisob bo’lganligini inobatga olgan
holda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va
saqlash,
tarmoq
samaradorligini
oshirish,
agrosanoat
istiqbollari,
meva-
sabzavotchilikda agroklasterlarni tashkil etishda, rivojlangan mamlakatlarning
tajribalarini o’rganish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq.
Ekspertlar hisob-kitoblariga koʻra, bugungi kunda dunyodagi ilgʻor davlatlar
iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga oʻtgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2
mingdan ziyod klasterlar mavjud boʻlib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab
olingan. Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida toʻliq klaster usuli tatbiq
|