• 2.3-rasm. Avtomobillarga TXK ko’rsatish stantsiyalarining turlari .
  • Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi




    Download 68 Kb.
    bet2/2
    Sana26.01.2024
    Hajmi68 Kb.
    #146538
    1   2
    Bog'liq
    Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi
    Аэрозолы, 1669437053, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Мажбурий ижро бюроси, majmua 2022, Xususiy xosilali differensial tenglamalar, turdosh, Reference-343211104626, Ijtimoiy fanlar fakulteti, Domna jarayoni mahsuloti, Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit, Organik bog\'lovchi materiallarning asosiy fizik mexanik hossalari, Fishing uchun maxsus maqsad, 53eb02d232e11, 1 sinf Ish reja 2023 2024 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli
    Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi stantsiyalar (ATXKS).
    Avtoservis xizmatini bajaruvchi asosiy va eng ko’p tarqalgan korxonalardir. Zamonaviy ATXKSlari yangi va ishlatilgan avtomobillar, ehtiyot qismlar va avtomobil materiallari bilan savdo qilish, avtomobillarga turli xildagi texnik xizmatlar ko’rsatish, agregatlar, detallarni ta’mirlash, ishdan chiqqanlarini almashtirish, avtoavariyalar natijasida shikastlangan avtomobillar va ular kuzovlarining ishlash qobiliyatini tiklash ishlari bilan shug’ullanadilar. SHuningdek, mijozlar avtomobillarga, ularning murojatlariga asosan ko’chalarda, yo’llarda , avtomobillar turar va saqlash joylarida texnik yordam ko’rsatish, mijozlarga avtomobilni texnik ekspluatatsiya qilish to’g’risida konsulьtatsiya, maslahat berish, ularni avtoservis axboroti bilan ta’minlash kabi xizmatlar ham ATXKS vazifalariga kiradi.
    ATXKSlari o’zlarining ishlab chiqarish faoliyati, quvvati, bajarayotgan xizmat turlari va ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab bir necha turlarga bo’linadi (2.3-rasm).
    Odatda shahar stantsiyalarida ko’rsatiladigan xizmat turlari xilma -xilroq, bajariladigan ishlarning hajmi kattaroq bo’lishi mumkin va shuningdek, bu stantsiyalardan foydalanuvchi avtomobillar tarkibi bir qadar barqaror bo’ladi, ya’ni stantsiyalar bir qadar doimiy mijozlarga ega bo’ladi.
    SHaharlararo yo’llar bo’ylarida joylashgan stantsiyalarda aksincha, xizmat turlari chegaralangan bo’lib, ular asosan texnik yordam ko’rsatish, mayda taьmirlash ishlari, g’ildiraklar shinalarini yamash, damlash, motor, tormoz, rul boshqarmasi tizimlari, elektr jihozlari asboblarida paydo bo’lgan nuqson va nosozliklarni tuzatish va shuningdek, eng ko’p, zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar va avtomateriallar savdosi bilan shug’ullanadilar.




    2.3-rasm. Avtomobillarga TXK ko’rsatish stantsiyalarining turlari.

    SHuni aytish zarurki, mamalakatimiz yo’llari bo’ylarida joylashgan bunday ATXK stantsiyalari aynan 90 yillardan boshlab tashkil etilib ishga tushirila boshlandi, ularning soni ham, xizmat ko’rsatish darajasi ham hozircha real talablarga javob bera olmayapti. Ular asosan yengil avtomobillarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan, yuk avtomobillari, avtobuslarning avtoservis xizmatidan foydalanish imkoniyati chegaralangan. Bunday holat shaharlar avtoservisiga ham taalluqlidir. Yo’l bo’ylari stantsiyalariga xos bo’lgan yana bir holat ularning yil va sutka davomida uzluksiz ishlashlaridir. Bunday stantsiyalar xususiy yoki shirkat (kooperativ) mulklari asosida tashkil etilib, ulardagi ishchi postlarning soni asosan 2-5 tadan iboratdir.


    CHet el (ayniqsa AQSHda) avtoservisi faoliyatida yo’l bo’yi ATXKSlari ko’pincha (70% i atrofida) yonilg’i - moy quyish stantsiyalari (AZS) bilan yonma-yon joylashgan bo’ladilar va ba’zan ular bilan bir xo’jalikni tashkil etadilar.
    Albatta, avtoservis xizmatining asosiy qismini shaharlarda joylashgan ATXKSlari bajaradilar. Ular ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab avtomobillar ishlab chiqaruvchi yoki ular bilan savdo qilishga ixtisoslashgan maxsus kompaniyalar tomonidan tuzilgan avtomarkazlarga qarashli filiallar yoki ular bilan shartnomalar asosida ish yurituvchi diler-stantsiyalar yoxud mustaqil faoliyat olib boruvchi, ma’muriy-erkin ATXKSlaridir. Avtomarkazlarga qarashli stantsiyalar va dilerlarning asosiy vazifasi o’z kompaniyalari, korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan avtomobillarni, ehtiyot qismlarni, avtomobillarni sotishdir. Albatta, bunday stantsiya va dilerlar texnik xizmat ko’rsatish va ba’zi bir ta’mirlash ishlarini ham bajaradilar, ammo bu ishlar ikkinchi o’rinda bo’lib, u ham faqat o’z firmasi avtomobillariga ko’rsatiladi. SHuning uchun ham bunday korxonalari firma usulida xizmat ko’rsatuvchi ATXKSlar deb yuritiladi. Ular ko’rsatgan xizmatlari hajmi salmoqli bo’lib, ba’zi mamalakatlarda (masalan, ba’zi Yevropa mamlakatlarida) umumiy xizmatning 30% gacha yetib boradi. Mamlakatimizda bunday firma usuliga o’xshash xizmat ko’rsatuvchi stantsiyalar asosan “O’zDEU” avtotexxizmat” xissadorlik birlashmasiga qarashlidir. SHuni aytish zarurki, firma usulida xizmat ko’rsatuvchi stantsiyalarning mavqi yuqori baholanadi, chunki ularda sotiladigan ehtiyot qismlar zavodlarda tayyorlangan, xizmat kafolati ishonarli va sifati yuqori bo’ladi va shuning uchun mijozlar shunday stantsiyalar, dilerlar xizmatidan foydalanishni afzal ko’radilar. Dunyodagi barcha avtomobillar ishlab chiqaruvchi va ular bilan savdo qiluvchi kompaniyalar o’z mamlakatlari ichkarisida va avtomobillari sotiladigan chet davlatlarda minglab firma usulida xizmat ko’rsatuvchi avtomarkazlar va diler stantsiyalariga egadirlar. Ayniqsa, AQSH, Yevropa mamlakatlari va Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyalari tashkil etgan servis korxonalari mashhurdirlar.
    ATXKS lari o’z xizmati bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni, chunonchi, avtomobilni yuvishdan tortib to unga texnik xizmat ko’rsatish, asosiy qismlari va agregatlari, mexanizmlarini ta’mirlay olgan holda universal stantsiyalar deb ataladi.
    Ba’zi hollarda ayrim ATXKSlar, ayniqsa, shahar stantsiyalari, xizmatning ayrim ishlarinigina bajaradilar, masalan, avariyaga uchrab urilgan avtomobillar kuzovini tiklash yoki avtomobillar agregatlari va detallarini ta’mirlab, ish qobiliyatini tiklash va h.k. Bu holda stantsiyalar ixtisoslashgan deb ataladilar. Ixtisoslashish xizmat ko’rsatiladigan avtomobil markalari va turlariga qarab ham bo’lishi mumkin, ayniqsa bu firma usulida xizmat ko’rsatuvchi stantsiyalar va dilerlarga xosdir. ATXKS larining quvvatlari ulardagi ishchi postlarning soni va bir yilda xizmat ko’rsatilgan avtomobillar soni bilan belgilanadi. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, stantsiyalar kichik (15 ta gacha ishchi postlarga ega bo’lgan), o’rta (16-25 ishchi postlari) va katta (25 dan ko’p ishchi postli) xillarga bo’linadi.
    Albatta, barcha mamlakatlarda kichik va o’rta stantsiyalar ham son, ham umumiy quvvat jihatdan va ko’rsatiladigan yalpi xizmat hajmi hisobida yetakchi o’rinda turadilar (90 % dan yuqori). Dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarda ATXKS larining o’rtacha quvvati 3,5-4,5 postni tashkil etadi va ulardagi ishlaydigan odamlarning o’rtacha soni esa 4,5-5,5 kishidan iboratdir. Ba’zi mamlakatlarda, masalan AQSHda, diler quvvati ularning bir yilda sotadigan avtomobillari soniga qarab belgilanadi, chunonchi, I- klass diler stantsiyalari 149 gacha avomobil sotishga mo’ljallangan bo’lsa, II- klass 150-399, III- klass 400-749, IV- klass esa 750 va undan ko’p avtomobillarga sotishga mo’ljallangandirlar. ATXKS lari ma’lum standartlar va maxsus namunaviy (tipovoy) loyihalar asosida quriladi. Mamlakatlar bo’ylab yagona loyihalar qo’llanilmaydi, har bir yirik firmalar o’z namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi va shularga binoan o’z stantsiyalarini quradilar. Masalan, Germaniyaning “Mersedes-Benz” firmasi yengil va yuk avtomobillariga servis xizmati ko’rsatuvchi olti tipdagi (klassdagi) shahar stantsiyalarining namunaviy loyixalarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirgan. Ulardagi ishchi postlarning soni quyidagicha:
    I - kl. 6 ta
    II - kl. 6+1+avtosalon
    III - kl. 7+2+avtosalon
    IV - kl. 14+3+avtosalon
    V - kl. 14+3+avtosalon + yuk avtomobillarga TX ko’rsatish
    VI - kl. 41+8+avtosalon.
    Sobiq ittifoqda esa “Lengiproavtotrans” loyihalash instituti 6, 11, 15, 25, 25+avtosaloni, 50+avtosaloni bilan, “Giproavtotrans” instituti esa postlari 15, 30, 30+ avtosaloni bilan, 50+avtosalon, 75+avtosaloni va 100+avtosaloni bilan stantsiya va avtomarkazlarning namunaviy loyihalari ishlab chiqib amalga oshirganlar.
    Yo’l bo’ylarida joylashgan stantsiyalarining quvvati esa shu yo’lning klassi, ya’ni sutkasida yo’ldan o’tadigan avtomobillarning soniga qarab (5 kategoriyali) hisoblanadi, ularni ko’pchiligi kichik stantsiyalardir.
    Avtoustaxonalar avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlarining ayrim mexanizmlar, agregatlar yoki tizimlar bo’yicha bajarishga ixtisoslashgan kichik korxonalardir. Masalan, shinalarga TX ko’rsatuvchi va ularni yamovchi yoki akkumulyatorni zaryadlovchi va ta’mirlovchi, yengil avtomobillar kuzovlarini tiklovchi va bo’yovchi va h.k. Bunday ustaxonalar shahar va qishloqlarda, yo’llar bo’ylarida joylashishi mumkin. Ustaxonalarda avtomobillar kirishi uchun maxsus postlar bo’lmaydi, ularning maydoni ham uncha katta emas (40-60 m2), ishlovchilar soni esa 1-3 kishidan iboratdir. Avtoustaxonalar oilaviy, kichik biznesning aynan o’zidir.
    Texnik xizmat ko’rsatish postlari esa ustaxonalardan farqli ravishda avtomobilning o’ziga xizmat ko’rsatadi va mayda ta’mirlash ishlarini bajaradi. Bular ham kichik biznes korxonalari bo’lib, ularda ishlovchilarni soni 1-3 kishi, postlar soni esa 1-2 dan iborat bo’lib, shaharlar, qishloqlar va yo’l bo’ylarida joylashadilar.
    Download 68 Kb.
    1   2




    Download 68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi

    Download 68 Kb.