JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 383,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana11.01.2024
Hajmi383,9 Kb.
#134589
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
90-96-1

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–36_Issue-1_September_2023 
92 
ta’minlash maqsadida, bir qancha tadqiqot muassasalari tuzilgan. 
Milliy iqtisodiyotimizda klasterlarni rivojlantirishning xorijiy tajribalari va 
ularning ilg‘or yutuqlaridan foydalanish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Misol uchun, Janubiy 
Koreyada agroklasterlarni rivojlantirish zaruriyati asosan quyidagi omillar bilan 
belgilanganligini ta’kidlagan holda O‘zbekiston sharoitida ham ularni inobatga olish 
mumkin
1
. Jumladan:

qishloq xo‘jaligiga davlatning amaliy yordami va qo‘llab-quvvatlashi hamda 
islohotlarni amalga oshirishda yetakchiligi; 

tarixiy va milliy an’analardan foydalanib, ularni saqlab qolish, 
zamonaviylashtirish asosida yangi yo‘nalishlar, masalan agroturizm, mehmonxona 
xizmati kabilarni shakllantirish;

hududiy ixtisoslashuv, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini 
oshirish va rivojlanish barqarorligini ta’minlash;

davlat – universitet – ilmiy-tadqiqot – fermer – qayta ishlash – biznesning 
birgalikda faoliyat yuritishining o‘zaro mutanosibligini ta’minlash mexanizmi;

olimlar mavqei va ilmiy-tadqiqot natijalarining samarali ekanligi hamda ularni 
qo‘llab-quvvatlashning davlat siyosati darajasidagi mavqeining yuqoriligi; 

yuqori innovatsiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga ustuvorlik 
berilishi va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmining 
shakllanganligi;

marketing tizimi rivojlanganligi, inson kapitaliga munosabatning yuqoriligi va 
uni qishloqda rivojlantirishga ustuvorlik berilishi.
Jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonlarini globalashuvi va chuqurlashuvi 
agrobiznesni ichki kuchli va zaif tomonlarini ham, uning bozordagi tashqi 
imkoniyatlari va xavf-xatarlarini ham har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo 
etmoqda. Аynan ana shu imkoniyatlardan biri agrosanoat guruhini klaster modeli 
bo‘yicha tashkil etishdir.
Klaster modeli jahon amaliyotida iqtisodiy guruhni, mintaqani, butun mamlakatni 
raqobatbardoshliligini ko‘tarish instrumenti sifatida keng qo‘llaniladi. Klaster 
modelini asosiy belgilari:
- guruhni tashqi bozordagi ulushini oshirish imkoniyatiga egaligi;
- joylashgan hududda qulay sharoitlar (xomashyo, malakali personal, 
infrastruktura, o‘quv markazlar, ilmiy muassasalar va boshqalar)ni mavjudligi;
- guruhni davlat tomonidan kuchli qo‘llash evaziga qatnashuvchilarning guruhda 
samarali ishtirok etish imkoniyatlarini kengligi va boshqalar. 
Qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni 
ko‘rsatadiki, agrosanoat klasterlari faoliyati qonun (normativ-huquqiy hujjat) bilan 
1
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti: Darslik / R.X.Ergashev, Sh.Sh.Fayziyeva, S.N.Xamrayeva; – T.: ―Iqtisod-Moliya, 
2018. 



Download 383,9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 383,9 Kb.
Pdf ko'rish