• Elektr stansiyasi Elektr stansiyasi
  • Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr sxemalari. Reja: Elektr stansiyasi haqida Elektrostansiya turlari




    Download 69.62 Kb.
    bet1/4
    Sana26.02.2024
    Hajmi69.62 Kb.
    #162567
      1   2   3   4
    Bog'liq
    7.Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr sxemalari
    Wat\'s The Weather Like, TAQDIMOT 1, mustaqil ish beti, 24-dars-Qattiq-jism, pythonDeD, индивидуал йохиха Автосохраненный, Reja Kompyuterning buyruqlar tizimi Buyruqlar turlari va format

    Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr sxemalari.


    Reja:


    1. Elektr stansiyasi haqida
    2. Elektrostansiya turlari
    3.Elektr stansiyalariga oid qurilmalar
    4. Komplekt taqsimlash qurilmalari
    5. Podstansiyalar montaji
    Xulosa
    Adabiyotlar

    Elektr stansiyasi
    Elektr stansiyasi — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr stansi yalari va gelioenergetika stansiyalari issiqlik elektr stansiyasi jumlasiga kiradi.
    Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi (qarang Geotermal resurslar). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.
    Issiqlik Elektr stansiyasi elektr energetikaning asosi hisoblanadi. Birinchi qudratli elektr st-ya birlamchi energiya manbalari yaqiniga qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq isteʼmolchilarga faqat uch fazali oʻzgaruvchan tok asosidagina uzatish mumkin. Shunday elektr st-yalarning birinchisi 1891-yil M. O. Dolivo-Dobrovolʼskiy tomonidan Laufen shahri (Germaniya)da qurilgan. U suv turbinasining quvvati 300 o.k.ga teng gidroelektr st-ya boʻlgan. Oʻzbekistonda 20asr 10- yillarida barcha elektr st-yalarning umumiy quvvati 3000 kVt dan oshiqroq edi. 1920—30- yillarda Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqalar shaharlarda yirik dizel elektr st-yalari qurildi. Oʻzbekistonda qurilgan birinchi gidroelektr st-ya — Boʻzsuv 1 1926-yil 1 mayda ishga tushirilgan. Keyinchalik birinketin GESlar va IES lari qurilgan.
    Oʻzbekistonda 20 ta issiqlik va 27 ta gidroelektr st-yalari bor; ular yiliga 52 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi (2005) (qarang Energetika).

    Download 69.62 Kb.
      1   2   3   4




    Download 69.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr sxemalari. Reja: Elektr stansiyasi haqida Elektrostansiya turlari

    Download 69.62 Kb.