Avtomatik o’chirgichlar




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana01.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#55231
Bog'liq
Avtomatik o\'chirgichlar
5 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda interaktiv, jjjk, Ma\'ruza 8. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilishi, Andijon davlat tibbiyot instituti biologik fizika, informatika, , Optika, АКТ hodim, AZM, amaliyot 5 OT, parij, МУТАХАССИСЛИККА КИРИШ УМК 2022 2023 zilol, mutaxassislikka majmua, 18, Gigiyena Sillabus 2023, 101. Валеология тест сайт ўзб (439)


Avtomatik o’chirgichlar 
Chuqur kitobiy tilda to’xtalib o’tirmaymiz asosiy joylarini ko’rib chiqamiz. 
Avtomatik o’chirgichlarni vazifasi kabel yoki shinalarni nominaldan katta 
tokdan himoya qilish. 
1 - kirish va chiqish klemalar 
2 - yoy so’ndiruvchi kamera 
3 - elektromagnit ajratgich 
4 – issiqlik ajratgich 
Avtomatlarda 2 xil himoya bor: 
1 - Teplovoy rasepitel = issiqlik ajratgich 
Kabelni katta tokdan himoya qilish, ya’ni nominalidan ortiqcha yuklamadan himoya qilishimiz. 
2 – Elektromagnit rasepitel = elektromagnit ajratgich 
Kabelni qisqa tutashuvdan himoya qilish. Qisqa tutashuv nima? Qisqa tutashuv elektr tokini 
rejalashtirilmagan qisqa yo’l bilan borishi; faza bilan fazani, faza bilan nolni to’g’ridan to’g’ri 
ulanilishi. Bunday holatda, hadat tashqari katta tok oqimi hosil bo’ladi. 
PUE da manashu ikki himoya maishiy elektr tarmoqlarda bo’lishi talab qilingan. Ya’ni 
qo’yadigan avtomatimizda issiqlik ajratgich va elektromagnit ajratgich bo’lishi shart. 
Issiqlik ajratgichlar
nominalidan oldin yoki o’tib o’chirishi havo haroratigayam bog’liq. 
Avtomatlardagi nominal tok odatda +30℃ haroratga to’g’ri keladi. Aytaylik 16A avtomatimiz 
-35℃ - 21.1A o’chirsa +70℃ esa 13.4A o’chiradi, bu normal holat. Bu ko’rsatgichlar avtomat 
qo’llanmasida yozilgan. Undan tashqari avtomatlar o’zini nominalidan 1.13 marta tok oshib 
ketsa 1 soat mobaynida o’chmasligi va 1.45 marta oshsa 1 soat mobaynida o’chishi kerak 
(ГОСТ 50345).


Elektromagnit ajratgich
sinflarga bo’linadi: A,B,C,D,Z,K. Bu nima degani - qisqa tutashuv paytida 
avtomatni nominal tokidan nechi marta oshib o’chirishi. Sinflarni to’g’ri tanlashda elektro 
qurilmalarni puskavoy momentni va linya oxiridagi qisqa tutashuv tokini xisoblash kerak bo’ladi. 
Odatda sotuvda asosan B,C,D sinfli avtomatlarni uchratishimiz mumkin! 
Aytaylik avtomatimiz C16 C sinfli - 16 amperli 
Issiq holatida ya’ni avtomat ishlab turgan payti 16*5=80A o’chirsa 
Sovuq holatida ya’ni avtomatda iste’molchi ulanmagan payti 16*10=160A o’chiradi. Bu bo’lishi 
mumkin qisqa tutashuv yoki puskavoy momenti katta elektro qurilma ulaganimizda. 
Avtomatik o’chirgich tanlaganda qutubiga e’tibor berish 
kerak:
1 – qutubli faza uchun 
2 – qutubli faza va nol yoki ikki faza uchun 
3 – qutubli uch faza uchun 
4 – uch faza va nol uchun 


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak birinchi yuklamani hisoblaymiz keyin kabel tanlaymiz va kabelga 
qarab avtomatik o’chirgich tanlaymiz, zaxirasi bilan avtomat nominal toki kabel nominal tokidan 
kichik bo’lishi kerak! Agar kabel montaj qilingan bo’lsa, lekin yuklama katta bo’lsa kabel nominal 
tokidan katta avtomat qo’yolmaymiz. Sababi kabelimiz qizib ishdan chiqishi va avtomatimiz esa 
buni sezmasligi mumkin. Xavfsizlik esa doim birinchi navbatda!!! 
Telegram kanalimiz: 
https://t.me/UzbekistanElectric
 
Telegram guruhimiz: 
https://t.me/UzbekistanElectricGroup
 
Youtube kanalimiz: 
https://youtube.com/@UzbekistanElectric
 

Download 0.49 Mb.




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish