JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 383,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana11.01.2024
Hajmi383,9 Kb.
#134589
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
90-96-1

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–36_Issue-1_September_2023 
91 
qilingan. AQSHda esa mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu 
tizimda ishlab, ular tomonidan tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 
foizini tashkil qiladi. 
Germaniyalik mutaxassislar fikricha, aynan klaster kelajakdagi kuchli, murosasiz 
raqobat muhitida yutib chiqishning eng oqilona yoʻlidir. Zero, bunday mexanizm har 
qanday sharoitga moslasha oladi, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik 
bilan samarali yechib beradi, nafaqat muayyan hudud, balki davlatning xalqaro 
maydondagi raqobatdoshligini mustahkamlaydi, nufuzini oshiradi. Qolaversa, 
innovatsion iqtisodiyotga oʻtishning muhim bosqichi hisoblangan ushbu tizim ilm-fan, 
taʼlim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, yangi innovatsion 
texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga xizmat qiladi. 
Shu bilan birga, jahon tajribasida klasterlarning shakllanish maqsadiga ko‘ra oltita 
modeli mavjud: 
 
Italiya modeli – kichik firmalarning katta assotsiatsiyalar bilan 
raqobatbardoshligini oshirish uchun o‘zaro birlashishi; 
 
Yaponiya modeli – ko‘plab yetkazib beruvchilarning integratsiyalashgan 
yirik yetakchi firma atrofida shakllanadigan ishlab chiqarish zanjiri. Bu model 
texnologik jihatdan murakkab mahsulotlar ishlab chiqirishga qaratilgan; 
 
Finlyandiya modeli – yuqori texnologiyali innovatsiyalarni joriy etish, 
ishlab chiqarishni ta’lim va tadqiqot bilan integratsiya qilish, korxonalarni 
milliylashtirish maqsadida biznes va institutlar birlashuvi. Bu model tabiiy resurslari 
ko‘p bo‘lmagan kichikroq mamlakatlar uchun mos keladi; 
 
Shimoliy Amerika modeli – korxonalar o‘rtasidagi aniq raqobat bilan 
tavsiflanib, ishlab chiqarish jarayonida yaqin aloqalarni o‘rnatishni nazarda tutmaydi. 
Bu model klasterdagi yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat tufayli, shuningdek, 
ommaviy ishlab chiqarish tufayli bosh kompaniya yakuniy mahsulotning past narxiga 
erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi; 
 
Hind-Xitoy modeli – bu modelda davlat asosiy rol o‘ynaydi. Asosiy 
e’tibor chet el investitsiyalariga qaratilgan bo‘lib, ular zamonaviy texnologiyalarni olib 
kelinishini va davlatning jahon bozorlariga chiqishini ta’minlaydi; 
 
Sobiq Ittifoq modeli – bozor munosabatlari va raqobat minimallashtirilgan 
holda, ishlab chiqarish yirik firmalarda to‘planadi. Bu model aholi zichligi past va kam 
rivojlangan mintaqalarning sanoatida qo‘llaniladi. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, klasterlar faoliyatini 
innovatsion qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni innovatsiya maktablari, institutlar, 
markazlar va boshqa shu kabi muassasalar bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlanadi. Bu esa, 
klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda innovatsiyani joriy 
etish, shuningdek, mamlakatning jahon bozoriga chiqishida raqobatbardoshligiga olib 
keladi. Xususan, Finlyandiyada innovatsiyani klasterlar bilan integratsiyasini 



Download 383,9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 383,9 Kb.
Pdf ko'rish