• 3-ma`ruza rejasi
  • 1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari




    Download 0,64 Mb.
    bet1/20
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #138707
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

    1 – mavzu. Kirish. EMT va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari




    1-ma`ruza rejasi:


    1.1. Kirish.
    1.2. Energiya tejamkorlikka tegishli asosiy tushunchalar va atamalar.

    2-ma`ruza rejasi:


    Energiya tejamkorlikka erishishning passiv uculi.

    3-ma`ruza rejasi:


    Energiya tejamkorlikka erishishning aktiv usuli.


    1 – ma`ruza


    Kirish


    Hozirgi kunda energetika resurslaridan samarali foydalanishga dunyoning barcha mamlakatlarida katta ahamiyat berilmoqda. Bunday holatni yoqilg`i va energiya resurslarini qazib chiqarish va qayta ishlash uchun sarmoyalar sarfini oshib borishi, qo`shimcha mehnat resurslari va materiallar sarfinining oshib borishi bilan izohlash mumkin.
    XX asr oxiri va XXI asr boshida butun dunyoni qamrab olgan energetik krizis sanoati rivojlangan mamlakatlarda organik yoqilg`i va elektr energiyani iqtisod qilish maqsadida davlat dasturlari ishlab chiqilishiga va hayotga tadbiq qilish bo`yicha ilmiy va amaliy ishlarni rivojlantirish uchun sabab bo`ldi.
    Xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan nufuzlisi Yevropa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish (YIHR) tashkilotining hisob-kitoblariga qaraganda, energetika resurslarining qazib chiqarishdan to foydali energiya sifatida istye’molchiga yetib kelishi orasida deyarli 70% isrof bo`lmoqda, faqat 30% gina iste’molchiga yetib kelmoqda. Ma’lumki, Yevropa mamlakatlarida sarf bo`lgan 5 mlrd. tonna shartli yoqilg`ining 1,5 mlrd. tonnasigina «Foydali energiya» sifatida istye’molchilarga yetib borgan, xolos.
    Xalqaro energetika agentligi (XEA)ning ma’lumotlariga ko`ra shu tashkilotga kiruvchi sanoati rivojlangan 20 davlatda energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish to`g`risidagi dastur bo`yicha energiyani iqtisod qilish 10-15% kutilgan edi va bu davlatlar o`z dasturlarini to`liq bajarib, xuddi shu ko’rsatkichlarga erishdilar.
    O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sung MDH davlatlari ichida birinchilar qatorida energiyadan samarali foydalanish to`g`risida qonun qabul qildi. Bu qonun yoqilg`i va energetika resurslaridan foydalanish va ishlab chiqarishning barcha sohalarida barcha energiya turlaridan samarali foydalanish uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qilmoqda.



    Download 0,64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari

    Download 0,64 Mb.