JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 383,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana11.01.2024
Hajmi383,9 Kb.
#134589
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
90-96-1

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–36_Issue-1_September_2023 
94 
bilan jahon bozorida o‘z ulushini oshirishga dadil qadam qo‘ydi. Shu maqsadda 
vinochilik klasteri tuzildi. Uning tarkibiga tarmoq ichidagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq 
uyushmalar, taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari va agentliklar, ilmiy-tadqiqot 
markazlari, tarmoq ommaviy axborot vositalari kiradi. Yevropalik taniqli investorlar 
mamlakatga o‘z sarmoyalari, yangi texnologiyalari, mahsulotni marketingi va 
eksportga jo‘natish imkoniyatlari bilan qaytib kelishdi. Natijada vino eksporti bo‘yicha 
Chili jahon bozorida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. 
Rossiyada ham iqtisodiyotni barcha sohalarida, shu jumladan, agrosanoat 
kompleksida, klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha 200 dan ko‘p 
loyihalar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi 2008-yilda qabul qilgan 
“Hududiy-sanoat klasterlarini rivojlantirish Konsepsiyasi” uch blokdan iborat:
1) 
klasterlarni institutsional taraqqiyotiga yordam berish; 
2) 
klasterda qatnashuvchilarni raqobatbardoshliligini ko‘tarish; 
3) 
klasterlarni taraqqiyot etishi uchun qulay sharoitlarni yaratish.
Klasterlar Buyuk Britaniya, Gollandiya, Germaniya, АQSh, Daniya, Fransiya, 
Italiya, Finlandiya, Hindistonda yaxshi rivojlangan. Daniya, Finlandiya, Shvetsiya 
sanoatini klasterlar to‘la egallagan. 
Klaster tuzilmalari Shvetsariya, Аvstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Janubiy 
Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiya davlatlari yengil sanoatida, Germaniyada kimyo 
va mashinasozlik, Fransiyada oziq-ovqat va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli 
ishlamoqda. Klasterlarni shakllantirish jarayoni Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy, 
Singapur, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. 
Klasterlarning shakllanishi va rivojlanishida qoida boʼyicha bir-birini 
toʼldiradigan strategiyalardan foydalanilmoqda. Vaqti kelib klasterlarning faoliyati 
tashqi resurslarni, yirik kapital qo‘yilmalarini va boshqaruv organlarining alohida 
eʼtiborini jalb qilishlariga sabab bo‘ladi. Klasterning markazi sifatida odatda qudratli 
kompaniyalar chiqadi, bunda ular orasida raqobatchilik munosabatlari saqlanib qolishi 
mumkin. Klaster shunisi bilan kartel yoki moliyaviy-sanoat guruhlaridan farq qiladi. 
Raqobatchilar, xaridorlar va yetkazib beruvchilarni tizimli holda tashkillashtirish 
ishlab chiqarishning samarali tarzda ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuviga 
ko‘maklashadi. Bunda klaster ko‘pchilik kichik korxonalarni ish bilan taʼminlay oladi. 
Klaster shaklida tashkil etish innovatsiyalarning o‘ziga xos shaklining jami 
innovatsion mahsulotning yaratilishiga olib keladi, chunki xilma-xil ilmiy va 
texnologik yangiliklarning o‘z-o‘zidan kontsentratsiyalashuvi yangi bilim va 
texnologiyalarning tarqalishi va ro‘yobga chiqishning optimal tizimi bilan 
almashinadi. Klasterning qatnashchilari o‘rtasida barqaror aloqalarning shakllanishi 
tufayli ixtirolar, yangi ishlanmalar va texnologiyalarning innovatsiyalarga, 
innovatsiyalarning esa raqobat borasidagi ustunliklarga aylanishi ro‘y beradi. 
Shu aniqki, klasterdagi hamkorlik tobora manfaatli bo‘lib boradi, ammo aynan 



Download 383,9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 383,9 Kb.
Pdf ko'rish