Atoqli otlarning yozilishi. Peshlavhalar va ko`cha yozuvlaridagi imlo masalalari




Download 36.42 Kb.
bet1/4
Sana05.12.2023
Hajmi36.42 Kb.
#111521
  1   2   3   4
Bog'liq
Allanazarova M
Informatika Test bJrDDnx, Maktab O\'IBDO\' yillik ish rejasi 2023-2024 (O\'quv ishlari bo\'yicha direktor o\'rinbosari), самостоятельная работа 1 по латинский, 5ZL4v8dYABgRvNQb1vZzDnzhLSyq3971gSmVYsQN, Binar terek slayd , Türkçe masallar, Mundarija kirish i-bob. Atom yadrosining tarkibi-fayllar.org, @teacherscom library 40 shablon sertifikatov (1), exselda ishlash, 1 mavzu, KICHIK BIZNESNI SOLIQQA TORTISHNING UMUMIY TAVSIFI., ABDULLO-Модель


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq
davlat universiteti O`zbek filologiyasi
Fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish:
O`zbek tili yo`nalishi 1-bosqich talabasi Allanazarova Manzuraning “Orfografiya va punktuatsiya masalalari” fanidan tayyorlagan ma`ruzasi
Atoqli otlarning yozilishi. Peshlavhalar va ko`cha yozuvlaridagi imlo masalalari


- Oddiy so‘zlashuvdan tortib ko‘chalardagi peshlavhalaru, reklama, e'lonlargacha barchasida kishi ta'bini xira qiladigan g‘aliz jumlalar, xatolarga duch kelamiz. Bunga chek qo‘yish uchun yana qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaysiz?
- Dunyo miqyosida ayrim tillar iste'moldan chiqib bormoqda, ona tilini asrashdek global muammo yuzaga kelyapti. Xalqimizda milliy tilga munosabat o‘zgarishi lozim. Asrlar bo‘yi sayqallangan milliy-madaniy qadriyatlarimiz, an'analarimiz qatorida ona tilimizni ham bor ko‘rku tarovati bilan avlodlarga yetkazishga mas'ulmiz. Bu borada ajdodlardan ibrat olishimiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari yutuqlaridan unumli foydalanishimiz kerak. Avvalo, ko‘chalardagi reklama va e'lonlar matnini talab darajasida to‘g‘ri shakllantirishimiz darkor. Nomlashda davlat tili imkoniyatlarini namoyon qiluvchi turkiy so‘zlar yoki ba'zi hollarda, xalqimiz ma'naviyatiga singib ketgan arabcha, fors-tojikcha o‘zlashmalarni ham tanlash maqsadga muvofiq. Xuddi shu ma'noda qadimiy, mumtoz manbalar orqali hozirga qadar yetib kelgan ayrim turkiy so‘zlarni tiklash, ommalashtirish lozim. Nomlar, reklama va e'lonlar matnining “Atamalar komissiyasi” nazoratidan o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish kerak. Shu o‘rinda ayrim yurtdoshlarimizning “o‘zbek tilining ko‘p so‘zlari arabcha va forscha-tojikcha”, “kompyuter yoki mashinasozlik terminlarini qanday qilib o‘zbekchalashtirish mumkin?” degan e'tiroznamo munosabatlariga keladigan bo‘lsak, avvalo, gap terminlar ustida borayotgani yo‘q. O‘zbek tilidagi hamma chet so‘zlarni o‘zbekchalashtirish mumkin emas. Bu yerda “me'yor”, “imkon qadar” degan tushunchalarga urg‘u beriladi. Qolaversa, o‘zbek tilida arabcha, forscha so‘zlar ko‘p bo‘lsa ham, qo‘llanish miqdori jihatidan turkiy otlar, fe'llar, sifatlar faoldir. O‘zbek tilidagi so‘zlarning nom sifatidagi doirasini kengaytirish, ularning miqdorini oshirish Prezident farmonida belgilangan vazifalardan biridir. Milliy tilning asosiy lug‘at boyligini o‘z qatlam so‘zlari tashkil qilishi kerak. Bu masalani ongli ravishda yondashib hal qilish jahon tajribasida ko‘p kuzatiladi, xususan, Koreya til siyosatida uchraydi.
Umumta'lim jarayonida savodxonlikka, ona tili va adabiyot ta'limiga, tildan foydalanish ko‘nikma, malakalarini hosil qilishga alohida e'tibor qaratish lozim. O‘zbek tilini o‘qitish tizimini milliy pedagogika negizida, xorij tajribasi asosida yangilash, zamon talablariga mos adabiyotlar sinfini yaratish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalar sirasiga kiradi. O‘quvchilarda lingvistik, nutqiy, kasbiy, kommunikativ, axborotni qabul qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish uquvini shakllantirish juda muhim. O‘zbek tilida bilimlarni baholash, avtomatik tahrir, tarjima, til o‘rgatish dasturlarini yaratish, “O‘zbek tilining Milliy korpusi”, ko‘p jildli “O‘zbek shevalari lug‘ati”, “Turkiy arxaizmlar lug‘ati”ni tuzish ustuvor vazifalardan biridir. Davlat tilida turli bosqichlar va darajalardagi sinovlarni joriy etish, ishga qabul qilishda davlat tilini bilish, savodxonlik darajasini tekshiruvchi tizimni ishlab chiqish ehtiyojga aylandi.

Download 36.42 Kb.
  1   2   3   4




Download 36.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atoqli otlarning yozilishi. Peshlavhalar va ko`cha yozuvlaridagi imlo masalalari

Download 36.42 Kb.