Reja:
1. Antropogen landshaftlar haqida tushuncha
2. Antropogen landshaftshunoslik yo`nalishiniig vujudga kelishi va
shakllanishi
3. Antropogen landshaft tiplari va ularning tasnifi
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Landshaft so`zi aslida nemischa bo`lib, o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikni aks ettiruvchi suffiks, adabiy tilda manzara, joyning ko`rinishi degan ma`noni anglatadi.
Landshaft atamasi geografiyaga dastavval deyarli bir vaqtda A.A.Borzov. L.S.Berg, D.F.Morozovlarning ilmiy ishlari orqali tabiiy geografik mujassama so`zining sinonimi sifatida kirib kelgan. Keyinchalik landshaft tushunchasini chuqurlashtirish va uning ta`rifini mukammallashtirish jarayonida tabiiy geograflar uch guruhga bo`linib ketishdi.
Birinchi guruh tabiiy geograflarning fikricha landshaft ham xuddi re-lyef, iqlim, tuproq, o`simlik tushunchalari kabi umumiy tushunchalardir. Bu holda landshaft atamasi xohlagan ko`lamda tabiiy geografik mujassamlarga nisbatan, ularning katta-kichikligidan qat`iy nazar ishlatilishi mumkin. Bu tushuncha tarafdorlari (F.N.Milkov, D.L.Armand, ІO K.Yefremov, V.I.Proka-yev kabilar) fikricha landshaft bizning ko`z o`ngimizda tarixiy shakillangan va uzluksiz rivojlanishida bo`lgan u yoki bu tabiiy geografik mujassama qiyofa-sida namoyon bo`lgan o`zaro bog`liq va aloqadorlik bo`lgan narsa, hodisalarning yig`indisidir.
Landshaftga berilgan ushbu ta`rifdan ko`rinib turibdiki, landshaft ham, tabiiy geografik mujassama ham ikkalasi bir narsadir. Tabiiy hududiy muj-assama so`zi aniq ifodaga egaligiga qaramay, atama sifatida noqulay. Shuning uchun tabiiy hududiy mujassama so`zining ma`nosini anglatadigan, ammo qisqagina va ishlatilishda qulay bo`lgan landshaft atamasidan foydalanish ma`qullandn. Uning fikricha Yer yuzasidagi barcha landshaftlar birgalikda Yerning landshaft qopqog`i tashkil qiladi. Bu holda "landshaft qobig`i" atamasi "Geografik qobiq" atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi.
Barcha tirik mavjudotlar qatori inson hayotini ham atrof-muhitsiz, tabiatsiz tasavvur qilish qiyin. Inson organizmi ko`p jihatdan tabiiy komponentlar havo, suv, o`simlik, tuproq, hayvonot va hokazolar bilan bog`liq. U tabiatdagi moddaning aylanma harakati doirasidadir va uning qonuniyatlariga bo`ysinadi. Bundan tashqari inson ongli mavjudotdir va u o`z mehnatini osonlashtirish yuqori samaraga erishish uchun turli mehnat kurollardan texnika kuchidan foydalanadi. U boshqa organizmlardan farqli ularoq ijtimoiy mavjudoddir. Jamiyat a`zosidir. Shuning uchun uning hayoti biologik omillardan tashqari ko`pgina ijtimoiy omillar bilan ham belgilanadi.
Inson bevosita va bilvosita yerga, tuproqqa, suvga, havoga, o`simlik va hayvonot dunyosiga ta`sir etmokda. Bu bilan u o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishmokda. Ammo ba`zan o`zi kutmagan, ayrim salbiy oqibatlaring yuzaga kelishiga ham sababchi bo`lib qolmokda. Bunda salbiy oqibatlarning ba`zilari dunyoviy tus olmokda va olimlarni jamoatchilikni tashvishga solmoqda.
XX- asrning 40-50 yillarida geografiya adabiyotida madaniy landshaftlar yoki o`zgartirilgan landshaftlarga bag`ishlangan ilmiy maqolalarning birin-ketin paydo bo`lishi antropogen landshaftshunoslik poydevorining shakllanishiga kuchli turtki bo`ladi. Bu borada ayniqsa G.Y. Saushkinning (1946) «Madaniy landshaftlarni o`rganish uchun geografiyaning alohida tarmog`i bo`lishi kerak», degan fikri muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Uning 1947 yilda nashr qilingan monografiyasida esa qishloq xo`jalik landshaftlari haqida jiddiy fikrlar keltirilgan. 1970 yilda Voronej davlat universitetining professori F.N.Milkov o`zining «Landshaftnaya sferi zemli» nomli kitobida inson tomonidan barpo etilgan majmualarni o`rganish bilan antropogen landshaftshunoslik shug`ullanish kerak» deb ta`kidlab o`tganidan so`ng landshaftshunoslik tarkibida yangi bir ilmiy yo`nalish “Antropogen landshaftshunoslik” shakllana boshladi. Bu yo`nalishni hatto «bilimlarning yangi tarmog`i» deb atadilar.
Yerning landshaft qobig`i deganda, F.N.Milkov (1970) geografik qobiqdan farqli o`laroq, uning o`rta qismida litosfera, atmosfera, gidrosferalarning bevosita bir-biriga tutashib va faol ta`sir etib turadigan hamda organik hayot rivojlanishiga eng qulay sharoit yuzaga kelgan yupqa (qalinligi 200-250 m gacha bo`lgan) qatlamni tushunadi. F.N.Milkov geografik qobiqning ichida 4 ta qatlamni ajratadi:
1. Yuqori havo qatlami;
2. O`rta landshaft qatlami;
3. Landshaft orasidagi suv qatlami;
4. Quyi (litosfera) tosh qatlami; ,
Ikkinchi guruh geograflar ta`kidlashicha landshaft ma`lum bir hududni egallagan, o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan regional birlikdir. Masalan, N.A.Solnsev landshaftni asosiy geografik birlik deb qaraydi va geologik tuzilishi, relyef shakllari, yer osti va yer usti suvlari, mikroiqlimi, tuproq xillari, fitogeotsenozlari o`zaro bog`liq bo`lgan birikmalari qonuniy va tipik qaytalanib turadigan genetik jihatidan bir butun hududni landshaft deb ataydi.
Landshaftning ta`rifini boshqacharok va qisqaroq qilib A.G.Isachenko (1991) quyidagicha ta`riflaydi: Landshaft - mahalliy ko`lamdagi geotizim-larning o`ziga xos yig`indisidan iborat bo`lib o`zining zonal va azonal belgi-lari bo`yicha bir butun hamda genetik jihatidan yaxlit geotizimdir. A.G.Isa-chenko fikricha landshaft o`zidan kichik geotizimlar yig`indisidan iborat bo`lishi bilan bir vaqtning o`zida, o`zidan katta va murakkabroq tuzilgan geotizimning bir qismi bo`lib xizmat qiladi. Shuning uchun landshaftlarni hosil bo`lishini geografik rivojlanishi va tabaqalanishi natijasi deb qarash kerak. Undan tashqari landshaft tabiiy geografik mujassamalarining taksanomik tizimida shunday bir pog`onani egalaydiki, u o`zining va zonal xususiyatlari bo`yicha bir butundir. Demak. tabiiy geografik rayon rayon-lashtirishning eng kichik va qulay asosiy birligidir. A.G.Isachenko fikricha landshaft va tabiiy geografik rayon ikkalasi bir narsadir. Bu holda landshaft bir konturlidir. Yer yuzasida bir landshaft bir marta uchraydi.
Uchinchi guruh geograflar landshaft tipologik birlikdir degan tushuncha tarafdorlaridir. Ular landshaftlarning nisbatan bir xilligi tushunchasiga asoslanadilar. Bunda landshaft ma`lum xarakterdagi hudud yoki joy deb qaraladi. Bundan tashqari landshaft tabiiy komponentlar (geologik tuzilishlari relyef, tuproq, o`simlik va h.k) ning dialektik birligi, majmuasi hamda nisbatan bir xil bo`lgan tabiiy geografik mujassama deb qaraladi. Landshaftlarni ularning hududiy tarqalishidan qat`iy nazar xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Landshaftga nisbatan bunday ko`z qarashning faol targ`ibotchisi N.A.Gvoz-detskiyning (1973) atashicha, landshaft-tabiiy geografik majmuasining turi, kichik turi, xilidir. Masalan, geomorfologiyada relyef turi, tuproqshunos-likda tuproq turi, xili tushunchalari qaysi ma`noda ishlatilsa, tabiiy geografiyada ham shunday ma`noda ishlatilishi kerak. Masalan, dasht tuproq-lari deyilganidek, dasht landshaftlari deyish mumkin. Landshaft tipologik birlik sifatida katta-katta maydonlarni ham yoki kichik joyni ham egallashi mumkin. Bir holdagi yoki bir turdagi landshaft ma`lum hududda katta-katta uchrashi ya`ni ko`p konturli bo`lishi mumkin u yoki bu landshaftning tarqalishi areali, hududi u yoki bu tuproq yoki relyef turining tarqalishi areali kabi uzuk bo`lishi mumkin. Ana shunday landshaftlarning ma`lum bir yig`indisi tabiiy geografik rayonlarni tashkil qiladi.
N.A.Gvozdetskiy fikricha tabiiy geografik regional birliklar va landshaft tipologik birliklari ikki xil tizimidagi birliklardir. Ular geografik qobiqning tabiiy geografik tabaqalanishini o`rganishdagi ikki xil yondashishning natijasidir.
Landshaftlar regional birlik deb qaralganda ular orasidagi har xillikka ko`proq e`tibor berilsa, tipologik birlik deb qaralganda uning nisbatan bir xilligiga e`tibor beriladi.
Landshaft tushunchasiga nisbatan yuzaga kelgan bu uch xil qarash landshaft-shunoslikda hosil bo`lgan uch yo`nalish deyilsa ham bo`ladi.
Landshaftshunoslikka bag`ishlangan ko`pgina ilmiy asarlar, darslik va qo`llanmalarda asosan yuqorida bayon etilgan uch xil tushuncha haqida va ularning mohiyati haqida so`z yuritiladi. Ammo ularning qaysi biri haqida yaqin, qaysi biri to`g`ri degan savolga javob berishda mualliflar u yoki bu guruhga qo`shilib ketadilar. Biz ham ana shu savolga javob izlash jarayonida yirik landshaftshunos olim, Moskva davlat universitetining professori V.A.Nikolayev ilmiy izlanishlarining natijalariga e`tibor berishga harakat qildik. Bu olimning 1979 yili bosilib chiqqan "Regional landshaftshunoslik muammolari" degan kitobi uning qariyb 20 yildan ortiqrok vaqtni o`z ichiga olgan ilmiy izlanishlarnnig samarasidir. Bu izlanishlar asosida V.L.Nikolayevning Qozog`iston dashtlarida olib borgan landshaftlarni aniqlash, xaritaga tushirish, ta`riflab berish, landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, rivojlanishi, yoshi kabilarni aniqlash hamda landshaftlarni xo`jalik nuqtai-nazaridan baholash, ularning rivojlanish kelajagini oldindan aytib berish kabi masalalarni hal qilish maqsadida to`plangan juda katta xajmdagi ilmiy ma`lumotlari yotadi.
Hozirgi kunda antropogen landshaftshunoslik yo`nalishining asoschisi F. N. Milkov (1973) ekanligini ko`pchilik geograflar e`tirof etyapti. Shu sohada qator ilmiy asarlar yaratgan bu olimning fikricha, insonning ho`jali-gidagi faoliyati natijasida yangidan barpo bo`lgan landshaftlar ham, inson ta`sirida birorta komponent tubdan o`zgargan tabiiy majmualar ham antro-pogen landshaft hisoblanishi kerak. Keyinchalik F.N. Mil`kov (1986 ) «antro-pogen landshaftlar tabiiy landshaftlarga o`xshab teng ahamiyatli bo`lgan kom-ponentlar tizimidan iborat majmualardir. Ularning eng asosiy xususiyati o`z-o`zidan rivojlanish belgilarining mavjudligidir» deb yozgan edi.
«Oxrana landshaftov» izoxli lug`atida xususiyatlari inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan landshaftlar antropogen landshaftlardir va ular o`zining tabiiy ta`riflarini saqlab qolgan taqdirda ham o`zida madaniy o`simliklar o`zgargan tuproq xususiyatlari yer osti va usti suvlari tartibi ko`rinishda «antropogen» mazmun kasb etgan bo`ladi deb yozilgan. Bunday holda Yer yuzida tarqalgan landshaftlarning ko`pchiligini antropogen landshaftlar qatoriga kiritsak bo`ladi. Ular tabiiy sifatlaridan bo`lak ikkinchi xil, ya`ni ijtimoiy sifatlar ham kasb etgan bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan bir qator fikrlarning tahlili shuni ko`rsatadiki yer yuzida inson ta`sirida ozmi-ko`pmi o`zgarmagan yoki insonning bevosita yoki bilvosita ta`siri asoratini sezmagan landshaftlar deyarli qolmagan. Ammo qaysi landshaft qay darajada antropogenlashgan va ularni qachon antro-pogen landshaft deb atash mumkin yoki tabiiy landshaftga aylanadi, degan savollarning javobi haligacha muammoli va munozaralidir. Ana shunday munozarali savollardan yana biri tabiiy landshaftlar antropogen landshaft-larga aylanishi uchun uning bir komponentigina o`zgarishi kifoyami yoki barcha komponentlar bir yo`la o`zgartirilgan bo`lishi kerakmi, degan savoldir.
Bunga javoban F.N. Milkov (1978) tabiiy landshaftni antropogen landshaftga aylantirish uchun uning xoxlagan bir komponentini o`zgartirish kifoya deb hisoblaydi. Bu fikrning asosida komponetlarning landshaft hosil qiluvchi omil sifatidagi ahamiyati tenglidir, degan tassavur yotadi.
N. A. Solnsev (1960) esa landshaftni o`zgartirish uchun albatta uning geologo-geomorfologik o`zgartirilgan bo`lishi kerak deb hisoblaydi. Bu bir vaqtlar N A Solnsevning o`zi ilgari surgan va komponentlarning o`zaro teng kuchli emasligi, ularning hosil bo`lishida oldinma-keyinlik mavjudligi hamda oldin hosil bo`lgan komponentlar «kuchliroq» (hisoblanib keyin hosil bo`lgan komponetlarga ko`proq ta`sir ko`rsatadi, degan fikrning davomidir. Uning fikricha geologik yotqiziqlar va relyef yoki geologo-geomorfologiyasi «kuchli» komponent, iqlim va suvlar o`rtacha kuchga ega komponentlar tuproq, o`simlik va hayvonot dunyosi «kuchsiz» komponentlar hisoblanadi. Landshaftlardan xalq ho`jaligi maqsadlarida to`g`ri va oqilona foydalanish, uning ifloslanishi va buzilishining oldini olish yoki muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan muammolarni to`g`ri hal etish landshaftlarning qaysi komponetga asosiy yetakchi yoki bosh rolni o`ynashini to`g`ri hal qilib olish mumkin va prinsipial ahamiyatga egadir. Chunki inson landshaftga ta`sir etaversayu, ammo biz landshaftning geologo-geomorfologik asosi qachon o`zgarar ekan, deb kutib o`tirishimizning o`zi bir yoqlamalik va xatolikka olib kelishi mumkin. Yuqorida birma-bir keltirilgan fikrlardan to`g`ri xulosa chiqarib olish uchun hamda antropogen landshaftlar haqida malum tassavurga ega bo`lish uchun landshaftning komponetlari va omillari haqida yana bir bor eslatib o`tishga to`g`ri keladi. Ko`pchilik tabiiy geograflarning ta`kidlashiga ko`ra geotizimlar asosan tog` jinslari suvlar, havo massalari tuproqlar, o`simlik qoplami va hayvonot kabi moddiy komponentlardan tuzilgandir. Ular o`zaro bog`liq va o`zaro ta`sirdadir. Ular orasida muttasil modda almashinib turadi. Ushbu komponentlar landshaftlar vertikal tarkibining shakllanishida tarkibiy qismlar sifatida ishtirok etadi. Komponetlarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularning har bir tarkibida boshqa komponentlarga xos bo`lgan moddalar ham ishtirok etadi. Masalan, landshaftlarning havo komponenti tarkibida atmosfera gazlaridan tashqari suv bug`lari turli chang zarralari, o`simlik changlari mikroorganizm-lar ham aralashgan bo`ladi. Xuddi shunday landshaft suvlar tarkibida ham, havo, erigan, nuragan va yuvilgan tog` jinslari, o`simlik va hayvonot, ular qoldiqlarida va hokazolarda uchraydi.
Landshaft hosil qiluvchi omillar haqida so`z yuritilganda, ko`pincha u yoki bu komponentning ayrim xususiyatlari ko`zda tutilganligini yoki komponent landshaftda ma`lum bir kuch sifatida ishtirok etsagina uni omil deb hisob-lash hollarini ko`ramiz. Ayrim hollarda esa landshaftga tashqaridan bo`ladi-gan kuchlarni omil sanashadi. Masalan quyosh radiatsiyasi yerning gravitatsiya kuchi, yerning ichidan bo`ladigan tektonik kuchlar havo sirkulyatsiyasi va hokazo.
Aslini olganda landshaftlar juda ko`p turli tuman omillar ta`sirida shakllanadi. Ular landshaftlarda turli sifat va xususiyatlarning shakllani-shida turlicha ahamiyat kasb etadi. Agar landshaftlarning shakllanishida ma`-lum bir turdagi omillar ahamiyatli hisoblansa, ularning tabaqalanishida yoki rivojlanishida boshqa bir turdagi omildir. Landshaftlarning o`zgarishida esa yana bir boshqa guruh omillar ahamiyatli bo`lishi mumkin. Shu nuqtai-nazar-dan qaraganda tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlarga aylanishi-da antropogen omil asosiy kuch sanaladi. Shuning uchun ham inson faoliyati ta`sirida o`zgargan landshaftlarni antoropogen landshaftlar deb atashdan ko`ra antropogen landshaftlar omil ta`sirida o`zgargan landshaftlar deb atash to`g`riroq bo`lar edi. Bunda inson ta`sirida tabiiy jarayon hamda tashqaridan ta`sir etadigan omil deb qaralmog`i lozim.
Insoning xo`jalikdagi faoliyati ta`sirida landshaftlarning o`zgarish darajasi, miqiyosida va jadalligi turlicha bo`ladi. Bu bir tomondan land-shaftlarning o`ziga xos bo`lgan tabiiy xususiyatlari bilan bog`liq bo`lsa ikkin-chi tomondan insonning landshaftga ta`sir etishi harakteri bilan bog`liqdir. Landshaftlarning tabiiy xususiyatlari, ya`ni o`zini-o`zi boshqarish va qayta tiklash xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi tashqi kuchlar (shu jumladan in-son faolyati ham) ta`siriga chidamliligi yoki chidamsizligi turli landshaft-larda har xil bo`ladi. Shu bilan birga inson faoliyati ham turlichadir. Masa-lan, inson landshaftlarga tog`-kon sanoati sharoitida bir xil ta`sir ko`rsatsa, shahar qurilish sharoitida boshqa xil, dexqonchilik, chorvachilik, o`rmon xo`jaligi sharoitida esa yana boshqacharok ta`sir etadi. Natijada xilma-xil o`zgargan landshaftlar hosil bo`ladi va ularni tasniflash zarurati tug`iladi.
A.G. Isachenko (1991) inson faoliyatining landshaftlar ta`siri va uning nazariy muammolari haqida fikr yuritar ekan inson tomonidan o`zgartirilgan landshaftlar tasnifi tabiiy landshaftlar tasnifiga bog`liq bo`lishi lozimli-gini uqtiradi va tabiiy landshaftlarning turli xil tasniflarga tadbiq etish mumkin bo`lgan hamda o`zgartirilgan landshaftlarning sifat jihatidan anchagina yiriklashtirilgan birliklarini aks etgiruvchi tasnifini tavsiya etadi. Ushbu tasnifda asosan to`rt guruh landshaftlar aks ettirilgan:
1. Shartli o`zgartirilmagan (ibtidoiy) landshaftlar. Ular bevosita inson ta`siriga va xo`jalikdagi faolyatiga duchor bo`lmagan landshaftlardir. Ularda inson faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta`siri izlarinigina payqash mum-kin, xolos;
2. Kuchsiz o`zgartirilgan landshaftlar. Bular asosan inson faoliyatining ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) ta`siriga duchor bo`lgan landshaftlar. Bunday landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponentlargina ta`sir etib, tabiiy aloqadorliklar hali bo`zilmagan va avvalgi o`z holatini tiklab olish mumkin.
3. Buzilgan (kuchli o`zgartirilgan) landshaftlar. Bu guruhdagi landshaft-lar asosan inson faoliyatining jadal xili ta`sirida o`zgargan landshaftlar-dir. Ularning ko`p komponentlari o`zgarib, landshaftlar tarkibsining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan;
4. Madaniy landshaftlar tarkibini inson tomonidan jamiyat manfaat-larini ko`zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona o`zgartirilgan landshaft-lardir.
Shunga o`xshash tasnifimiz D.L. Armandning (1975) kitobida ham uchrata-miz. U inson faoliyati ta`sirida o`zgargan landshaftlarni besh turga bo`ladi. Bular:
1. Deyarli butunlay o`zgartirilgan landshaftlar (shaharlar, tog`-kon sanoati rivojlangan hududlar).
2. Kuchli o`zgartirilgan landshaftlar (ekin dalalari, daryo va kullar).
3. Anchagina o`zgartirilgan landshaftlar (borish va kirish mumkin bo`lmagan o`rmonlar,dashtlar,savannalar).
4. Kuchsiz o`zgartirilgan landshaftlar (borish qiyin bo`lgan o`rmonlar, dengiz yuzalari).
5. Deyarli o`zgartirilmagan landshaftlar (qutb o`lkalari, baland tog`lar, cho`llar, dengiz suvlarining quyi qismlari, qo`riqxonalar).
I.M.Zabelinning fikricha, antropogen landshaftlar o`zi yana ikkiga: tabiiy antropogen va madaniy landshaftlarga bo`linadi. Tabiny antropogen landshaftlar bir marotaba inson faoliyati ta`sirida hosil bo`lib, keyincha-lik o`z holicha, tabiiy qonuniyatlar ta`sirida rivojlana boshlaydi. Ular vaqt o`tgan sari asta-sekin o`zining ilgarigi tabiiy holatiga qaytishi mumkin. Ammo, inson tomonidan bo`ladigan qayta turtkilar, bu jarayonni sekinlash-tirishi yoki to`xtatishi mumkin.
Madaniy lanlshaftlar deganda I.M. Zabelin inson tomonidan o`zining amaliy extiyojlarini qondirish uchun ataylab, ongli ravishda barpo qilingan landshaftlarni tushunishni tavsiya etadi. Uning fikricha, madaniy landshaft tabiiy sharoiti bir xil bo`lgan va ko`p yillar davomida xo`jalikning biror tarmog`ida (masalan, qishloq ho`jaligida) foydalanilayotgan hududdan iboratdir.
Hozirgi zamon landshaftlarining ko`pchiligi insonning oqilona faoliyati natijasida o`zgartirilgan bo`lib, ularni madaniy landshaftlarga aylantirish lozim. Bunday landshaftlarning eng asosiy xususiyatlaridan biri maxsuldorlik va iqtisodiy samaradorlik bo`lishi kerak. Landshaftlarning ichki imkoniyatini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy maqsadga aylanishi kerak. Darhaqiqat, inson dexqonchilik bilan shug`ullanar ekan, u o`z oldiga eng avval bir narsani, ya`ni ilojn boricha ko`proq qishloq xo`jalik maxsuloti olishni maqsad qilib qo`yadi. Bu maqsadga erishish uchun landshaftni tekislaydi, tuproqni ma`lum bir qalinlikda ag`darib tashlaydi, o`g`it soladi. Ma`lum bir ekin ekadi, sug`oradi, begona o`tlar va zararkunandalar, xashoratlarga qarshi turli xil dorilarni ishlatadi, tuproqni sho`rinn yuvadi, zax suvlarini qochiradi va hokazo. Xullas, ekin ekishdan to hosilni yig`ishtirib olgunga qadar turli-tuman agrotexnik tadbirlarni qo`llaydi va bu jarayonlar, yuzlab yillar mobaynida qaytalanaveradi. Natijada bizga yaxshi tanish bo`lgan va antropogen landshaftlar ichida «madaniy landshaft» deb atalishi mumkin bo`lgan hamda yuqori maxsuldorlik, iqtisodiy samaradorlik kabi talablarga ozmi ko`pmi mos kela oladigan landshaftlar hosil bo`ladi. Bu o`z navbatida ilgari shu landshaftlarga xos bo`lgan tabiiy xilma-xillikning soddalashishga hamda moddalarning, shu jumladan to`yimli moddalarning ham, namlik va energiyaning aylanma harakatining o`zgarishiga olib keladi. Vaholanki, landshaftlardagi to`yimli moddalarning aylanma harakati organizmlar sonining muvofiqlanib turish, tuproq unumdorligining maromida bo`lishi, landshaftlarning o`zini-o`zi saqlab turishida juda katta va hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Dehqonchilik ta`sirida esa landshaftlarning ana shu xususiyati, ya`ni o`zini-o`zi saqlash xususiyati keskin kuchsizlanib ketadi. Landshaftshunoslik sohasidagi izlanishlarda alohidalik bilan umumiylikning birligi va qarama-qarshiligini e`tirof etishimiz kerak. Alohida muayyan landshaft haqidagi ma`lumotlarsiz umumlashtirish mumkin emas. Shunday qilib, Yer yuzasida obyektiv mavjud landshaftlarni ma`lum belgilariga qarab umumlashtirish, ya`ni xil, tur, sinf kabilarga birlashtirish mumkin ekan.
Xulosa
V.A.Nikolayevning fikricha landshaftni faqat o`ziga o`ziga xos xususiyatiga ega bo`lgan regional birlik deb qarash ham, yoki uni faqat tipologik birlikdir deb qarash ham bir yoqlamalikka olib keladi. Vaholanki, N.A.Gvozdetskiyga o`xshab, landshaftni tipologik birlik deb tushunish har bir konkret landshaftni tahlil qilishdan kelib chiqishi kerak. Har bir landshaft-tabiiy geografik jihatdan o`ziga xos. Ammo bir vaqtning o`zida u qandaydir bir tipologik umumiylikning bir qismidir. Xuddi shunga o`xshash fikrni biz N.A.Solnsevning shogirdlari G.N.Annenskaya va boshqalar (1962) ishida ham uchratamiz. Ularning yozishlaricha landshaft ham uning morfologik qismlari ham boshqa har qanday qo`lamdagi tabiiy geografik mujassamalar kabi ham regional, ham tipologik yo`nalishda o`rganilishi mumkin.
Bu borada A.G.Isachenko (1991) o`z fikrini quyidagicha bildiradi: hodisalarni turlarga ajratish, ularni o`rganishdagi tipologik yondoshish har qanday ilmiy izlanishning, jumladan landshaft izlanishlarning ham zaruriy shartlardan biridir. Ammo tur tushunchasiga o`tgunga qadar ma`lum miqdorda muayyan obyektlarni o`rganish kerak. Chunki landshaft turi tabiatda obyektiv mavjud bo`lgan ko`plab muayyan mavjud landshaftlarni ilmiy umumlashtirish orqaligina aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga xulosa qilib aytganda landshaft genetik jihatdan bir butun bo`lgan geotizimdir. U bir geologik tuzilishi, bitta relyef turi, bir xil iqlimi hamda faqat shu landshaftga mos bo`lgan, dinamik jihatdan bog`liq bo`lgan urochishelar yig`indisidan iborat. Landshaft bir jihatdan qaraganda zona, provinsiya okrug, rayon kabi regional geotizimlarni tashkil qiluvchi eng oddiy geotizimdir. U geografik qobiqning eng oddiy va eng kichik to`qimasi (birligi) bo`lsa, ikkinchi jihatdan o`zidan kichik bo`lgan urochishe, fatsiya kabi ko`p yaruslik va dinamik geogizimdir. Landshaft qo`shni landshaftlar bilan modda va energiya almashinishi orqali doimo o`zaro ta`sirda bo`lib turadigan ochiq geotizimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari. Toshkent, O’zbekiston, 1997
1. Zokirov SH.S. Landshaftshunoslik asoslari. “Universitet”, 1994.
2. Zokirov SH.S. Antropogen va amaliy landshaftshunoslik. “Universitet”, 1998.
3. Zokirov SH.S. Kichik shududlar tabiiy geografiyasi. “Universitet”, 1999.
4. Isachenko A.G. Landshaftovedenie i fiziko-geograficheskoe rayonirovanie. M.,1991.
5. Sochava V.B. Vvedenie v uchenie o geosistemax. Novosibirsk, 1998.
6. Zokirov SH.S., Boymirzaev K. M. Landshaftshunoslik asoslari. Namangan 2009.
7. Baratov P. O`zbekiston tabiiy geografiyasi. Toshkent, 1996.
8. Baratov P. Va bohsqalar O`rta Osiya tabiiy geografiyasi. Toshkent, 2002.
9. G’ulomov P.N. O’zbekistonda tabiatdan foydalanishning geografik asoslari. Toshkent. 1990.
10. Haydarov Q.X. , Hojimatov Q.X. O’zbekiston o’simliklari. Toshkent, O’qtituvchi, 1992.
11. Hasanov I.A. O’zbekiston tabiiy geografiyasi (ma’ruzalar matni). Toshkent, «Universitet», 2000.
12. Hasanov I.A. , G’ulomov P.N. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Toshkent, UzMU, 2002.
13. I.A.Hasanov, P.N.G’ulomov. O’zbekiston tabiiy geografiyasi Toshkent-2006
14. http://www.tsue.uz.
15. http://www.press-review.uz.
16. www.uznature.uz,
17. http:eclinic.freene.uz,
|