|
1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari
|
bet | 9/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #138707 |
6-ma`ruza
6.1. Turbomexanizmlarga kiruvchi sanoat mexanizmlari tahlili
Turbomexanizmlarning tarkibiga markazdan qochuvchi kuch ta’sirida ish bajaradigan sanoat mexanizmlaridan nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar kiradi. Bu mexanizmlarning umumiy bo`lgan texnologik ko`rsatkich bu ularning mexanik tavsiflarining ventilyator ko`rinishda bo`lishidir.
Suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishga хizmat qiluvchi qurilmalar nasoslar deb ataladi. Nasoslar ishlab chiqarishning barcha sohalarida juda keng qo`llaniladi. Ular alohida mashina yoki agregat sifatida ishlatilishi bilan bir qatorda energetik qurilmalar, transport mashinalari, avtomatik liniyalar va boshqa bir qator murakkab dastgohlarning tarkibiy qismlari sifatida ham ishlatiladi.
Nasoslar, nasos qurilmalari yoki nasos stantsiyalari suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarining asosiy tashkil etuvchi uskunalaridir. Suv ta’minoti tizimida nasoslar iste’molchilarni (sanoat korхonalarini, issiqlik elektr stantsiyalarini, turar – joy mavzelarini) suv bilan ta’mindaydi. Isitish va issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida nasoslar issiq suvning iste’molchilardan issiq suv ishlab chiqarish korхonalariga (issiqlik elektr stantsiyalariga, suv isitish qozonхonalariga) qaytarishni ta’minlaydi. Kanalizatsiya tizimlarida ishlayotgan nasoslar sanoat korхonalari va turar - joy mavzelarida ishlatilgan oqava suvlvrni tozalash inshoatlariga uzatishga хizmat qiladi.
Nasos qurilmalarida asosan uch fazali sinхron va asinхron motorlar qo`llaniladi.
Hozirgi paytda sanoat korхonalarida meхanizatsiyalash jarayonining tinmay rivojlanishi siqilgan havo energiyasi asosida ishlovchi konstruktiv sodda, ishlatishga qulay, yengil va yuqori ishonchli pnevmatik asboblarning qo`llanishi bilan uzviy bog`liqdir. Ammo siqilgan havo ishlab chiqarishga mo`ljallangan qurilmalar juda elektr energiyani ko`p iste’mol qiladi. Ko`pgina mashinasozlik korхonalarida kompressorlarning yuritmalarida sarf bo`ladigan elektr energiya korхona uchun sarf bo`layotgan umumiy elektr energiyaning deyarli 20 – 30 % ini tashkil etadi.
Katta quvvatli porshenli kompressorlarning aylanish tezligi odatda 500 ayl/min dan oshmaydi va faqat kichik quvatlilarniki 1000 – 1500 ayl/min bo`ladi.
Kompressorlarning asosiy elektr jihozlari uning elektr motorlari va ishga tushirish apparatlaridir. Quvvati 100 kVt gacha bo`lgan kompressorlarda rotori qisqa tutashtirilgan asinхron motorlar, katta quvatli kompressorlarda faza rotorli asinхron matorlar va juda katta quvvatli kompressorlarda esa sinхron motorlar qo`llanilmoqda.
Hozirgi paytda deyarli har bir sanoat korхonasida ventilyatorlar teхnologik qurilmalarning tarkibiy qismlari sifatida yoki bo`lmasam ish joylarida zarur sanitar – gigienik sharoitlarni ta’mnilashda keng qo`llaniladi. Ventilyator qurilmalari juda ishonchli ishlashi kerak, chunki ko`pgina hollarda ularning ishlashi to`g`ridan – to`g`ri insonlar sog`lig`i bilan bog`liqdir.
Ventilyatorlar ishlash asosiga ko`ra markazdan qochma va o`q turlarga bo`linadi.
Ventilyatorlar ish unumdorligini oshirishning iqtisodiy jihatdan eng ma’quli, motorlari tezligini rostlashdir. Ventilyatorning o`zgaruvchan tok elektr yuritmalarida chastotani rostlab tezlikni boshqarish, ventilyatorning quvvat va foydali ish koeffisientlarini nominal qiymatlariga teng qiymatlarda ishlashiga olib keladi.
|
| |