• Umumiy shartlar
  • Autotrack” Servisidan Foydalanuvchi shartnoma




    Download 25.28 Kb.
    bet1/4
    Sana04.04.2021
    Hajmi25.28 Kb.
      1   2   3   4

    AUTOTRACK” Servisidan Foydalanuvchi shartnoma

    Ushbu xujjat (keyingi o’rinlarda - Shartnoma) “Global Solutions” (keying o’rinlarda - Global Solutions) ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi chet el korxonasining Foydalauvchiga “AUTOTRACK” Servisidan quyidagi shartlarda Foydalanish uchun taklifini o’zida aks ettiradi.



    1. Umumiy shartlar

    1.1 Ushbu xujjatning maqsadlariga muvofiq Foydalanuvchi deganda “AUTOTRACK” xizmatlarini buyurtma qiluvchi Mijoz, shuningdek, Global Solutions bilan shartnoma tuzgan shaxs ham tushuniladi. Shartnoma bo’yicha Global Solutions quyidagilarga nisbatan ularga avtomobil egalarini axborot bilan ta’minlash bo’yicha xizmatlarni yetkazadi:

    • Avtotransport vositasining normal ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash bilan bog’liq Servis faoliyatida ko’rsatilgan texnik ko’rik o’tkazish, moy almashtirish va boshqa davriy amallar muddatlari

    • Yo’l harakati qoidalarining o’zgarishlari

    • Eng yaqin yoqilg’li quyish shahobchalari, avtoservislar va avtosalonlar joylashgan yeri

    • Avtotransport vositasiga nisbatan solingan jarimalarning qiymati, to’lov muddati va to’lov statusi.

    1.2 Ushbu xujjat maqsadlari sifatida pastdagi terminlar quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:

    Servis – Programmalash interfeysini o’zida aks ettiruvchi “AUTOTRACK” xizmatidir. Programmalash interfeysi o’z navbatida Foydalanuvchiga Servis tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda Ma’lumotlar olish imkonini beradi.

    Ma’lumotlar - Foydalanuvchi uchun mo'ljallangan va Servisdan kelib tushadigan ma’lumotlardir. Bu ma’lumotlar mazkur shartnomaning 1.1-bandiga muvofiq texnik ko'rikdan o'tish muddati, moy almashtirish va boshqa zarur davriy harakatlarni amalga oshirish muddatlari va boshqalar shaklidagi axborot ma'lumotlarini o'z ichiga olgan eslatmalardir. Bu ma’lumotlar shularni o’z ichiga olish bilan birga ular bilangina cheklahmaydi.

    Dastlabki ma'lumotlar-Foydalanuvchi Servis interfeysiga kiritadigan ma’lumotlardir. Bular muddat, davr, yurilgan kilometraj va hokazolar haqida hisobot uchun asos bo’ladi. O’z navbatida bu asos xuddi shunga o’xshash keyingi/har doim takrorlanadigan amalni bajarishda (masalan, avtomobilning keyingi texnik tekshiruvdan o'tishi), yangi muddatga xujjatni rasmiylashtirishda (masalan, oldingilarning muddati o’tgach yangi sug’urta shartnomasi tuzishda, ishonchnomani ro’yxatga olishda), shuningdek Servis xizmat ko’rsatish va boshqa amallar tarixini shakllantirishda kerak bo’ladi;

    1.3. Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalanish ushbu shartnoma, shuningdek www.autotrack.uz manzilida joylashtirilgan Global Solutions servislarining Foydalanuvchi sharnomasi bilan

    www.autotrack.uz manzilida joylashtirilgan Servisdan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi bilan

    www.autotrack.uz manzilida joylashtirilgan maxfiylik siyosati (keying o’rinlarda ikkovi birgalikda “Tartibga soluvchi xujjalar” deb yuritiladi) bilan tartibga solinadi.

    Ushbu hujjatlar (shu jumladan ularning istalgan biron bir qismi) hech qanday maxsus ogohlantirish bermasdan o'zgartirilishi mumkin, agar tahririyat tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, hujjatlarning yangi tahriri e'lon qilingan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.

    1.4. Servis yoki uning alohida funktsiyalaridan foydalanishni boshlaganda, Foydalanuvchi ushbu shartnomani, shuningdek, barcha tartibga soluvchi hujjatlarning shartlarini to'liq, hech qanday rezervlash va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi va ularga rioya etishga majbur bo’ladi. Servisdan mazkur hujjatlar shartlarida ko’rsatilmagan boshqa shartlar asosida foydalanish faqat global Solutions kompaniyasining oldindan yozma roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin. Agar Foydalanuvchi mazkur hujjatlarning shartlariga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanish huquqiga ega emas.

    1.5 Foydalanuvchi Servisdan foydalanayotganda Qonunchilikka rioya qilishni o’z zimmasiga oladi va buning uchun o’zi mustaqil ravishda javobgar bo'ladi. Har joyda mazkur bitim matni bo'yicha, agar boshqacha tartib aniq ko'rsatilmagan bo'lsa, "Qonunchilik" atamasi bilan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi tushuniladi. Agar Foydalanuvchi tomonidan Servis taqdim etgan istalgan imkoniyatdan foydalanish Foydalanuvchi joylashgan joy, yohud yuridik ahamiyaga ega harakatlarni amalga oshirilgan joy Qonun qoidalarini buzsa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishdan saqlanish majburiyatini oladi.

    1.6. Ushbu shartnomaga hamda, Servisdan foydalanish munosabati bilan yuzaga keladigan Global Solutions va Foydalanuvchi o'rtasidagi munosabatlarga O'zbekiston Respublikasining huquqi qo'llanilishi kerak.



    Download 25.28 Kb.
      1   2   3   4




    Download 25.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Autotrack” Servisidan Foydalanuvchi shartnoma

    Download 25.28 Kb.