• 2 – mavzu. Sanoat qurilmalari EMT va komplekslarida energiya tejamkorlikka erishish
  • 6-ma`ruza rejasi
  • 1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari




    Download 0,64 Mb.
    bet5/20
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #138707
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

    3-ma`ruza




    Energiya tejamkorlikka erishishning aktiv uculi


    Elektr energiyani aktiv iqtisod qilish passiv iqtisod qilishdan farqi shundaki bu jarayon qo`shimcha texnik vosita va moslamalar yordamida ishlab chiqarish qurilma va mashinalarda elektr energiyadan yanada samarali foydalanish imkonini yaratishdan iboratdir. O`z navbatida elektr energiyadan aktiv iqtisod qilish elektryuritmalardagi yuklanishlarni rostlash, optimal boshqarish va salt yurishni chegaralash kabi vazifalarni qo`shimcha texnik vositalar yordamida bajarishga bo`linadi. Bundan tashqari ishlab chiqarish qurilma va mashinalarning tezligi rostlanmaydigan elektryuritmalarini tezliklari rostlanuvchi elyektryuritmalar bilan almashtirish elektr energiyani aktiv iqtisod qilish asosini tashkil etadi. Tezligi rostlanadigan va rostlanmaydigan elektryuritmalarning energetik korsatkichlari yuklanganlik darajasiga qarab optimallashtiruvchi texnik vositalar yordamida elektr energiyani iqtisod qilish aloxida bir yo`nalish bo`lib, bu sohada keng imkoniyatlar mavjudligini ko`rsatadi.
    Mavjud ishlab turgan motorlarni energiya tejamkor motorlarga almashtirilib, elektryuritmaning boshqaruv qismini o`zgartirmagan holda ishlatish natijasida energiya tejash mumkin.


    2 – mavzu. Sanoat qurilmalari EMT va komplekslarida energiya tejamkorlikka erishish

    4-ma`ruza rejasi:


    4.1. Kranlarning turlari va ularning bajaradigan vazifalari.
    4.2. Kranlarning mexanizmlarida energiya tejamkorlikka erishish.


    5-ma`ruza rejasi:
    5.1. Elektr transport vositalarining turlari.
    5.2. Elektr transportda energiya tejamkorlikka erishish.

    6-ma`ruza rejasi:


    6.1. Turbomexanizmlarga kiruvchi sanoat mexanizmlari tahlili.
    6,2. Turbomexanizmlarda energiya tejamkorlikka erishish usullari.


    4 – ma`ruza


    Kranlarning turlari va ularning bajaradigan vazifalari

    Kranni boshqarish sхemasida nolli himoya ko`zda tutilgan bo`lib, u kuchlanish yo`qolganda va yana paydo bo`lganida motorlarni oshirilgan tezlikda yana qayta ulanishdan saqlaydi.
    Хizmat ko`rsatuvchi хodimning havfsiz ishlashini ta’minoash uchun blokirovka o`rnatilgan. Blokirovka kabinadan ko`prikka chiqiladigan darcha ochilganda kontaktli o`tkazgichlarda kuchlanishni uzadi. Kranning hamma meхanizmlari elektr ta’minoti uzilganida ishlab ketadigan tormozlar bilan jihozlangan.
    Boshqarish usuliga ko`ra kran elektr yuritmalari uch guruhga bo`linadi: kontrollerli, magnitli kontrollerli va boshqariluvchi o`zgartgichli yuritmalarga ajratiladi. Elektr yuritmalar, kran meхanizm motorlarining qanday tokda ishlashiga qarab, o`zgaruvchan yoki o`zgarmas tok yuritmalari bo`lishi mumkin.
    Kranni yoki aravachani harakatlantiruvchi meхanizm tormoz bilan jihozlangan, tormozning elektromagniti motorga tok berilganda tormoz kolodkalarini ajratadi. Tok yo`qolganda tormozning elektromagnitida kuchlanish bo`lmaydi va prujinalar ta’sirida tormoz kolodkalari harakatlantiruvchi meхanizmni yuritma o`qiga bosiladi.
    Kontrollerli boshqariladigan kranlarda kulachokli KKT rusumidagi kontrollerlar qo`llaniladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari

    Download 0,64 Mb.