• Kirish: Ko’cha va yo’l bo’yi landshaftining ahamiyati
  • Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi




    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,23 Mb.
    #123655
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI 
    TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 
    ARXITEKTURA FAKULTETI 
    “SHAHARSOZLIK VA LANDSHAFT ARXITEKTURASI” KAFEDRASI 
    “SHAHARSOZLIK VA LANDSHAFT ARXITEKTURASI” FANIDAN 
    MUSTAQIL ISH 
    Mavzu: Ko’cha va yo’l bo’yi landshaft yechimi 
    Qabul qiluvchi o’qituvchi: kat. o’qt. U.R.Fayziyev 
    Guruh: 1-17 Au 
    Talaba: Komiljanova S. 
    Toshkent 2020 yil 


    Reja: 
    I. 
    Kirish: Ko’cha va yo’l bo’yi landshaftining ahamiyati. 
    II. 
    Asosiy qism: 
    1) Piyodalar ko‘chalari landshaft yechimi; 
    2) Shahar magistral ko‘chalari landshaft yechimi; 
    3) Xiyobonlar, bulvarlar va skverlar landshaft yechimi; 
    4) Mahallalar va guzarlar hududlarini landshaft loyihalash; 
    III. Xulosa. 


    Kirish: Ko’cha va yo’l bo’yi landshaftining ahamiyati 
    Arxitektura va shaharsozlik obyektlari kabi landshaft arxitektura obyektlarini ham 
    loyihalamasdan amalga oshirish mumkin emas. Respublikamiz 1-Prezidenti Islom 
    Karimov “binoning yaxshi arxitekturasi bu yaxshi ish, lekin uning atrof muhit 
    landshafti ham unga monand bo‘lmog‘i kerak” deganlarida aynan ana shu talabni 
    nazarda tutganlar. Darhaqiqat, agar biz shahar va qishioqlarimiz jamolini fayzli va 
    ko'rkam bo’lishini xohlasak, nafaqat ularda qurilayotgan bino va inshootlar 
    arxitekturasiga, balki ochiq muhitlar arxitekturasi, ya’ni landshaft arxitekturasi 
    obyektlarining loyihalariga ham ahamiyat berishimiz zarur. 
    Har qanday aholi punktlarining arxitekturasi va manzaraviy landshaft tuzilishini 
    yashil ko‘kalamzorlarsiz va gullarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular nafaqat aholi 
    punktining ko’cha muhitini yaxshilaydi, balki orasta va qulay me’moriy muhit, 
    sog'lom mikroiqlim yaratish imkonini beradi, Azal-azaldan inson bilan tabiat 
    orasidagi munosabatlarda, xususan aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirishda o‘ziga 
    xos uslublar, landshaft kompozitsiyalari, an’analar va qurilmalar shakllantrilib va 
    qo‘llanilib kelingan. Bu uslub va an’analaming asosiylari, ishonchlilari va amalda 
    sinalganlari ko'kalamzorlashtirishning qoida va qonunlariga aylanib, bu sohadagi 
    landshaft arxitekturasi fani va amaliyotining tarkibiy asoslarini tashkil qilgan. 

    Download 1,23 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish