• Pedagogik faoliyatda maqsadning qo’yilishi, uning izchilligi. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda metodlarni maqsadga muvofiq tanlash.
  • Ta’lim jarayonida o’z - o’zini boshqarish va o’z ustida ishlash. SHaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Asosiy qism Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari. Pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati




    Download 31.63 Kb.
    Sana21.12.2023
    Hajmi31.63 Kb.
    #125896
    Bog'liq
    mavzu2
    105341 15-var, jRR0lQqoCv0bgsV2lpT-4HJ46jSg4yG, Tt va kt ” fakulteti 3 – bosqich tt-11-20-guruh talabasining-fayllar.org, Muhammad al-xorazmiy nomidagi-fayllar.org, O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht, 9-sinf,4-chorak,1-mavzu. (1), masala, Mustaqil ish 3 Ergasheva Dilorom



    O'QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRIB BORISHI.


    REJA:

    1. Kirish.

    2. Asosiy qism


    1. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari. Pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati.



    2. Pedagogik faoliyatda maqsadning qo’yilishi, uning izchilligi.



    3. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda metodlarni maqsadga muvofiq tanlash.



    4. Pedagogik faoliyatni rejalashtirish. Reja shakllari, ish kunini to’g’ri tashkil etish.



    5. Ta’lim jarayonida o’z - o’zini boshqarish va o’z ustida ishlash. SHaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi



    III. Xulosa
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar
    V. ILOVALAR


    Kirish
    Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rnini izohlab, Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etadi: “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”. Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi o‘rni beqiyosdir. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”. Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Har qanday ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim- tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta buning ob’ektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tarbiyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va tasodifiy hodisalarga boy. Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga o‘qituvchi tomonidan pedagogik mahorat qonuniyatlari asosida ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiyaning mohiyati va mazmuni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy maqsadlarini ifodalaydi, jamiyatning fuqarolar oldiga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqib asoslanadi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.
    Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Zero, “Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini qurish deganidir”. Barkamol avlod tarbiyasi erkin va demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun naqadar dolzarblik kasb etishini mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday ifodalaydi: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”1 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir. O‘zining kasbiy mahoratini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilarda tarbiyachilik mahoratining ko‘nikma va malakalarini egallash qiyin shakllanadi. Bunga asosan, yosh o‘qituvchilarda kasbiy sifatlar tizimini egallash harakati bilan bog‘liq sub’ektiv sabablar mavjud bo‘ladi. Bu nimani nazarda tutadi? Boshlovchi o‘qituvchining ziddiyatli vaziyatlarda o‘quvchilar orasida o‘zini tuta bilishi, xilma-xil tarbiyaviy usullardan foydalanib, ko‘zlangan maqsadiga erishishi tarbiyachilik mahorati bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan tarbiyachi-o‘qituvchi jazolash usullarini ko‘proq egallashga harakat qiladi. Ular oldida, guyo tarbiyaviy maqsadlarga erishishning omili sifatida «qanday jazolamoq kerak?» muammosi barcha tarbiyaviy masalalarni hal qiluvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi tarbiyachilik faoliyatining mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. O‘qituvchi tarbiya mazmunini shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilaydi. Shu bilan birga, tarbiyaviy faoliyat avvalo o‘qituvchining pedagogik mahorati, yuksak tashkilotchilik faoliyatiga ham bog‘liqdir. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchi va doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchi ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
    - har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi dunyosini to‘g‘ri tushunish malakasi;
    - pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
    - tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
    - tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
    - xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
    - ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g‘ri qaror qabul qilish;
    - tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
    - fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan o‘quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
    - dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchi­lar bilan kommunikativ aloqa o‘rnata olish qobiliyati;
    - o‘quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash;
    - qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish;
    - tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo maslahatlashish;
    - o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning fikrlarini o‘rganish;
    - o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
    - har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarni ko‘ra olish va takomillashtirish;
    - o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo‘lish.

    Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchining pedagogik mahoratiga ega bo'lishi kerak, chunki faqat mahorat o'qituvchining samarali mehnat natijalarini ta'minlashi mumkin. "Magistrlik - kasbdagi eng yaxshi kasb" ma'nosi, masalan, hunarmandlarning faoliyati bilan bog'liq, masalan, oshpaz, zargar, shoemaker, tikuvchilik va boshqalarning mahorati bilan bog'liq bo'lgan "mahorat" so'zi. 20-asr boshlaridan beri "mahorat" tushunchasi ijodiy kasblar bilan aloqa qilish, masalan, shoir - shoir, usta cho'tkasi - rassom, xo'jayin sahnasi va hokazo. , shuningdek, pedagogik tadbirlar ijodiy, tabiiy "o'qituvchi - usta" kombinatsiyasi kombinatsiyasini hisobga olgan holda. Kelgusi o'qituvchilar, o'qituvchilar pedagogik mahoratning mohiyati, uning murakkabligi va ko'p qirrali g'oyasi bo'lishi kerak. "Pedagogik professionallik" "Pedagogik mahorat" tushunchasi orqali aniqlanadi. Pedagogik mahorat Ideal deb hisoblanadi pedagogik ish O'qituvchilarni o'zini yaxshilash uchun o'qituvchini o'qituvchining shaxsiy sifati va pedagogik mehnat samaradorligini baholaydigan standart sifatida. Zamonaviy pedagogika sohasida pedagogik mahoratning eng muhim mezonlaridan biri bu o'qituvchi ishining samaradorligidir, maktab o'quvchilarining yuz foizi va bir xil (yuz foiz), ya'ni, ya'ni Agar o'qituvchidir, agar u hammaga istisnosiz qanday ta'lim berishni bilsa, ustozdir. O'qituvchining professionalligi eng ravshanligi yaxshi natija Ular o'rgana olmaydigan kimsalar deb hisoblanadigan talabalar. Pedagogik qobiliyat quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi: I - o'qituvchi shaxsiyatining kasbiy-pedagogik yo'nalishi. II - Kasbiy jihatdan muhim bilim. III - Kasbiy zarur qobiliyat, ko'nikmalar va ko'nikmalar. IV - professional ijod. Siz psixologiyadan bilganingizdek, inson tanlangan kasbga turli yo'llar bilan munosabatda bo'lishi mumkin. Bu ham o'qituvchiga ham tegishli. Birinchidan, o'qituvchi yoki o'qituvchi pedagogik faoliyatga ijobiy va talabalarga ijobiy ta'sir ko'rsatishi kerak - aks holda uning ishida katta qiyinchiliklar mavjud. O'z navbatida, ijobiy munosabat kasbga qiziqish uyg'otadi, bu mehnat natijalari uchun javobgardir va o'qituvchiga o'z shaxsiy fazilatlarini yaxshilashga undaydi. Asosiylari: yuqori axloq, ishonch, fuqarolik qarzini ongi, jamoat faoliyatiUy, vatanparvarlik, boshqa davlatlarga hurmat, bolalarga, mehr-shafqat, insonparvarlik, sevgi va mehr-oqibat, ikkinchidan, yuqori malakali o'qituvchi bo'lish uchun, odam professional ravishda zarur bilimlarni o'zlashtirishi kerak. Masalan, boshlang'ich sinf o'qituvchilari darslarni birma-bir olib boradi, lekin bir nechta mavzularda: ona tili, o'qish, matematika, ish, vizual san'at va boshqalar shundaki, uning maxsus o'qitishi barcha ob'ektlar uchun bilimlarni o'z ichiga oladi. Zamonaviy o'qituvchi dunyoning ilmiy nuqtai nazariga ega bo'lishi kerak, chunki keng doiraga ega - bu siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa xalq bilimlarini o'zlashtirishga majburdir. Ilmiy savodxonlik, intellektual tintuv, pedagogik bilimlarini yangilash va kengaytirish istagi ham kerakli fazilatlar Zamonaviy o'qituvchi. Erishilgan yutuqlardan foydalanish qobiliyati zamonaviy fan Texnologiya ikkalasi ham zamonaviy o'qituvchi uchun o'qish qobiliyati zarur, shuning uchun tadqiqot mahoratini mastum etish kerak. Tadqiqot jarayonida o'qituvchi haqiqiy materialni to'playdi, uni tahlil qiladi va xulosa chiqaradi - bu uning boshqa o'qituvchilarning tajribasi bilan tajribasini, shuningdek, amaldagi yoki boshqa ilmiy nazariyalarni tekshirishga yordam beradi. Uchinchidan, ustoz bo'lish uchun o'qituvchi bir qator qobiliyatga ega bo'lishi kerak, ular unga professional funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishga yordam beradi. Ushbu qobiliyatlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: a) tashkiliy qobiliyat - talabalar guruhini tashkil etish va rivojlantirish qobiliyati, uni muhim vazifalarni hal qilish uchun yuboring; Sizning ishingizni va birgalikdagi faoliyatni talabalar bilan tashkil qilish qobiliyati; b) kommunikatsion qobiliyatlar - uning talabalar, ularning ota-onalari, hamkasblari bilan aloqa jarayonini boshqarish va o'z vaqtida hal qilish va o'z vaqtida bartaraf etish jarayonini boshqarish; ichida) didaktik qobiliyat - o'z bilimlarini arzon shaklda o'tkazish va ularning talabalarini aniqlashtirish qobiliyati; mustaqil bilimlarni mustaqil ravishda ishlab chiqarishga, ilm-fan rivojlanishiga rioya qilish va qo'llash qobiliyati ilmiy yutuqlar uning amaliyotida; Maktab o'quvchilariga mustaqil fikrlashga, o'z fikrlarini bildiring va uni himoya qilish; d) kuzatish qobiliyati - o'rganish va tushunish qobiliyati ichki dunyoda Har bir talaba uning xatti-harakatlari va fe'l-atvorining xususiyatlarini, uning ruhiy dunyosining "sirlari" va har bir o'quvchining shaxsiyatining rivojlanishini bildiradi; e) nutq qobiliyatlari - mahorat og'zaki va mazmunli va mazmunli yozma nutq sizning fikrlaringiz va his-tuyg'ularingiz, o'quv materiallari, ko'rsatmalar, talabalarni bilim, ko'nikmalarni baholash, baholash va xulq-atvorni amalga oshirish; o'qituvchining aniq (mavjud), ifodali, hissiy jihatdan, hissiy, soya, majoziy jihatdan stilistik va stilistiksiz yozish qobiliyati grammatik xatolar; e) gnostik qobiliyatlari - Shaxsiylikni rivojlantirish istiqbollarini, ya'ni o'z o'quvchilarini o'rganish, kognitiv faoliyatning kurs va natijalarini, shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish qobiliyatini oldindan bilish qobiliyati. Ushbu qobiliyatlar sizning talabalariga o'qituvchining imonida nekbinlikka asoslangan; g) talabalarni boshqarish qobiliyati - O'qituvchining talabalarga qiziqish bildirish qobiliyati, e'tiborini ma'lum bir masala, muammo, vazifaga qarating. Bu qobiliyat o'qituvchiga barcha talabalarni bir vaqtning o'zida "ko'rish" ga, o'z faoliyatini (o'quv, mehnat, ommaviy) to'g'ri yo'nalishda yo'naltirishga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan barcha qobiliyatlarning barchasi kompaniyaning yanada muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlaydi, o'z tajribasi, o'z tajribasi, o'z ish uslubi va obro'si uslubini yaratishga yordam beradi.
    Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo’lishi kerak. Pedagogning o’qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarishi, ota - onalar va bolalarning izzat - hurmatiga sazovor bo’lishi uchun ham unda qobiliyat, mahorat, qiziqish bo’lmog’i lozim.

    Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.


    Respublikamiz xukumati xalq ta’limi sohasida o’rtaga qo’yoyatgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. YAngi iqtisodiy siyosatga o’tish sharoitida ta’lim tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o’quvchilarning xilma - xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
    O’qituvchi pedagogik mahoratini oshirish uchun o’z - ustida ishlashi, tinmay izlanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borishi lozim.
    Yangi metodik mahorat, bu yangi pedagogik texnologiya deganidir.
    Pedagogik texnologiya pedagogik mahorat to’g’risidagi fan. SHunga ko’ra pedagogik texnologiyada o’qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
    Zamonaviy pedagogik texnologiya o’zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog’liq xususiy nazariyasiga ega:
    O’quv — tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurish o’qitishning axborot vositalaridan va didaktik materiallardan, ta’limning faol metodlaridan keng foydalanishga asoslangan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
    1. Mahoratli o’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim — tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma’lum vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to’g’risida xulosa qilishi mumkin bo’lsin.
    2. O’qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to’g’ri keladigan o’quv — tarbiyaviy jarayon mazmunini o’quv dasturi bo’yicha chuqur hollashi, muntazam ravishda o’z pedagogik mahoratini ilmiy — texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi lozim.
    «O’qituvchi o’z bilim malakasini oshirish usullarini puxta egallamog’i, mustaqil ishlashni o’rganmog’i lozim»,- degan edi Abduraxmon Jomiy.
    O’z bilimlarini mustaqil oshirish uchun quyidagi bo’limlardan iborat individual reja tuzib olishlari tavsiya etiladi.
    1. G’oyaviy — siyosiy saviyani oshirish.
    2. Ilmiy — nazariy bilimni oshirish.
    3. Metodik bilim va mahoratni oshirish.
    4. Pedagogik va psixologik nazariyani yanada puxta o’rganish.
    O’qituvchining pedagogik mahoratini doimiy oshirib borish va uni rivojlantirishda maktabdagi metod birlashmalar hamda kabinetlarning xizmati katta. Metod birlashmalarda o’qituvchilar fikr almashadilar: o’zaro kuzatilgan darslar muhokama qilinadi. YOsh va tajribasiz o’qituvchilarga maslahatlar uyushtiriladi, ilg’or tajribalarni keng ommalashtiradilar.
    - Pedagogik ijodkorlik manbai — bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishni, o’quvchilarning ta’lim tarbiyasida yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz.
    - Ilg’or pedagogik tajriba o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan ish vaqti va usullari, uslub va vositalaridir, Ular vositasida o’quv — tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishiladi.
    - Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv tarbiya jarayoniga sifatli o’zgarishlar kiritadi. O’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi ko’rinishdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
    - Fan — texnika taraqqiyoti o’qituvchining ijodkor bo’lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o’quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o’quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o’rgata olishini talab qiladi. SHuning uchun o’qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O’qituvchi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishi davomida omillarni to’playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o’zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon o’qituvchisi uchun zarur bo’lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi.
    Maktabda pedagogik mehnatni ilmiy asosda tahlil qilish muammosi ko’pincha darsda vaqtdan unumli foydalanish, sinfdan tashqari tadbirlardan va o’qituvchi tarbiyachilarning ijtimoiy topshiriqlarini tartibga solishdan iborat deb qaraladi.
    Pedagogik mahoratni ilmiy - asosda tashkil etish mazmuni ancha keng tushuncha bo’lib, unga avvalo, xodimlarning malakasi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularni to’g’ri tanlash va joy - joyiga qo’yish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qo’llanilayotgan usullar tizimini uzluksiz takomillashtirish va ta’lim - tarbiya jarayoniga texnika vositalarini joriy etish masalalari kiradi.
    Ta’lim metodlaridan foydalanishning samaradorligi va muvaffaqiyati ular o’quvchilar mustaqilligi va ijodiy faolligini rivojlantirishga qanchalik yordam berishiga bog’liq. O’qituvchi o’quvchilarga mustaqillik ko’rsatish uchun sharoit yaratsa, o’quvchilar bilimlarini bamisoli o’zlari olayotgandek tuyulsa, mazkur metod samarali bo’ladi.
    Ta’lim metodlarida o’qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, yning psixologik - pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon bo’ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlarini samoradorligini belgilaydi. Muayyan metod yaxshi tayyorgarligi bo’lgan o’qituvchida o’z afzalliklarini namoyon qilsa, tayyorgarligi zaif bo’lgan o’qituvchida shu metodning o’zi salbiy jihatlarini namoyon qiladi. SHu sababli ta’lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o’qituvchining tayyorgarlik darajasi prinsipial ahamiyatga ega. O’qituvchi ijodiy pedagogik faoliyati va o’quvchilar ijodiy faoliyatining ta’lim metodida o’z ma’lumoti, madaniyati, kasbiy tayyorgarligi darajasini qanchalik aks ettirishiga bog’liq. Bunda ijodiyot uchun qancha imkoniyatlar bor.
    Bilim faoliyati xususiyatlarini, uning ziddiyatlarini o’qituvchining anglab olish izlanish xarakteridagi o’quv vaziyatini shakllantirishi va ularni hal etish jarayonini boshqarish imkonini beradi.
    Ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi ta’lim metodlarini takomillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday tajribani umumlashtirish va yoyish o’quv jarayoni sifatini oshirishning muhim shartidir.
    O’qituvchilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ishlarining chinakam ustalariga aylanadilar. Sog’lom fikr yurituvchi har bir kishi mahoratli tarbiyachi bo’la oladi, mahoratga tajriba hamda fikr yuritish orqali erishiladi.
    Pedagogik faoliyatning nazariy asosiy kasbga oid bilimlardir. U faqatgina o’z predmetini emas, balki pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarini o’zlashtirishi va ularni muntazam to’ldirib borishi lozim. Ilmiy psixologik — pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga faqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri tavsifnomasini tuzishgina emas, balki o’quvchilar jamoasi bilan va uning hap bir a’zosining rivojlanishi istiqbollarini ham belgilash imkonini beradi. O’qituvchi tarbiyachining amaliy faoliyati bu ko’plab pedagogik vazifalarni beto’xtov hal qilishdir. O’zining kasbga doir bilimlar to’plamidan ijodiy foydalangan o’qituvchigina ularni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin.
    Pedagogik odobini egallash o’qituvchidan o’z ustida puxta, o’ylab ishlashni talab qiladi. O’qituvchi o’z hatti - harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi bilan o’quvchilar hatti - harakatiga o’z munosabatini bildira bilish kerak. YA’ni pedagoglik odobi o’qituvchida o’z tuyg’ularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari mavjud bo’lishini ham nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui pedagoglik mahoratning tarkibiy qismi bo’lib, u pedagoglik texnikasi deb ataladi. O’qituvchining pedagoglik mahorati, uning intellekti va madaniyatiga jiddiy e’tibor beriladi va bu o’rinda o’qituvchi o’z pedagoglik mahoratini, kasbga doir vazifalarni hal qilish qanchalik qo’lidan kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi hamda qalbiga eng yaxshi yo’llarni axtarishi talab etiladi. O’qituvchi o’quvchilarga o’z hatti - harakati, turmush tarzi, o’z qiyofasi va bilimi bilan ta’sir qiladi. Uning madaniyati, hakgo’yligi va ma’naviy sifatlari o’quvchilar tomonidan har xil tarzda qabul qilinadi. SHuning uchun ham o’qituvchi u qaysi fanni olib borishidan qat’iy nazar, o’quvchilar uchun ma’naviylik murabbiysi, taqlid uchun yuksak namuna, o’rnak bo’lishi kerak.
    Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy fazilatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo’llaniladigan o’qituvchining ish usullaridan biridir. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng samarali usullaridan ertaklar, dostonlar, she’rlar, maqollar aytishdir. Masalan: "Ota o’zining 10 yashar o’g’li bilan daladan qaytayotib, yo’l ustida tushib yotgan bir taqani ko’radi va unga deydi:
    - Taqani ol.
    - Eski taqa uchun egilib o’tiramanmi - deb gap qaytaradi o’g’li. Otasi indamasdan o’zi egilib taqani oladida, yo’lida davom etadi. Kun issiq edi. Bola chanqay boshladi. Bir oz yo’l yurgandan keyin olcha sotib o’tirgan baqqol ko’rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib belbog’iga tugib oladi. O’g’liga ko’z - ko’z qilib bir dona olchani og’ziga tashladi-da, bir donasini yerga tashladi. O’g’li darrov egilib olchani oladi va chanqog’ini bostirmoqchi bo’lib og’ziga soladi. Otasi olchani ketma - ket tashlaydi. O’g’li 10-15 marta egilib olchalarni terib olib yegandan so’ng nihoyat otasi to’xtaydi va belbog’ida qolgan olchalarni o’g’liga uzata turib deydi: "Ko’rdingmi o’g’lim, sen taqani ko’tarib olish uchun bir marta egilishga eringan eding, olchalarni terib olish uchun 10-15 marta egilding, agar yengil mehnatni og’ir deb hisoblasang, undan battar og’iriga duch kelasan!"
    Bu hikmatning pedagogik ta’sirini salbiy va ijobiy ko’rinishlarini bolalarga izohlashda o’qituvchi quyidagi savollar orqali murojaat qilishi mumkin:
    - Otaning talabi to’g’rimi yoki yo’qmi? Sababini ochib bering.
    - Otaning bolaga mehnatdan bosh tortmasligi uchun tutgan ishi to’grimi?
    - Bolaga dastlab o’z harakati bilan o’rnak bo’lib, so’ng xatosini tushuntiradi. Bu borada sizning fikr - mulohazalaringiz qanday?
    Tarbiya jarayonida tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: bolaga qo’yilgan talab, pedagogik ta’sir ko’rsatish, o’quv tarbiya jarayonida o’qituvchi o’z maqsadiga erishish uchun doimo o’quvchilarga o’z talablari bilan yondoshadi. Ularni rag’batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi.
    O’qituvchining pedagogik asosda quyilgan talablarni tushuntirish nojuya harakatlardan bolalarni saqlash, ayniqsa kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini maktab va jamoada moslashguncha ketma - ket talablar quyiladi. YUqoridagi talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va obruyiga bog’liqdir. Talablarning qo’yilish shakllari:
    - Tarbiyachi tomonidan talabni to’ppa - to’gri qo’yilishi. Bunday talab bolalar jamoasi bilan ishlashning dastlabki bosqichidir. Mashhur pedagoglardan biri A.S.Makarenko "Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg’in va qat’iy talab bo’lmasa jamoani tarbiyalashni boshlab bo’lmaydi" degan edi. Bunday talablar jamoani bir maqsad yuliga boshlash uchun xizmat qilishi;
    - talabning ijobiy bo’lishi va bolaning hatti - harakatlariga to’sqinlik qilmasligi;
    - talabning aniq va tushunarli bo’lishi;
    - qo’yilgan talab va vazifalarni natijasini bilish;
    - talab ochiq chehra bilan, samimiy bir ohangda berilishi, iltimos, maslahat shaklida bo’lib, bolani yaxshi niyatga chorlashi;
    - talab bolalarning yoshi, bilim saviyasiga mos bo’lishi;
    - talablarda kesatish, luqma, minnat qilish bo’lmasligi va boshqalar.
    Kishilik jamoasi paydo bo’lgan davrdan boshlab inson hech qachon yolg’iz yashay olmagan. Jamoani tashkil qilishi va uning tarbiyaviy ta’sirini nazariy va amaliy asoslari, mutafakkir va olimlar tomonidan o’rganilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg’or tajribalarga suyanib, o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik, do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z - o’zini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:
    · sinf boshlang’ich jamosini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish;
    · o’quvchilar kundalik faoliyatlarini hamma qirralarini jamoada jipslashtirish;
    · shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish;
    · jamoada bir - biriga mehr- oqibat, muruvvat va saxiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylandi.
    Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalarini tashkil qilishda o’qituvchidan turli tuman vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi.
    1. O’qituvchi jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashuv darsida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik talablarini to’g’ri qo’ya bilish bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lishi kerak.
    2. O’quvchilar jamoasida yetakchi kuch tayanch o’zagini tanlash.
    3. Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish.
    4. Jamoada yangi an’ana, qonun qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.
    5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
    Har bir o’qituvchi pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim - tarbiyasini yanada samarali chiqishi uchun u o’z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o’stirishi kerak. O’quvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni puxta o’ylab ularning ko’ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi kerak. Muomala madaniyati o’zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasidan namoyon bo’ladi. Muomalaning asosiy vositasi tildir. Xalqimizdan shunday naql bor: "Bola shirin so’zning gadosi". Bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida juda ehtiyotkor bo’lishi kerak. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: "SHirin so’z kungillar uchun bamisli asaldir".
    Yana bu haqda Husayn Voiz Koshifiy shunday deydi: "Nasihatli shirin so’z-u muloyimlik birla ibtido qilday, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushruylik ko’rgazmayin nasihat korga kelmas".
    Davlat ta’lim standartlarining muhim darajasi bo’lgan eksperimental tayanch o’quv rejasi va dasturlar har tomonlama puxta o’rganilishi zarur. Ushbu dastur va rejani yaratishda mamlakatimizdagi fan texnika ijtimoiy iqtisodiy sohalardagi rivojlanishlar hisobga olingan. Unda avvalo o’quvchilarni psixologik,fiziologik xususiyatlariga muhim o’rin berilgan.
    Umumta’lim maktablari hamda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim - tarbiya mazmunini qaytadan mukammal ishlab chiqishga e’tibor qaratilmoqda.
    · ta’lim tarbiya shakllari, usuli, vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirish;
    · ta’lim-tarbiya hamda madaniy - ma’rifiy muassasalarini yangi texnika va texnologiya asosida zamonaviy jihozlash;
    · o’qituvchi murabbiylar ijodkorligini ta’minlash, kasb mahoratlarini oshirishning samarali yo’llarini topish;
    · oila, mahalla, maktabda ta’lim - tarbiya mazmunini mukammal ishlab chiqish amaliyotiga keng tadbiq etish.
    Shunday qilib o’qituvchinin mehnatini ilmiy tashkil etish, davlatning bu haqdagi g’amxo’rligi, barkamol avlodni tarbiyalashdek muqaddas vazifasini yorug’ yuz bilan ado etish uchun kuchli turtki bo’ladi.
    Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odim otayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi yosh avlod tarbiyasi birinchi o’rindagi muhim masalalar qatorida turibdi. Zeroki O’zbekiston ravnaqi kelajagi shu yoshlar, ya’ni kadrlar qo’lida ekan, jamiki e’tibor ularni hur fikrli bo’lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim olishi buyuk kelajak uchun qo’yilayotgan mustahkam poydevordir. Jumladan, 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’limni yana bir pag’ona ildamlatdi, desak xato qilmagan bo’lamiz. CHunki zamonaviy ta’lim olishning o’zi har bir yosh avlodga katta - katta mas’uliyatlar yuklaydi. Zeroki ta’lim tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yuksak g’oyali, milliy g’ururli chuqur ma’lumotli, ma’naviy va jismoniy yetuk qilib yetishtirish maqsadini ko’zda tutadi va o’z ishlarini shu nuqtai nazardan yo’lga qo’yadi. Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakaimizda yosh avlodni tarbiyalash, hayotda o’z o’rnini topish, demokratik davlat qurish vazifalariga bo’ysundirilishi lozim ekanligini uqtirib o’tgandi.
    Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, ahloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari mustahkamlanadi.
    Bugungi kunda zamonaviy ta’limni turli usullarda amalga oshirish mumkin. Bularning barida butun mas’uliyat o’qituvchiga yuklatilmasdan o’quvchidan ham o’z - o’zini boshqarish talab etilmoqda.
    O’qitish tizimida o’z - o’zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun o’quv yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. CHunki o’z - o’zini boshqarish tufayli o’qitishdagi o’zaro munosabat o’qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon yaratadi. O’z - o’zini boshqarishni biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar uyushtirish va o’tkazishda, tarbiyaviy soat darslarida ko’rishimiz mumkin. O’z - o’zini boshqarish mohiyati o’quvchilarda birinchi o’rinda o’zini mustaqil his qilishi va o’zi ko’proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar o’qituvchi o’quvchilarga ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishga qiziqtirib borsa o’qituvchi mavqei nima bilan o’lchanishini bilamiz. Uning mavqei o’z kasbiga muhabbati, o’quvchilariga nisbatan talabchanligi, o’quv dasturi va darsliklardan to’g’ri foydalana bilishi, shuning bilan bir qatorda o’z ustida tinmay izlanib, o’z - o’zini tarbiyalashi bilan o’lchanadi. Kelajagimiz yoshlar qo’lida ekan biz o’qituvchilar ana shu yoshlarni chin inson bo’lib yetishishlari uchun qo’limizdan kelgan barcha mahoratimizni ishga solmog’imiz kerak.
    O’qituvchilik nihoyatda mas’uliyatli kasb, bu esa ko’proq o’z ustida ishlash, tajriba almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga da’vat etadi. O’qituvchilarning o’z - o’zini tarbiyalashlarida matbuot sahifalari bilan tanishishi, ilg’or o’qituvchilarning tajribalariga suyangan holda dars tahlillarida qatnashishi, jamoadagi kasbdoshlari bilan uslub almashish yuqori samara beradi.
    Tarbiyaviy jarayonni mustahkamlash, yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, usullarni, g’oyalarni qaytadan ko’rib chiqish, bola shaxsiga e’tiborni qaratish, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur.
    Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
    O’qituvchi yoshlarga ta’lim — tarbiya beruvchi insondir. O’qituvchida o’qituvchilik kasbiga xos layoqat, qobiliyat bo’lmog’i darkor. Avvalo u bolalarni sevishi, ijodkor, ishbilarmoi bo’lishi, ma’naviy barkamol bo’lishi, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo’lishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarga ta’lim — tarbiya berar ekan, avvalo, uning o’zida tarbiyaviy hislatlar tarkib topgan bo’lishi darkor. O’qituvchi odobli 6o’lishi kerak. Uning odobi, madaniyati yuksak bo’lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo’la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Buning uchun ochiq ko’ngil, qat’iy bo’lishi, o’zini tuta bilishi, bardoshli bo’lishi kerak. Bolalarga nisbatan talabchan bo’lish bilan birga o’z shaxsiga tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak.
    O’qituvchi pedagogik etikaning normalarini o’zlashtirib olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko’rish natijasida pedagogik etikaning qoidalari o’qituvchining o’z e’tiqodiga, intilishiga, o’z ahloqiy sifatiga aylanadi.
    Bu ahloqiy e’tiqod o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar va boshqa kishilar bilan munosabatlarda, muomalasida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan ahloqiy ta’sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Muallim ahloqining natijalari uning yoshlarga ahloqiy ta’sirining samaradorligida namoyon bo’ladi. SHaxs ahloqining xarakterlaydigan belgilaridan biri ma’suliyatdir. O’qituvchining ma’suliyati - ma’suliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim — tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish ma’suliyati yuklanadi.
    Pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchi o’quvchilar orasida obro’ qozanadi. O’qituvchi qanchalik ko’proq obro’ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatliroq bo’ladi.
    O’qituvchining asosiy maqsadi hamma o’quvchilarning muvaffaqiyatli o’qishiga erishishidir. Buning uchun o’quvchilardan o’z ustida ishlashi, o’z - o’zini tarbiyalashi talab etiladi.
    O’z - o’zini tarbiyalash o’z faoliyatini tahlil qilishdan va o’z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. O’quvchilarda shu hislatga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo’ladi.
    O’z - o’zini tarbiyalash o’quvchilarning o’zini - o’zi idora qilish organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir.
    O’quvchilar o’qishda, tarbiyada, dam olishda o’zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, o’z - o’zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
    O’z - o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda, u o’zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko’rsata boshlagan vaqtda paydo bo’ladi. O’z - o’zini tarbiyalashda maslahat va ko’rsatmalar berilishi lozim. Bunda o’quvchilarni o’zlariga, hatti - harakatlarini tanqidiy ruhda munosabatda bo’lishga o’rgatish juda muhimdir.
    O’qituvchi mehnatda, xulq - atvorda tirishqoqlik qilib, o’z imkoniyatlarini ishga solishi, o’ziga majburiyat olishi, o’zini nazorat qilishi, o’ziga - o’zi hisob berishi, o’ziga o’zi baho berishi singari o’z - o’zini tarbiyalashning elementlarini shakllantirib borishi lozim.
    O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z - o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. SHu bois o’quvchi irodali bo’lishi, o’z burchini tushunishi, tahlil va tarbiya olish uchun sabablar bo’lishiga intilishi lozim. O’quvchilar o’z - o’zini tarbiyalash bilan birga o’z ustida ishlab boradi. O’z ustida ishlash asosan o’spirinlikdan boshlanadi. Bunda ularning nazariy tafakkurini shakllantirish to’garak va fakultativ mashg’ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga o’quvchining badiiy asarlarni qo’yishi va tushunishi orqali mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritishga va munozaraga o’rganib boradi, Unda asta - sekin tabiat va jamiyat haqida o’zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Bu esa unda mustaqil o’ylashi, to’g’ri yo’l va xulosa chiqarishi, qatiy qaror qila olish fazilatlarini o’stiradi. O’quvchilar o’z ustilarida ishlash jarayonida ularning qobiliyati, iste’dodi rivojlanadi. Ularda o’tiladigan darslar, laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlar, referat, konspekt yozish kabi ta’limiy faoliyat turlari o’zlari o’zlashtirishi zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi. Bu esa o’z ustida ishlashning muhim omili sanaladi.

    XULOSA
    Yuqorida keltirgan fikrlarimizning barchasi o’quvchi faoliyati bo’yicha yozilgan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o’z o’zini tarbiyalash, o’z ustida ishlash faqatgina o’quvchi faoliyatida emas, balki butun bir shaxs faoliyatida namoyon 6o’lishi kerak. SHaxs o’z - o’zini tarbiya etmasa, o’z ustida ishlamasa, u bir joyda qotib turgan toshga o’xshab qoladi. Toshni esa kimdir vaqti kelib, yo tepib, yo uloqtirib tashlaydi. Agar shaxs izlansa, o’z qobiliyatlari ustida ishlasa, o’zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, uning obro’si, mavqei ham shu darajada yuksaladi, doimo el nazarida bo’ladi. Uni hech kim uloqtirib yo chetga chiqarib qo’ya olmaydi.
    Har bir o’qituvchi doimiy ravishda o’z - o’zini tarbiyalashi, o’z ustida ishlashi kerak. U «men allaqachon tarbiyalanganman, menda hamma ahloqiy sifatlar tarkib topgan» deb, yoki «men o’z fanimda hamma yutuqlarga erishganman, o’z fanimni chuqur bilaman» deb bir xilda, bir joyda qotib qolmasligi, doimo intilishda, izlanishda bo’lishi kerak.
    Hozirgi paytda maktablarda dars berayotgan o’qituvchilarni kuzatib, ikki xil xulosaga kelish mumkin. Birlari juda faol, intiluvchan, ijodkor o’qituvchilar bo’lsa, ayrimlari esa hech bir intilishi yo’q, doimo bir xilda dars beruvchi o’qituvchilardir. Bularni ko’rib bir quvonsang, bir qo’l siltaging keldshshi. Axir yosh avlodni ta’lim - tarbiyasi o’qituvchilarga ishonib topshiriladi - ku! Nahotki, ayrim ertangi kun bilan ishi yo’q o’qituvchilar bu mas’uliyatni his etmasalar. O’quvchilarning o’z ustlarida ishlashlarida ham o’qituvchi yo’llanmasi, ko’rsatmasi, topshiriqlari muhim rol o’ynaydi. SHuning uchun o’qituvchi doimo izlanishda bo’lishi, fanga qandaydir bir yangiliklar olib kirishga intilishi, o’zining odobi, kasbiy sifatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishi darkor. O’z ustida ishlaydigan ijodkor o’qituvchilarning obro’ - e’tibori, martabasi ulug’ bo’ladi. Ular doimo el nazarida, hurmatida bo’ladi. Xalq hurmatida, e’tiborida bo’lishining o’zi eng katta baxtdir.


    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov "Ta'limda innovatsion texnologiyalar". T.: Fan, 2018.
    2. Texnologiya ta'limi strategiyalarini rivojlantirish ta'limi bo'yicha MAJMUA Toshkent -2017.
    3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 17- fevraldagi PF 4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish xarakatlar strategiyasi to'g'risidagi farmoni" O’zbekiston Respublikasi qonuni.
    http://fayllar.org
    Download 31.63 Kb.




    Download 31.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy qism Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari. Pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati

    Download 31.63 Kb.