Auditorlik dalillar




Download 403,45 Kb.
bet1/6
Sana23.05.2024
Hajmi403,45 Kb.
#250747
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv turlari va sabablari, 117 физика14, 1960-2665-50cf-e827-bc35-0302-9431, 1-Mavzu(Sun\'iy intelekt), ,,VIDEO VA ANIMATSIYALARDAN FOYDALANISH ASOSIY TUSHUNCHALAR ‘’ MAVZUSINI, Ayimbetov S, portal.guldu.uz-OPERATSION TIZIMLAR, Funksiyani to‘la tekshirish va grafigini yasash-hozir.org, 6-Mavzu (1), Satr 27 talik, 1 leksiya, 3, 7-1 (3) splitPDF Page54-57, 2-Laboratoriyalıq jumıs, 4-Ámeliy jumıs

MAVZU: AUDITORLIK DALILLAR

MAVZU: AUDITORLIK DALILLAR

REJA:

1. Auditorlik dalillar tushunchasi va ularning turlari

2. Dalillarning ishonchliligi

3. Auditorlik dalillarini olish manbalari


500-sonli Auditning xalqaro standarti “Auditorlik dalillari”da quyidagi atamalar keltirilgan
Buxgalteriya yozuvlari – Boshlang‘ich buxgalteriya o‘tkazmalari va tasdiqlovchi xujjatlar, masalan to‘lov topshiriqnomalari, elektron tarzdagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha ko‘chirmalar; schyot-fakturalar; shartnomalar; bosh va analitik hisobni yuritish kitoblari, jurnallarda qayd etilgan o‘tkazmalar va jurnallarda qayd etilgan o‘tkazmalarda aks ettirilmagan holda, moliyaviy hisobotga nisbatan boshqa to‘g‘rilanishlar; xarajatlar taqsimlanishi bo‘yicha hisob-kitoblar va yig‘ma jadvallari, qaydnomalar, ma’lumotlarning solishtirmalari va ochib beriladigan ma’lumotlar
Auditorlik dalillarining mosligi—Auditorlik dalillarining sifat o‘lchovi, ya’ni auditorlik fikri uchun asos bo‘ladigan xulosalar tasdig‘ini ta’minlashda dalillarning o‘rinliligi va ishonchliligi
Auditorlik dalili – Auditorlik fikri uchun asos bo‘lgan hulosalarga erishishda auditor tomonidan foydalanilgan ma’lumot. Auditorlik dalili moliyaviy hisobotlar uchun asos bo‘lgan buxgalteriya yozuvlari va boshqa ma’lumotlardan tashkil topadi
Rahbariyat tomonidan jalb qilingan ekspert – Tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlarini tayyorlashda tadbirkorlik sub’ekti ular ishlaridan yordam sifatida foydalanadigan buxgalteriya hisobi yoki auditdan tashqari sohada tajribaga ega bo‘lgan shaxs yoki tashkilot
Yetarlilik (auditorlik dalili bo‘yicha) – Auditorlik dalili miqdorining o‘lchovi. Talab etiladigan auditorlik dalili miqdoriga hisobotda muhim buzib ko‘rsatish risklarining auditor tomonidan baholanishi hamda bunday auditorlik dalilining sifati ta’sir etadi
500-sonli Auditning xalqaro standartiga asosan dalilning yetarlichaligi:
Auditorlik dalili auditorlik fikri va hisobotini tasdiqlashda zarur bo‘ladi. U jihatiga ko‘ra jamlanib boriladi va asosan audit davri mobaynida amalga oshirilgan audit tartib-taomillaridan olinadi. Tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan ichki va tashqi boshqa manbalarga qo‘shimcha tarzda, tadbirkorlik sub’ektining buxgalteriya yozuvlari auditorlik dalilining muhim manbasi hisoblanadi.
Auditor xulosasini shakllantirishda auditor ishining ko‘pgina qismi auditorlik daliliga ega bo‘lish va uni baholashdan tashkil topadi. Auditorlik daliliga ega bo‘lish bo‘yicha audit tartib-taomillari so‘rovga qo‘shimcha tarzda tekshirishni, kuzatishni, tasdiqlashni, qayta hisoblashni, qayta amalga oshirishni va tahliliy tartib-taomillarni va ko‘p hollarda ularning ayrim birikmalarini o‘z ichiga olishi mumkin
auditor audit riskini maqbul keladigan past darajagacha kamaytirish uchun etarlicha tegishli auditorlik daliliga ega bo‘lganda, oqilona ishonch bildirishga erishiladi
500-sonli Auditning xalqaro standartiga asosan dalilning yetarlichaligi:
Auditorlik dalilining etarliligi va mosligi o‘zaro bog‘langandir. yetarlilik auditorlik dalilining miqdor o‘lchovi hisoblanadi. Zarur bo‘lgan auditorlik dalilining miqdoriga buzib ko‘rsatish risklarining auditor tomonidan baholanishi hamda bunday auditorlik dalilining sifati ta’sir etadi
Moslik auditorlik dalilining sifat o‘lchovi hisoblanadi ya’ni, auditorlik fikri asoslanadigan xulosalar uchun asosni ta’minlashda uning o‘rinliligi va ishonchliligi
Audit riskini maqbul keladigan past darajagacha kamaytirish uchun yetarlicha tegishli auditorlik dalili olinganligi va bu orqali auditorga auditorlik fikri asoslanadigan oqilona xulosalarni hosil qilishga imkon berish professional mulohaza masalasi hisoblanadi.

Download 403,45 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 403,45 Kb.