|
Auditorlik dalillar
|
bet | 2/6 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 403,45 Kb. | | #250747 |
Tayanch tushunchalar
Mijoz korxona
Auditorlik xizmati ko’rsatilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’yekt.
Axborot
Tahlil qilish
Bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o’z fikrini shakllantirishi.
Axborot
Xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir.
Uchinchi shaxslar
Auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador bo’lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxslardir
Auditorlik dalillarini olish usullari
Haqiqatdagi nazorat
Tasdiq
Hujjatlashtirish
Kuzatish
Mijozlarni so’roqqa tutish
Arifmetik aniqlik
Analitik amallar
Haqiqatdagi nazorat – bu auditor tomonidan moddiy aktivlar tekshirilishi yoki sanab chiqilishidir. Bunda olinadigan dalillar turi ko’pincha tovar moddiy qimmatliklari va naqd pullar bilan bog’liq. Haqiqatdagi nazorat ishonchli va foydali turdagi audit dalillari olish uchun imkon yaratadi.
Tasdiq – auditor so’roviga binoan mustaqil uchinchi tomondan yozma javob olish bo’lib, unda u yoki bu ma’lumotning to’g’riligi tasdiqlanadi. Tasdiq mijozga bog’liq bo’lmagan manbalardan kelib tushayotgani uchun, ular ayniqsa qimmatli va tez-tez qo’llaniladigan dalil turlari sanaladi
Hujjatlashtirish ko’pincha yozma tasdiq deb ataladi. Auditor o’rganib chiqayotgan hujjatlar – mijozning xo’jalik operatsiyalari bo’yicha ma’lumotlarning tizimli hisobga olish uchun mijoz tomonidan ishlatiladigan yozuvlardir
Kuzatishlar deganda biz muayyan xatti-harakatlarni baholash uchun sezgi a’zolaridan foydalanishni nazarda tutamiz. Butun audit davomida turli-tuman ob’ektlar va xatti-harakatlarni baholashda ko’rish, eshitish, hidlash va paypaslash a’zolari kabilardan foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud
|
| |