Amaliy topshiriq-4 Shamiyeva Dildora 100-22 gurux O’zgaruvchilar va ularning nOmlanishi




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.01.2024
Hajmi0,63 Mb.
#147335
  1   2
Bog'liq
Amaliy topshiriq-4 dasturlash tillari Shamiyeva.D



Amaliy topshiriq-4 Shamiyeva Dildora 100-22 gurux 
O’zgaruvchilar va ularning nOmlanishi 
sOnli ma’lumOtlar turlari. Butun sOnlar, 
xaqiqiy sonlar, kompleks sonlar Arifmetik 
amallar 
Barcha dasturlash tillarida bo„lgani kabi Python dasturlash tilining ham o„ziga mos 
alifbosi va dastur yozish qoidalari mavjud. Python dasturlash tilida har bir buyruqlar 
yangi satrda joylashtiriladi. 
Masalan: 
print(2 + 3) 
print(“Hello”) 
Python dasturlash tilida bo„sh joy va tabulyatsiya juda katta ahamiyatga ega. 
Python dasturlash tilida operatorlar blokini tashkil etish bo„sh joy va tabulyatsiya 
orqali amalga oshiriladi. Noto„g„ri qo„yilgan bo„sh joy yoki tabulyatsiya xatolik 
keltiradi. Masalan, yuqoridagi kodni o„zgartirib yoziladigan bo„lsa, xatolik ko„rsatadi. 
print(2 + 3) 
print(“Hello”) 
Shuning uchun yangi ko„rsatmalarni satr boshidan yozish maqsadga muofiq 
bo„ladi. Bu hususiyat Python dasturlash tilini Java, C# kabi boshqa dasturlash 
tillaridan ajratib turadi. Yana bir e‟tiborli tomoni shundaki, tilning ba‟zi bir operatorlari 
bir nechta satrlardan iborat bo„lishi mumkin. Masalan:, if shart operatori, 
if a1 < a2: 
print(“Hello”) 


Bu holatda a1 o„zgaruvchisi a2 o„zgaruvchisidan kichik bo„lsa ekranda “Hello” 
yozuvi hosil bo„ladi. Bu yerda bo„sh joy yoki tabulyatsiya orqali yozilgan print(“Hello”) 
buyrug„i if operatorining bir qismi sifatida kelmoqda. Python dastulash tilida kodlarni 
yozishda bo„sh joylarni 4 soniga karrali qilib tashlash maqsadga muofiq bo„ladi. 5 yoki 
6 ta bo„sh joylar tashlansa ham dastur xatosiz ishlaydi. Bunday operatorlar ko„p emas, 
shuning uchun bo`sh joy tashlash borasida qiyinchiliklar bo„lmaydi. Python dasturlash 
tili C dasturlash oilasidagidek registr tanlaydigan dasturlash tili hisoblanadi, ya‟ni bu 
dasturlash tilida katta va kichik harflar bilan yozilgan o„zgaruvchilar turli xil 
o„zgaruvchilar deb qaraladi. Shuning uchun dasturlash tilidagi xizmatchi so„zlar ham 
registrga bog„liq bo„ladi. 
Izohlar (kommentariyalar). 
Python dasturlash tili yozilgan kodlarga qanday vazifa bajarishini izohlar 
yordamida yoritib borish mumkin. Dastur ishga tushayotgan vaqtda interpretator 
izohni taniydi va bu dasturni ishlashiga hech qanday noqulaylik tug„dirmaydi. Python 
dasturlash tili izohlar blokli yoki satrli ko„rinishda bo„ladi. Python dasturlash tilida 
izohlarni (# – funta) belgisi bilan hosil qilish mumkin. Blokli izohlar qoldirishda funta 
belgisini satrning boshiga qo`yiladi. 
# Habarni konsol oynasiga chiqarish 
print(“Hello World”) 
Satrli izohlarda esa buyruqlar yozilgan qator oxiriga yoziladi. 
print(“Hello World”) # Habarni konsol oynasiga chiqarish 
Shebang mahsus buyruq bo„lib, dasturning birinchi satrida izoh sifatida kiritish 
uchun ishlatiladi. Shebang (#!) tarzda yoziladi va dastur haqida ma‟lumot beradi. 


#! Pythondagi birinchi dastur 
print(“Hello World”) #Habarni konsol oynasiga chiqarish 
Asosiy funksiyalar 
Python dasturlash tili bir qatorga kiritiladigan (standart) funksiyalardan iborat. 
Ulardan ba‟zilari dastur yozishda ko„p marta ishlatiladi, ayniqsa ma‟lumotlarni 
ekranga 
chiqarish va ma‟lumotlarni kiritish funksiyalari, lekin ular bilan tanishib chiqamiz. 
Ma‟lumotlarni chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy funksiyalardan biri “print()” 
hisoblanadi: 
print(“Hello Python”) 
Agarda birdaniga bir nechta ma‟lumotlarni chiqarish kerak bo„lsa, u holda print() 
funksiyasiga ma‟lumotlarni yoki o„zgaruvchilarni, vergul yoki qo„shish (, yoki +) bilan 
ajratib yozish mumkin: 
print(“To‟liq ismim: ” + “Xurshidbek ” + “Musayev”) 
Yuqorida keltirilgan dasturning qismi ekranda barcha ma‟lumotlarni bir satrda 
hosil qiladi: 
To‟liq ismim: Xurshidbek Musayev 
Ma‟lumotlarni klaviaturadan kiritish ham mumkin. Bu funksiya input() funksiyasi 
hisoblanadi. Bu funksiyaning ma‟lumotlarni kiritish uchun izoh yozish xususiyatiga ega. 
name = input(“Ismingizni kiriting: ”) 
print(“Salom, ” + name) 
Natija: 
Ismingizni kiriting: Xurshidbek 


Salom, Xurshidbek 
O‘zgaruvchilar, ma’lumotlar turlari 
O„zgaruvchilar ma‟lum bir qiymatni o„zida saqlaydi. Python dasturlash tilida 
boshqa dasturlash tillaridagi kabi lotin harfi yoki ostki chiziqcha bilan boshlanadi. 
O„zgaruvchilar harflardan yoki raqamlardan tashkil topadi. Bundan tashqari 
o„zgaruvchilarning nomi Python dasturlash tili xizmatchi so„zlari bilan ustma–ust 
tushmasligi kerak. Kalit so„zlar dasturlash tilida ko„p emas, ularni eslab qolish oson: 
and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, expect, False, finally, for, from, 
global, if, import, in, is, lambda, None, nonlocal, not, or, pass, raise, return, True, try, 
while, with, yield. 
Masalan: oddiy o„zgaruvchi e‟lon qilish quyidagicha amalga oshiriladi: 
name = “Temur” 
Bu yerda Temur qiymatini o„z ichiga oluvchi name nomli o„zgaruvchi aniqlangan. 
Python dasturlash tilida o„zgaruvchilar ikki xil yo„l bilan nomlanadi: camel case 
(tuyasimon) va underscore notation (ostki chiziq bilan ajratilgan). 
Camel case (tuyasimon) da har bir o„zgaruvchini tashkil etuvchi so„zlar katta 
harflardan boshlanadi. O„zgaruvchining nomi ikki so„zning birikmasidan tashkil topgan 
bo„lsa, masalan, 
userName = “Temur” 
Underscore notation (ostki chiziq bilan ajratilgan) da esa qo„shimcha nomlar ostki 
chiziq bilan ajratilgan bo„ladi, masalan, 
user_name = “Temur” 
Python dasturlash tilida turli xildagi ma‟lumotlar turlari mavjud, butun sonli, 


haqiqiy sonli, kompleks sonlar satrli kattaliklar, ketma–ketliklar, to„plamlar va 
hokazolarga bo„linadi. 
–boolean – mantiqiy tip. Qiymati True yoki False. 
–int – xotiradan 4 bayt joyni egallaydigan ixtiyoriy butun son. 
–float – xotiradan 8 bayt joyni egallaydigan ixtiyoriy haqiqiy son. 
–complex – kompleks son. 
–str – satrlar. Masalan: “Hello”. Python dasturlash tilining 3.x versiyasidan 
boshlab satrli kattaliklar Unicode belgilarini o„z ichiga olgan. 
–bytes – nomanfiy butun son. 0 dan 255 gacha bo„lgan sonlarni o„z ichiga oladi. 
–list – ro„yhat. 
–tuple – kortej. 
–set – ob‟ektlarning tartibsiz to„plami. 
–frozen_set – set tipi bilan bir xil. Lekin bu o„zgarmas hisoblanadi. 
–dict – har bir elementi kalit va qiymatga ega bo„lgan to„plam. 
Python dasturlash tilida o„zgaruvchilar ma‟lumotlar turini o„zlashtiriladigan 
qiymatlardan kelib chiqqan holda farqlaydi. Satrlarda qo„shtirnoq (“ ”) yoki apostrof („ 
‟) lar ichiga yozilgan ma‟lumotlar str tipiga tegishli deb qaraladi. Agarda 
o„zgaruvchining qiymati butun son bo„lsa, Python dasturlash tili avtomatik tarzda 
o„zgaruvchi int tipida e‟lon qilingan hisoblanadi. Agar o„zgaruvchining qiymati haqiqiy 
songa tegishli bo„lsa, o„zgaruvchi float tipida e‟lon qilingan deb qaraladi. 
x = 3.9e3 
print(x) # 3900.0 
x = 3.9e-3 


print(x) # 0.0039 
Haqiqiy son ko„pi bilan 18 ta raqamdan tashkil topishi mumkin. Agarda raqamlar 
soni 18 ta raqamdan ko„p bo„lsa, yuqorida ko„rsatilganidek yozish maqsadga muvofiq 
bo„ladi. Shuning bilan birga bitta dastur yaratilayotgan vaqtda o„zgaruvchilarga bir 
nechta turdagi qiymatlarni birin–ketin berish mumkin: 
user_id = “12 Temur smith 438” 
print(user_id) 
user_id = 234 
print(user_id) 
type() funksiyasi orqali o„zgaruvchilar qaysi tipga tegishli ekanligini bilish 
mumkin: 
user_id = “12 Temur smith 438” 
print(user_id) #  
user_id = 234 
print(user_id) #  
Arifmetik amallar .Python dasturlash tili barcha arifmetik amallar bilan ishlay 
oladi. 
(+) Ikki sonni qo„shish: 
print(6 + 2) # 8 
(–) Ikki sonni ayrish: 
print(6 - 2) # 4 
(*) Ikki sonni ko„paytirish: 
print(6 * 2) #12 


(/) Ikki sonni bo„lish: 
print(6 / 2) # 3 
(//) Ikki sonni bo„lgandan hosil bo„ladigan sonning butun qismi: 
print(7 // 2) # 3 
(**) Darajaga ko„tarish: 
print(6 ** 2) # 36 
(%) Ikki sonni bo„lgandan hosil bo„lgan qoldiq qismi: 
print(7 % 2) # 1 
Arifmetik amallarni ketma–ket qo„llanilganda ustunlik darajasiga qarab 
ishlatiladi. Ustunlik darajalari quyidagi ro„yhatda keltirilgan. 
1. ** Chapdan o„ngga tomon 
2. *, /, //, % Chapdan o„ngga tomon 
3. +, - Chapdan o„ngga tomon 
Masalan: bizda quyidagi amal bajarilmoqda: 
number = 3 + 4 * 5 ** 2 +7 
print(number) # 110 
Bu yerda avval darajaga ko„tarish amali bajariladi (5 ** 2), so„ngra ko„paytirish 
amali (25 * 4), keyin esa chap tomondagi son qo„shiladi (100 + 3) va nihoyat yig„indiga 7 
soni qo„shiladi (103 + 7) = 110. Amallar ketma–ketligini o„zgartirish uchun qavslardan 
foydalaniladi: 
number = (3 + 4) * (5 ** 2 + 7) 
print(number) # 224 
Bunday ifodada birinchi o„rinda qavsdagi ketma–ketliklar bajariladi, avval 


birinchi qavsning ichi hisoblanadi, so„ng ikkinchi va oxirida ko„paytirish amallari 
bajariladi. Eslatib o„tish kerakki, arifmetik amallarni bajarayotganda (int va float) 
tiplaridan foydalanish mumkin, agarda int tipdagi son float tipidagi songa qo„shilsa, int 
tipidagi son float tipiga o„giriladi. 
Qiymat berishli arifmetik amallar 
Arifmetik amallarni bajarishda o„zgaruvchining qiymatini qandaydir songa ortirish 
yoki kamaytirish mumkin. Bu turdagi amallarni qiymat berishli arifmetik amallar deb 
ataladi. Qiymat berishli arifmetik amallar quyidagilar: 
(+=) Qiymat berishli qo„shish amali; 
(–=) Qiymat berishli ayirish amali; 
(*=) Qiymat berishli ko„paytirish amali; 
(/=) Qiymat berishli bo„lish amali; 
(//=) Qiymat berishli bo„linmani butun qismini topish amali; 
(**=) Qiymat berishli darajaga ko„tarish amali; 
(%=) Qiymat berishli qoldiq topish amali
number = 10 
number += 5 
print(number) # 15 
number -= 3 
print(number) # 12 
number //= 5 
print(number) # 2 
Pythonda sonlarning 3 ta turi mavjud: 




Download 0,63 Mb.
  1   2




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy topshiriq-4 Shamiyeva Dildora 100-22 gurux O’zgaruvchilar va ularning nOmlanishi

Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish