• «Keksalar haftaligi»
  • «Keksalarni ezozlash, ularga hurmat-ehtirom korsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat!»
  • Audiovizual texnologiyalar




    Download 4.3 Mb.
    bet2/3
    Sana20.12.2023
    Hajmi4.3 Mb.
    #125064
    1   2   3
    Bog'liq
    individual loyiha
    IELTS Booking Wizard, RecursiveSequences, ЛФК основы (ММС), Особенности анатомии и физиологии крупного рогатого скота, ona-tili-darslarida-so-z-birikmasi-mavzusini-o-rgatish (1), 1671128213, 1703008573, komptarmoq, 1701501908, 7-mavzu. Satrlar satrlar ustida amallar, 1-Mavzu Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi.
    Nazariy qism:


    Keksa avlod vakillarini qadrlash, hurmatlash, ularga ehtirom ko'rsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27-sentyabr` kunidagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o'rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 816-sonli qarori ham yurtimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvatlash, ularning jamiyat, oila va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, yosh avlodni xalqimiz an'analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash bobidagi rolini oshirishga qaratilgan. Ushbu qarorga asosan, har yili oktyabr` oyining birinchi haftasi «Keksalar haftaligi» etib belgilanganligi xalqimizga xos mehr-oqibat, katta avlodni e'zozlash, ularning hayot yo'lini o'rganish orqali yosh avlodga ibrat maktabini tarannum etuvchi tadbirlar ko'lamini oshirishga xizmat qiladi.
    Joriy yilning 9-oktyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi direktori mayor G'.J.Abdullanev boshchiligida bir guruh litsey o'quvchilari tomonidan «Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat!» degan bosh g'oya ostida marhum ichki ishlar organi xodimi serjant Abduxalikov G'ayrat Odiljonovichning bugungi kunda yolg'iz qolgan volidasi Ma'rifatxon aya va farzandlari holidan xabar olindi.
    Bugungi kunda 70 yoshdan oshgan, 2-guruh nogironi bo'lgan Ma'rifatxon aya marhum o'g'lidan yodgor bo'lgan 2 nafar nabiralarini tarbiyalab voyaga etkazmoqda. Albatta, xalqimiz Vatanimizga xizmat qilib qurbon bo'lgan farzandlarini aslo unutmaydi. Onaxon ham davlatimiz tomonidan hamisha e'tibor berib kelinayotganidan mamnun. Litsey vakillarining bugungi tashrifidan ham xonadon sohiblarining boshi ko'kka etdi. O'quvchilar tomonidan ijro etilgan insonlarni qadrlash, keksalarni e'zozlash, mehr-oqibat haqidagi she'r va qo'shiqlar yig'ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi. Onaxon litsey rahbariyati va o'quvchi yoshlar tomonidan ko'rsatilgan e'tibordan ko'zlariga yosh olib, bunday g'amxo'rlikdan cheksiz minnatdor ekanliklarini izhor etib, mehmonlarni duo qildilar.
    Bunday tadbirlarni tashkillashtirish yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir. IIV Sirdaryo akademik litseyida bunday tadbirlarni nafaqat «Keksalar haftaligi» doirasida, balki yil davomida o'tkazib boriladi. Uzoq hayot yo'lini bosib o'tgan qariyalar holidan xabar olish yosh avlod uchun o'ziga xos ibrat maktabi vazifasini o'taydi. Ilohim, keksalarimizning duoga ochilgan qo'llari aslo tolmasin, duogo'y otaxonu onaxonlarimiz sog'-omon bo'lib, uzoq yillar tinch va farovon yurtda davru davron sursinlar!

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llabquvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 maydagi 340-son qarori bilan mamlakat bo‘ylab keksalarning sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” sifatida e’lon qilish belgilangan. 
    Bunda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib e’tibor qaratish va mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlarini rag‘batlantirish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab qo‘vvatlash vazirligi tomonidan joriy yilda 1 noyabrdan 30 noyabrga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib Buxoro viloyat davlat arxivida ko‘p yillik mehnat qilgan va ayni paytda nafaqada bo‘lib keksalik gashtini surib kelayotgan faxriylarni viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va viloyat davlat arxivi kasaba uyushmasi raisi N.Yusupova bilan birgalikda qadimiy Buxoroning madaniy me’ros ob’ektlariga sayohatlar o‘tkazildi.
    Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2015-yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan:
    1. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
    keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug‘ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari ko‘rsatishning eng qulay tizimini shakllantirish;
    Keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qo‘shgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, birinchi navbatda, yolg‘iz qariyalar va nogironlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan ta’minlash uchun mahallalar, “Nuroniy” jamg‘armasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash miqyosini oshirish;
    Faxriylar va yoshi ulug‘ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda sog‘lomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini ko‘paytirish, ko‘rish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda ta’minlash, keksalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriy-sog‘lomlashtirish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;
    Mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qo‘shgan, sog‘lom va barkamol unib-o‘sayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulug‘ insonlarning o‘rni va obro‘sini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tuyg‘usi ruhida tarbiyalash bo‘yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish;
    Har bir keksaga har tomonlama e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi bo‘yicha klublar tashkil etishga alohida e’tibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarda yoshi ulug‘ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus ko‘rsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini ko‘paytirish;
    Mahallalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat ko‘rsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutish.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-dekabrdagi F-4393-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    3. Respublika komissiyasiga (Sh. Mirziyoyev) “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklansin.
    Respublika komissiyasi:
    bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin va ularning zimmasiga Davlat dasturida belgilangan vazifalarni so‘zsiz, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklasin;
    Ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punktlarining “Keksalarni e’zozlash yili” bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlasin;
    respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari darajasida tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirsin va ushbu tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
    Har chorak yakunlari bo‘yicha “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot berib borsin.
    4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi:
    Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi o‘rtasida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va chora-tadbirlar muntazam va keng ko‘lamda yoritilishini;
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qo‘shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Davlat dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishni ta’minlasin.
    5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

    Download 4.3 Mb.
    1   2   3




    Download 4.3 Mb.