OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETININIG
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
«AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI» yo’nalishi
“ALGORITMLAR VA BERILGANLAR STRUKTURASI”
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (rezyume, ariza, tavsifnoma,
ma’lumotnoma).
Bajardi: Zaitov Abdumaruf.
REJA:
1. Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezume).
2. Ariza.
3. Tavsifnoma.
4. Ma`lumotnoma.
1. Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezume)
Hozirgi paytda ko‘plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar
ishga topshirayotgan shaxslardan rezume yuborishlarini talab qilishadi. Rezume o‘zi
nima degani? Rezume fransuzcha “résumé” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib
aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezume ishga topshirayotgan inson
to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi,
qiziqishlari va hokazo.
Rezume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek tilida
bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin,
lekin rezumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezume, asosan, ish izlovchilar
tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa
maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha
menejerining rezumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezumeda ish izlovchi shaxs to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish
beruvchi eng birinchilardan bo‘lib aynan rezumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga
topshirgan insonni ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezume orqali u bilan tanishadi.
Shuning uchun, rezume ishga topshiruvchi shaxs to‘g‘risida bexato, aniq va eng
asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak.
Yaxshi tuzilgan rezume ishni qo‘lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami
hisoblanadi. Agar rezumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi
bosqichga o‘tish imkoni bo‘lmaydi!
|