• I.BOB.TIZIMLI TAHLIL VA MASALANING QO’YILISHI
  • II.BOB. ASOSIY QISM.
  • XULOSA
  • Simsiz tarmoq texnologiyalari
  • Anylogic muhitida simsiz aloqa tarmoqlari ishonchliligini tadqiq qilish




    Download 5.03 Mb.
    bet1/12
    Sana06.06.2023
    Hajmi5.03 Mb.
    #70175
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mundarija
    EKOL KART MAJMUA, qo`llanma, 61a1e06793f546.70082271, 2. Iqtisodiy o’sishning R. Solou modeli Felpsning jamg’arishni “, 5-mavzu, 2 5264745957676822992, 5, 3-мавзу, Praktika hisobot, uroven yan dek 2018 uz1, 496 20.08.2020, Pandemiya, 2-topshiriq, 1-labor Zamonaviy matn redaktorlari Akbar Kamilov

    Anylogic muhitida simsiz aloqa tarmoqlari ishonchliligini tadqiq qilish
    MUNDARIJA

    KIRISH…………………………………………………………………




    I.BOB.TIZIMLI TAHLIL VA MASALANING QO’YILISHI




    1.1

    Simsiz aloqa tarmoqlari…………………………………..




    1.2

    Simsiz aloqa tarmoqlarida ma’lumot almashish arxitekturasi




    1.3

    Anylogic dasturi va unda imitation modellar yaratish




    1.4

    Masalaning qo’yilishi…………………………………….………




    II.BOB. ASOSIY QISM.




    2.1

    Simsiz aloqa tarmoqlarida ishonchlilikni baholash




    2.2







    2.3







    XULOSA………………………….……………………………………




    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………..




    KIRISH
    Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Aloqalarni qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham o’rni beqiyosdir. Chunki aloqani sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas bog’liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo’glagan va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o’rnatilgan. Hozirgi kunda bunday simlarni zamonaviy ko’rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bun bir qancha qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasini o’ziga bog’liq bir qancha noqulayliklari bor. Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hk.
    Bundan tashqari simlarni tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf bo’lishi kabi moliyaviy noqulayliklari mavjud. Shunday noqulayliklar va moliyaviy zararlardan qochgan holda yangi zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi Fi, Wi MAX va shunga o’xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi.

    Simsiz tarmoq texnologiyalari
    Simsiz axborot tizimlari va tarmoqlari yanada katta ommaviylikka ega bo‘lib bormoqda, chunki ular an’anaviy simli tarmoqlarga qaraganda qator afzalliklarga ega. Lekin chastotalar spektrining litsenziyalanmaydigan dipazonida ishlaydigan foydalanuvchilarning katta soni halaqitlarning ortishiga va har bir ma’lum tarmoqdagi shovqin darajasining oshishiga olib keladi. Tarmoqning unumdorligiga boshqa radiotexnik vositalarning ishlashi keltirib chiqaradigan halaqitlar ham sezilarli ta’sir qiladi.
    So‘nggi yillarda ma’lumotlarni simsiz uzatish tarmoqlari telekommunikatsion industriyaning rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. Texnologiyalar o‘zgardi, lekin uzatishning mazmuni – ma’lumotlar berilgan vaqtda bitta nuqtadan boshqasiga kelishi uchun bir necha turli elementlarni uzaro ta’sirlashishini tashkil etish o‘zgarmasdan qoldi.
    Butun dunyoda va O‘zbekistonda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining keskin rivojlanishi quyidagi afzalliklarga bog‘liq bo‘ldi:

    • arxitekturaning tez moslashuvchanligi, ya’ni mobil foydalanuvchilarning ulanishida, harakatlanishida va uzilishida vaqtning suzilarli yo‘qotilishlarisiz tarmoqning topologiyasini dinamik o‘zgartirish imkoniyati;

    • ma’lumotlarni yuqori uzatish tezliklari;

    • loyihalashtirish va qurishning tezkorligi;

    • ruxsat etilmagan ulanishdan yuqori himoyalanganlik darajasi;

    • qimmat turadigan va hamma vaqt ham mumkin bo‘lavermaydigan optik tolali yoki mis kabelni yotqizish va ijaraga olishni radi etish.

    Radiotizimlar zamonaviy atamashunoslikda tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlariga bo‘linadi. Farq, avvalo qo‘llaniladigan tebranishlar
    tashuvchilari tuzilmalaridan iborat. Tor polosali tizimlarga kiradigan an’anaviy radiovositalar signal tashuvchisi sifatida bir chastotali garmonik tebranishlarni ishlatadi. Bunday tizimlardagi ajratilgan chastotalar dipazonida ko‘plab foydalanuvchilarning ishlashi imkoniyatini ta’minlash uchun uzatiladigan signallar chastotalari polosalarini iloji boricha kamaytirishga uriniladi. Keng polosali aloqa tizimlarida tebranishlar tashuvchilari sifatida keng polosali psevdo-tasodifiy signallar qo‘llaniladi. Bunda har bir foydalanuvchining signali chastotalar diapazonining butun ajratilgan oralig‘ini egallaydi, alohida signallarni ajratish esa kodli usullarda amalga oshirildi.
    Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda.
    Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi.
    Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq (Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar, universitet va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona va tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab qo’llanilmoqda.

    Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi. Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:


    - simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
    - simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
    - simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
    - simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
    Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo’lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug’ilganda, joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi.Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli PDA larni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo’la turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga o’z vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi an’anaviy simli lokal tarmoqlariga o’xshash. Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaxarga teng bo’lgan xududga xizmat qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba’zida esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik kompaniya bunday tarmoqdan shaxar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to’playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o’rnatishga imkon beradi.Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo’lishini ta’minlaydi.Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto kontinent masshtabida foydalanishni ta’minlash bilan ishlanishini ta’minlaydi. Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kompaniyalari ko’pgina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati barcha foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanadi, natijada abonent to’lovi unchalik yuqori bo’lmaydi.Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil etadi. Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida bo’lganida korporativ ilovalardan foydalanishni ta’minlovchi ilovalardir. Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo’yicha sayr qilinayotganlarida ulanishni o’rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanuvchilar xududiy chegaralanmaganlar.

    Download 5.03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 5.03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Anylogic muhitida simsiz aloqa tarmoqlari ishonchliligini tadqiq qilish

    Download 5.03 Mb.