|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 90-96-1JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–36_Issue-1_September_2023
95
shu holat klaster qatnashchilariga muayyan xavf-xatarni mustaqil, yaʼni bozorda
mustaqil harakat qilish, yangi tovarlar, yangi texnologiyalar va boshqalarni mustaqil
o‘zlashtirish qobiliyatining qisman yo‘qotishiga olib keladi.
Shuni inobatga olgan holda so‘nggi o‘n yilliklarda qator mamlakatlarda samarali
klaster strategiyalari muhim ahamiyat kasb eta boshladi, ular jahon bozorida o‘zining
kuch-qudratini va raqobatbardoshligini isbotlagan ish borasidagi faollik markazlarida
qurila boshladi. Hukumatlar o‘zlarining urunishlarini mavjud klasterlarni qo‘llab-
quvvatlashda va ilgari o‘zaro aloqa qilmagan kompaniyalarning yangi tarmoqlarini
bunyod etishda jamlaydilar. Bunda davlat nafaqat klasterlarning shakllanishiga
ko‘maklashadi, balki uning o‘zi ham tarmoqlarning ishtirokchisiga aylanadi.
Klasterli strategiyalarlardan Yevropa mamlakatlarida keng foydalaniladi.
Masalan, Germaniyada 1995-yildan boshlab biotexnologik klasterlarni tashkil etish
dasturi Bioregio faoliyat ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniyada biotexnologik firmalar
joylashtiriladigan asosiy minataqalar sifatida Edinburg, Oksford va Janubi-sharqiy
Аngliyaning atrofidagi tumanlarni belgilab qo‘ygan. Norvegiyada hukumat “dengiz
xo‘jaligi” klasterida firmalar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantiradi. Finlandiyada
o‘rmon sanoati klasteri rivojlangan bo‘lib, unga yog‘och va yog‘och mahsulotlarini
qog‘oz, mebel, poligrafiya va u bilan bog‘liq uskunalarni ishlab chiqarish korxonalari
kiradi. Bilimlarni tarqatishda ushbu klasterga kiruvchi firmalarning o‘zaro uzviy
taʼsirlashuvi savdo bo‘yicha asosiy raqiblarning oldida ularning raqobat ustunligini
taʼminlaydi. Ekspertlarning baholariga ko‘ra, Finlyandiya ham tadqiqotlar, ham
texnologiyalarni kooperatsiyalashuvi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Shunday qilib, yondashuvlarning turlicha bo‘lishiga qaramasdan Yevropa
mamlakatlarining ko‘pchiligi klasterning u yoki bu strategiyasini ishlab chiqqan.
Bunday strategiyani eng ochiq tarzda amalga oshirayotgan mamlakatlar qatoriga
Daniya, Niderlandiya, Belgiyaning Flamand hududi, Kvebek (Kanada), Finlyandiya
hamda Janubiy Аfrikani kiritish mumkin. Fransiya va Italiyada boshqa nom bilan
(raqobatbardoshlik qutblari) o‘ziga xos klaster strategiyasi amal qilmoqda.
Hozirgi vaqtda ekspertlar tomonidan klasterlarning 7 ta asosiy tavsiflari
taʼriflangan bo‘lib, u yoki bu strategiyani tanlash shu tavsiflarning almashinuvlariga
asoslanadi:
–
geografik tavsifdagi: iqtisodiy faollikning faqat mahalliy (masalan,
Niderlandiyadagi bog‘dorchilik klasteri)dan tortib asl global (aerokosmik) klasterlarga
bo‘lgan fazoviy klasterlarni bunyod etish;
–
gorizontal: bir qancha tarmoqlar yoki sektorlar yirikroq klasterga kirishlari
mumkin (masalan, Niderlandiya iqtisodiyotidagi megaklasterlar tizimi);
–
vertikal tavsifli: klasterlarda ishlab chiqarish jarayonlarining yondosh
bosqichlari qatnashishi mumkin, bunda tarmoq ishtirokchilaridan aynan kim klaster
doirasidagi innovatsiyalarning tashabbuskori va pirovard ishtirokchisi ekanligi
|
| |