• Mavzu: “Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat”
  • Mundarija
  • Audiovizual texnologiyalar




    Download 4.3 Mb.
    bet1/3
    Sana20.12.2023
    Hajmi4.3 Mb.
    #125064
      1   2   3
    Bog'liq
    individual loyiha
    IELTS Booking Wizard, RecursiveSequences, ЛФК основы (ММС), Особенности анатомии и физиологии крупного рогатого скота, ona-tili-darslarida-so-z-birikmasi-mavzusini-o-rgatish (1), 1671128213, 1703008573, komptarmoq, 1701501908, 7-mavzu. Satrlar satrlar ustida amallar, 1-Mavzu Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi.

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
    “AUDIOVIZUAL TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI

    512-21 GURUH TALABASI BOBOMURODOV JAHONGIRNING“INDIVIDUAL LOYIHA” ISHI DOIRASIDA TAYYORLAGAN HISOBOTI
    TOSHKENT-2023

    Mavzu: “Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat”

    Anotatsiya : Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо‘lish va duolarini olib yurishdir. Zero, xalqimizning “Keksasi bor uyning farishtasi bor”, “Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Qarilikni donolik bezar” degan hikmatli naqllari bor. Bu bejiz emas, albatta. Ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun davlatimiz siyosatida ham о‘z ifodasini topganligidan barchamiz mamnunmiz.

    Mundarija :

    Kirish

    Nazariy qism

    Vazifani tahlili

    Asosiy qism

    Xulosa

    Kirish:

      О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5700-son Farmoni bilan “Keksalar maslahati” guruhlari tashkil etilgan.

    Shuningdek, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining tegishli rezolyusiyasi bilan e’lon qilingan “1 oktabr – Xalqaro keksalar kuni” munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 27 sentabrida “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi о‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorini qabul qildi. Mazkur qarorga muvofiq, mamlakatimizda “1 oktabr – Xalqaro keksalar kuni”ni har yili munosib nishonlash maqsadida, oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.

    Mazkur tadbirni yuqori darajada tashkillashtirish maqsadida, “Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi о‘rnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bо‘yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Keksalar haftaligi”ni о‘tkazish bо‘yicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.

    “Keksalar haftaligi” tadbiri davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti professor-о‘qituvchilari “Keksalarni e’zozlash – insoniy fazilat!” shiori ostida keksa avlod vakillari, jumladan, iste’fodagi polkovniklar Maxmudov Mirasqar Xaydarovich, Usmanov Mirjalil Xamitovich, Palsev Vladimir Pavlovich, Mо‘minov Kabul Maxamadjonovich, Borodinets Sergey Petrovich, iste’fodagi podpolkovniklar Merenkova Zoya Kuzminichna, Beshimova Guzaliya Tuxtamurodovna hamda Karasyova Lyudmila Nikolayevna va Sodikova Nasiba Daminovnalar kabi kо‘plab keksalar holidan xabar olib, ularga hurmat-ehtirom kо‘rsatilib, moddiy va ma’naviy tomondan qо‘llab-quvvatlandi.

      Hukumatimizning ushbu tashabbusidan ruhlangan iste’fodagi polkovnik Maxmudov Mirasqar Xaydarovich “Har bir inson mehnatidan qadr topsa kо‘ngli tog‘dek yuksalar ekan. Yurtimizda yaqindagina ustozlar bayrami munosabati bilan juda kо‘pchilik shogirdlar holimdan xabar olganlari uchun kо‘nglim tog‘dek kо‘tarilgan edi. Endi sizlar bilan diydorlashib, suhbatlashib, bizdek keksalarga kо‘rsatilayotgan e’tibor va e’zozdan ham qalban, ham ruhan yuksaldim. Kо‘nglimda kechayotgan shunday hislar yurtimizdagi barcha faxriylarimizning qalbidan о‘tayotgan bо‘lsa ajab emas. “Hurmat qilsang, hurmat topasan”, deb bejizga aytmagan dono xalqimiz. Yoshi ulug‘larga hurmat-ehtirom kо‘rsatayotgan hukumatimizga, xususan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatiga shuningdek, barcha tadbirlarda hamjihat bо‘lgan Institut jamoasi va rahbariyatiga tashakkur, deymiz, yoshlarimiz va shogirdlarimizning ishlarida kuch-g‘ayrat tilab qolamiz, yaratganni о‘zi qо‘llasin!” - deya barcha fahriylar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

    Ustoz diydorini kо‘rib kо‘ngli g‘urur va iftixorga tо‘lgan Institut xodimi kapitan M.R.Doschanov “... ustoz! Sizning olmosdek о‘tkir tafakkuringiz, kо‘p yillik hayot va mehnat tajribangiz har doim, har qadam, har nafasda biz uchun suv va havodek zarurdir. Shunday ekan, keksalar va fahriylarga munosabat yо‘nalishida tarixiy sahifalar ochilayotgan bir vaqtda Siz bilan doim hamfikr, hammaslak bо‘lish, dono tajribangizni yanada yaqindan о‘rganish, oltindan qimmat maslahatlaringizni olish, Sizni kо‘z qorachig‘imizdek asrab-avaylash, munosib hurmat-e’tibor kо‘rsatishni о‘zimizning shogirdlik burchimiz deb bilamiz” – deb ta’kidladi.

    Bir sо‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar zamirida, avvalo, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish, hayotimizni bundanda obod va farovon qilish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash singari ezgu maqsadlar mujassamdir. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashda, Vatanimizning iqtisodiy salohiyati yuksalishida yoshi ulug‘ insonlarning о‘rni beqiyosdir.

    Zero, keksalarimiz kabi el-yurt manfaatlari yо‘lida kо‘p yillar sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilgan, hayot achchiq-chuchugini totigan, mehnat faoliyati davomida yosh avlodni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, ularga tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatgan keksalar, fahriylar, bir sо‘z bilan aytganda, jonkuyar ustoz va murabbiylar holidan xabar olish va ulardan xizmat sir-asrorlarini mukammal о‘rganish yosh avlod vakillariga “Ham farz, ham qarz” bо‘lmog‘i darkor.



    Download 4.3 Mb.
      1   2   3




    Download 4.3 Mb.