|
Algoritm tahlilining asoslari. Algoritmlar va uning xususiyatlari. Rekursiv algoritmlar, Rekurrent munosabatlari. Iterativ algoritmlar. Asosiy algoritmlar. Qidiruv va saralash algoritmlari
|
bet | 1/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,45 Mb. | | #256522 |
Bog'liq Algoritm tahlili asoslariga kirish Algoritm tahlilining asoslari. Algoritmlar va uning xususiyatlari. Shukurova Sh.B. Reja: Algoritm tahlilining asoslari. Rekursiv algoritmlar. Iterativ algoritmlar Asosiy algoritmlar Qidiruv va saralash algoritmlari Algoritm tahlilining asoslari. Algoritmlar. Algoritm – bu masalani yechish usullarini izohlashdir, yoki boshqacha qilib aytganda, kutilayotgan natijalarni shaxsiy kompyuter tomonidan olish uchun bajarilayotgan hisoblash jarayolarining ketma-ketliklaridir. Algoritm - bu biror masalani yechish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan buyruqlarning tartiblargan ketma-ketligidir. Har bir algoritm aniq va tugallangan qadamlarga bo‘lingan bo‘lishi kerak. Algoritm atamasi o‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Algoritm so‘zi al-Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan asarining dastlabki betidagi “Dixit Algoritmi” (“Dediki al-Xorazmiy” ning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan. U o‘zi kashf etgan o‘nli sanoq tizimida IX asrning 825 yilidayoq to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algoritm deb ham ataldi. Al-Xorazmiyning sanoq sistemasini takomillashtirishga qo‘shgan hissasi, uning asarlari algoritm tushunchasining kiritilishiga sabab bo‘lgan. Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni ta‘kidlash mumkin: 1-xossa. Diskretlilik, ya‘ni algoritmni chekli sondagi oddiy koʻrsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. 2-xossa. Tushunarlilik, ya‘ni ijrochiga tavsiya etilayotgan koʻrsatmalar uning uchun tushunarli boʻlishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin boʻlgan koʻrsatmalar tizimi mavjud. 3-xossa. Aniqlik, ya‘ni ijrochiga berilayotgan koʻrsatmalar aniq mazmunda boʻlishi lozim hamda faqat algoritmda koʻrsatilgan tartibda bajarilishi shart.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Algoritm tahlilining asoslari. Algoritmlar va uning xususiyatlari. Rekursiv algoritmlar, Rekurrent munosabatlari. Iterativ algoritmlar. Asosiy algoritmlar. Qidiruv va saralash algoritmlari
|