• Tayanch so’z va iboralar
  • Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi




    Download 68 Kb.
    bet1/2
    Sana26.01.2024
    Hajmi68 Kb.
    #146538
      1   2
    Bog'liq
    Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi
    Аэрозолы, 1669437053, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Мажбурий ижро бюроси, majmua 2022, Xususiy xosilali differensial tenglamalar, turdosh, Reference-343211104626, Ijtimoiy fanlar fakulteti, Domna jarayoni mahsuloti, Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit, Organik bog\'lovchi materiallarning asosiy fizik mexanik hossalari, Fishing uchun maxsus maqsad, 53eb02d232e11, 1 sinf Ish reja 2023 2024 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli

    Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi
    Reja:
    1. Avtoservis korxonalarining turlari va turlanish mezonlari.
    2. Avtomobil markazlari, avtosalonlar, avtomobillarga TX ko’rsatish, diler stantsiyalari va avtoustaxonalar .
    3. Avtoservis korxonalarining asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari.
    Tayanch so’z va iboralar: avtoservis korxonalarining turlari, avtomobil markazlari, avtosalonlar, avtomobillarga TX ko’rsatish, diler stantsiyalari va avtoustaxonalar.
    Tabiiyki, avtoservis xizmatining asosiy qismini maxsus avtoservis korxonalari ko’rsatadilar. Ulardan tashqari, bu xizmatni asosiy ishlab chiqarish faoliyati boshqa, turli soha bo’lgan korxonalar (masalan, yuk va yo’lovchilar tashuvchi avtotransport korxonalari) ham bajaradilar. Lekin ularning ulushi ko’rsatilgan umumiy xizmat hajmida juda oz, faqat bir necha foiznigina tashkil etadi. SHuning uchun bunday korxonalarga batafsil to’xtamaymiz.
    Jahonda avtoservis korxonalari o’z faoliyatlari va mavjud iqtisodiy-ijtimoiy tuzum asosida tarixiy shakllanib va rivojlanib kelganlar va barcha mamlakatlar xududi bo’ylab shaharlar va qishloqlar, magistral yo’llari yoqalari, aholi zich yashovchi mavzelar, avtosayohatchilar to’xtovchi mexmonxonalar va oromgohlarda (motellarda) joylashganlar. Bunday korxonalar o’zlari bajaradigan xizmat turlari va ishlab chiqarish faoliyatiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi (rasm 1).

    2.1-rasm. Avtoservis korxonalarining turlari.


    Avtosavdo markazlari (yoki bazalari) yirik shaharlarda joylashgan bo’lib, avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji savdo qiladilar.
    Avtosalonlar esa shu mollarni chakana savdo bilan sotadilar, buning uchun ularda avtomobillarni sotishga tayyorlash (sotish oldi)texnik xizmatini bajarish uchun maxsus ishchi postlari bo’lishi shart.
    Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’z navbatida avtomarkazlar, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi stantsiyalar (ATXKS) va postlar va shuningdek, turli ishlarga ixtisoslashgan avtoustaxonalardan iboratdir (2.1-rasm).

    2.2-rasm. Avtomobillarga TX ko’rsatuvchi korxonalarning turlari.


    Avtomarkazlar avtoservis xizmati ko’rsatuvchi korxonalarning asosiy, tayanch- yetakchi korxonalari bo’lib asosan yirik shaharlarda (viloyat markazlarida) joylashadi va kamida 25 ta, ko’pi bilan 100, hatto 200 ishchi postlarga ega bo’ladi. Bunday markazlarni odatda avtomobillar ishlab chiqaruvchi va ular bilan savdo qiluvchi kompaniyalar va shuningdek, avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan savdo qilishga ixtisoslashgan firmalar hissadorlik asosida tashkil etadilar. Avtomarkazlar bir necha rusumli avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish texnika bazasi (ICHTB), zarur texnologik jihozlar, maxsus asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, materiallar va shuningdek, texnik-texnologik xujjatlar va adabiyotlar bilan to’la ta’minlangan bo’ladi. Avtomarkazlarning ma’lum xududlarida, - viloyat tumanlari, shaharlari va qishloqlarida bir necha filiallari bo’lib markaz ularga har jixatdan xomiylik qiladi, ayniqsa, kadrlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishda yangi, ilg’or texnologiyani joriy etish, xizmat ko’rsatish madaniyatini yaxshilash va h.k. kabilarda. Xullas, avtomarkazlar - avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan birga avtomobillar servisi sohasida ilmiy-texnika taraqqiyotini yetaklovchi va ta’minlovchi, bu sohada texnik siyosat yaratuvchi va olib boruvchilardir. Avtomarkazlar mamlakatimiz, viloyat markazlari va yirik shaharlarida XX asrning 70-80chi yillarida qurilib ishga tushirilgan, birgina Toshkentda bunday markazlarning 4 tasi ishlab turibdi. Avtomarkazlarning ko’p qismi (12 tasi) 1996-98 yillarda to’la rekonstruktsiya qilinib, qayta jihozlanib chiqildi.
    Avtomarkazlarda avtomobillar (yangilari va ishlatilganlari), ehtiyot qismlar, avtomateriallar bilan savdo qiluvchi avtosalonlar, bazalar, do’konlar bilan bir qatorda turli texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi kuchli ishlab chiqarish bazasi ham mavjud bo’ladi. Avtomarkazlarning tarkibiy qismi bo’lgan savdo bazalari, do’konlari, omborlari va ishlab chiqarish uchastkalari xududiy bir joyga joylashgan yoki shahar, viloyat bo’ylab bir necha joylarga, mijozlar uchun qulay bo’lgan yerlarga joylashishi mumkin.

    Download 68 Kb.
      1   2




    Download 68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi

    Download 68 Kb.