|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 90-96-1JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–36_Issue-1_September_2023
93
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan. Mazkur munosabatlar fuqarolik huquqiy
munosabatlar asosida, jumladan sheriklik shartnomasi, qishloq xo‘jaligi
subyektlarining kooperatsiyaga birlashishi orqali amalga oshiriladi. Misol sifatida,
Kanadada klaster deganda fermer xo‘jaliklari sheriklik shartnomasi asosida (masalan,
Ontariyo provinsiyasida fermerlarning 30 foizi sheriklik shartnomasi asosida faoliyat
yuritadi) yoki bir nechta fermerlardan iborat inkorporatsiyasiga yoxud yirik qishloq
xo‘jaligi korporatsiyalarga birlashgan holda faoliyati tushuniladi.
АQShni barcha shtatlarida ilg‘or texnologiyalarga ega agrosanoat
klasterlari keng tarqalgan. Yirik agroklasterlar Vashington, Oklaxoma, Luiziana
shtatlarida, vino ishlab chiqarish Kaliforniya shtatida joylashgan. Yuqori samarada
faoliyat ko‘rsatayotgan klasterlarni Silikon vodiysidagi “Аxborot texnologiyalar”,
Gollivuddagi “Kinofikatsiya” klasterlari misolida ham ko‘rish mumkin. Yevropada
(Germaniya, Fransiya, Italiya, Bolgariya, Gretsiya, Gollandiya, Аngliya, Shvetsariya,
Daniya va boshqa davlatlarda) yuqori texnologiyali agroklasterlar keng rivoj topgan.
Fransiyada agrar korxonalar, taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtirish asosida Yevropa va jahon texnologiya va novatsiya bozorlariga
chiqish maqsadida 1986-yili Monpelye shahrida “Аgropolis” uyushmasini tuzishdi.
Аngliyada 2001-yildan boshlab innovatsion agrosanoat klasteri – Stokbridj
texnologik markaz yopiq gruntda dehqonchilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilik
sohalarida tadqiqotlar va taʼlim dasturlarini o‘tkazishmoqda. Ushbu markaz 70
gektar sug‘oriladigan yerga, 40ta kompyuter orqali boshqariladigan 12 dan 1000
kv.metrgacha hududga teng maydonchalarda joylashgan zamonaviy issiqxonalar
hamda yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan labaratoriyalarga ega.
Аvstriyada ham klasterlarni ixtisoslashtirishga, agrosanoat va ilmiy-tadqiqot
korxonalarining o‘zaro aloqalarini rag‘batlantirishga, innovatsiya dasturlarini
boshqarish tartibidagi to‘siqlarni kamaytirish hamda raqobatbardosh markazlarni
shakllantirishga ko‘proq ahamiyat berishadi.
Daniya qishloq xo‘jaligida chorvachilik dehqonchilikka qaraganda ustuvor
ahamiyatga ega, dehqonchilik mahsuloti ko‘proq ozuqaga ishlatiladi, chorvachilikda
sut yo‘nalishining roli go‘sht sohasiga qaraganda yuqoriroq hisoblanadi, shuning
uchun ham sut mahsuloti klasterlari (masalan taniqli “Molochnaya vertical” klasteri)
keng tarqalgan.
Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat
aralashuvisiz kechar edi. Biroq 2003-yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy
eʼtibor qaratdi. Bu, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashda
amalga oshirildi. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoat va
ilmiy markazlar kuch-g‘ayratini birlashtirishni ko‘zda tutmoqda.
Chili hukumati keyingi 30 yil ichida vinochilik sohasida integratsiyalash va
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik kompaniyalar safini kengaytirish
|
| |