|
Mijozlarni so’roqqa tutish–
|
bet | 3/6 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 403,45 Kb. | | #250747 |
Mijozlarni so’roqqa tutish– So’roqqa tutish natijasida mijoz auditor tomonidan berilgan savollarga yozma javob yoki og’zaki ma’lumot beradi. So’rov natijasida mijozdan sezilarli hajmda ma’lumot olish mumkin bo’lsa-da, bu ma’lumotlarni tugal deb bo’lmaydi, chunki u mustaqil manbadan olinmayapti va dalillar mijozning foydasiga buzib ko’rsatilgan bo’lishi ham hech ehtimoldan yiroq emas.
Arifmetik aniqlikni -tekshirish hisob-kitoblarni tanlanma tekshirish va audit qilinayotgan davr uchun mijoz ma’lumotlarini ko’chirib o’tkazishni nazarda tutadi. Hisob-kitoblarni qayta tekshirish mijoz tomonidan amalga oshirilgan arifmetik yakunlar va operatsiyalar to’g’riligini aniqlashdan iborat.
Analitik amallarni- bajarishda taqqoslashdan foydalaniladi va o’zaro bog’liqliklar belgilanib, ular balans bilan unga ilova qilingan hisobot qay darajada haqqoniy ekanligini baholashga imkon beradi. Analitik amallar uchun foydalaniladigan axborot – bu, odatda, auditorning o’zi tomonidan qilingan hisob-kitoblardir. Qaysi hisoblar kelgusi tekshirish talab qilmasligi, qaysi sohalarni yanada batafsil o’rganish lozimligini hal etishga ko’maklashishi uchun analitik amallarni audit boshida amalga oshirgan maqsadga muvofiq sanaladi.
2. Dalillarning ishonchliligi
AUDITORLIK DALILLARINING YETARLILIGI VA MOSLIGI
Auditorlik dalillarining etarliligi auditorlik tashkilotiga fikr bildirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik dalillarining miqdoriy o‘lchamini ifodalaydi.
Auditorlik dalillarining mosligi auditorlik tashkilotining fikr bildirishida auditorlik dalillarining ishonchliligi va ahamiyatini bildiruvchi auditorlik dalillarining sifat me’yorlarini ifodalaydi.
Auditorlik dalillari, agarda ular hujjatlar hamda aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy holati bilan tasdiqlanganda, ishonchli hisoblanadi.
Auditorlik tashkiloti auditorlik dalillarining ishonchliligini baholashda quyidagi umumiy qoidalarga amal kilishi zarur:
agar buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning mavjud tizimlari samarali ishlasa, ichki manbalardan olingan auditorlik dalillari ishonchli hisoblanadi;
tashqi manbalardan olingan auditorlik dalillari odatda ichki manbalardan olingan dalillardan ko‘ra ishonchliroq hisoblanadi;
auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita yig‘ilgan auditorlik dalillari odatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan olingan auditorlik dalillaridan ko‘ra ishonchliroq hisoblanadi;
yozma shaklda olingan auditorlik dalillari og‘zaki shaklda olingan dalillardan ko‘ra ishonchliroq hisoblanadi.
Turli manbalardan yig‘ilgan hollardagi auditorlik dalillari bir-biriga zid bo‘lmasa, ishonchli hisoblanadi.
Agar bitta manbadan olingan auditorlik dalillari izchil bo‘lmasa yoki turli manbalardan olingan auditorlik dalillari bir-biriga to‘g‘ri kelmasa yoki zid bo‘lsa, auditorlik tashkiloti qo‘shimcha, aniq dalillar olish imkonini beruvchi tartib-taomillarni amalga ishirishi zarur
Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to‘g‘risida fikr bildirish uchun etarli darajadagi dalillarni ololmasa, u holda auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi kerak
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt (buyurtmachi) auditorlik tashkilotining auditorlik dalillarini olishi uchun zarur bo‘lgan tartib-taomillarni bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni yoki harakatsizlik qilishga haqli emas
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt vakillari yoki uchinchi shaxslar auditorlik tashkilotining auditorlik dalillarini olish maqsadida tartib-taomillarni bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni yoki harakatsizliklarni amalga oshirgan hollarda auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortishga haqli.
Ishonchlilik
- dalillar ishonchga qanchalik munosib ekanligi va haqqoniy deb hisoblash mumkinligining tavsifidir
O’rinlilik
Manba mustaqilligi
- Xo’jalik tizimidan tashqarida olingan dalillar ushbu tizim doirasida olingan dalillarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi
Xo’jalik ichki nazorat tizimi samaradorligi
- Agar mijozning xo’jalik ichki nazorat tizimi samarali bo’lsa, u holda mijozdan olingan dalillar ham mos ravishda ishonchliroq bo’ladi
|
| |